Livan hukmdorlari xoinlik va normallashtirish sari chopishmoqda

259
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livan hukmdorlari xoinlik va normallashtirish sari chopishmoqda

Al-Jazira net veb-saytida (hijriy 1442 yil 14 safar, milodiy 2020 yil 1 oktyabr payshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Payshanba kuni Livan parlamenti spikeri Nabih Barri Livan bilan «Isroil» o‘rtasida quruqlik va dengiz chegaralarini demarkatsiya qilish doirasida bir kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Buni Livan qarzlarini yopishga olib boruvchi qadam, deya baholadi.

Barriga ko‘ra, uning yurti quruqlik va dengiz chegaralarini demarkatsiya qilishga kelishib olish uchun BMT rahnamoligida va AQSh vositachiligida muzokaralar olib boradigan bo‘ldi.

«Har ikkala tomon (Livan va «Isroil») AQShdan quruqlik va dengiz chegaralarini demarkatsiya qilishda vositachi bo‘lishni hamda engillik yaratib berishni talab qildilar, AQSh bunga tayyor ekanini bildirdi», dedi u.

Bu qadamning «Isroil» bilan ayrim arab davlatlari o‘rtasida bo‘layotgan munosabatlar normallashishi to‘lqiniga aloqasi bormi, degan savolga Barri «bu kelishuvni amalga oshirishga hali normallashish harakatlari boshlanmasidan o‘n yilcha oldin harakat boshlagani»ni ma’lum qildi».

Roya:

Amirliklar va Bahrayn rejimlarining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bitimiga ochiq imzo chekishlari ortidan Livandagi soxta rejim kutishga toqati chidamay darhol mazkur qadamni tashladi. Demarkatsiya haqidagi bu e’lon chiqib, qator xiyonatlarning navbatdagisiga aylandi. U turli oqlov va bahonalar bilan sodir etilayotgan normallashish zanjiriga yangi halqa bo‘lib qo‘shilib, normallashish gunohidan kam bo‘lmadi. Chunki parlamentning o‘zi «bu kelishuvni amalga oshirishga hali munosabatlarni normallashtirish harakatlari boshlanmasidan o‘n yilcha oldin harakat boshlagani» bilan hamda bu narsa Livan qarzini yopishga yordam berishini aytish bilan ayni qadamni oqlashga urinyapti!! Buning muqobili o‘laroq, Sudan rejimi munosabatlarni normallashtirish evaziga qo‘lga kiritadigan mablag‘ ustida savdolashmoqda!

Musulmon yurtlari hukmdorlari yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish uchun keltirishayotgan bu kabi soxta hujjat-bahonalar hech kimga o‘tmaydi, chunki haqiqat barchaga ma’lum-ravshan bo‘lib qoldi. Haqiqat shuki, munosabatlarni normallashtirishdan faqat siyosiy maqsad, ya’ni, Amerikaning buyrug‘i asosida uning manfaatiga xizmat qilish ko‘zlangan. Hozirda, uning ayni siyosati Falastin masalasini mana shunday normallashtiruv kelishuvlari orqali regional jihatdan butunlay bostirib, yo‘q qilish va parallel ravishda, mahalliy jihatdan yo‘q qilishga urinishdan iborat. Tabiiyki, bundan yahudiy vujudi foyda ko‘radi. Bir vaqtning o‘zida, bu Trampning saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashda siyosiy yutuqlarga erishishi uchun bergan buyrug‘i asosida bo‘lyapti. Bu narsada Tramp ma’muriyatining ayni missiyani Pompeoga topshirgani va bu uch yil davom etgan sa’y-harakatlarning samarasi ekani ochiq ko‘rinib turibdi.

Roya gazetasining 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kungi 307-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.