Kinona ahliga ushbu yangi boshlagan namoyishlari to‘g‘risida xolis, to‘g‘ri nasihat

262
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kinona ahliga ushbu yangi boshlagan namoyishlari to‘g‘risida xolis, to‘g‘ri nasihat

Ey Allohning Kinona eridagi ahli!

Ehtiyot bo‘ling, yana avvalgi xatoingizni takrorlamang. O‘shanda siz «Xalq rejimni ag‘darishni istaydi» shiorini ko‘tarib chiqqan edingiz, ammo faqat rejimning boshini ag‘darish bilan kifoyalandingiz va o‘zini ag‘darmadingiz. Bas, endi norozilik harakatingizni faqat Alloh Subhanahu va Taolo rizosi uchun xolis qilib, Undangina nusrat so‘rang. Allohdan Misr fir’avni Sisiy va uning rejimi borasida madad so‘rang. Ushbu harakatingizni bu dunyo va oxiratda Robbingizni rozi qiladigan harakatga aylantiring. Ogoh bo‘lingkim, Robbingizni rozi qiladigan harakat Misrda hukmronlik qilayotgan tog‘ut va ularning tug‘yonini yo‘q qilib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Allohning hokimiyatini o‘rnatishdan iborat. O‘rtacha echimga rozi bo‘lishdan saqlaning, chunki o‘rtacha echim hamon pok-musaffo bo‘lib turgan namoyishingizni bitirib yo‘q qiladi. Makkor G‘arbdan, xususan, Amerikadan hushyor bo‘ling, u bilan va uning gumashtalari bilan bog‘langan iplarni uzing. Unutmang, anavi Sisiy Amerikaning malayi, sizga qarshi barcha qilmishlarni shu mustamlakachi davlatning yashil chirog‘i ostida sodir etmoqda. Bas, unga, yordamiga va va’dalariga ishonib qolishdan saqlaning. Ba’zilar 2011 yilda unga ishonishgan va uning qora uyiga borib tavof qilishgan edi. Oqibatda esa, Sisiy ularning o‘zlarini qopib, hokimiyatlaridan ag‘dardi, o‘zlarini qamoqlarga tashladi. Bas, shunday ekan, hokimiyatni Allohga bering, Alloh yo‘lida harakat qiling. Sizning bu norozilik harakatingizga dunyoning mag‘ribidan to mashriqigacha butun Ummati Islom qarab turibdi, hamma shu jinoyatchi fir’avn va uning rejimidan qutulishni, ularning harobalari uzra roshid Xalifalik barpo bo‘lishini orzu qilyapti. Shunday bo‘lgach, ularning orzularini noumid qoldirmang.

Roya gazetasining 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kungi 307-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.