Saroy ulamolari: yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish diniy muboh amallardandir!

364
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Saroy ulamolari: yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish diniy muboh amallardandir!

«Al-Marje» veb-sayti (hijriy 1442 yil 5 muharram, milodiy 2020 yil 24 avgust dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Salafiya da’vatchilari Amirliklarning «Isroil» bilan sulh tuzishlari muboh amallardan ekanini ta’kidladilar. Amirlik da’vatchi Vasim Yusuf bu to‘g‘rida bir qator tvitlarni e’lon qilib, avvalgi va hozirgi ulamolar fikrini yoritib berar ekan, ko‘pchilik fuqaholar millatlar o‘rtasida tinchlikni saqlashning bir turi, degan e’tiborda buni mubohligini aytganlar, dedi.

Vasim Yusuf 2020 yil 22 avgustda qoldirgan tvitida «Biz Amirliklar bilan «Isroil»ni bunday buyuk yutuq bilan tabriklaymiz va Allohdan vatanlar salomatligini saqlashini so‘rab qolamiz», dedi.

Uning izohlashicha, ushbu masalani muboh degan zamonamiz ulamolaridan biri saudiyalik mashhur da’vatchi shayx Ibn Bozdir. Yahudiylar bilan sulh tuzilishi haqida berilgan savolga javob nashrida u Nabiy ﷺning tarixiy voqealaridan hujjat qilib, bunday degan: «Yahudiylar va boshqalar bilan sulh tuzish ular bilan yaqinlashish va do‘stlashishni anglatmaydi. Balki bu ikki taraf xavfsizligini ta’minlaydi, bir-birlari o‘rtasidagi ozorni ko‘taradi».

Aloqa tarmog‘i saytlarida faollar yahudiylar bilan sulh tuzishga nisbatan shayx Ibn Usayminning pozitsiyasini tarqatishdi. Shayx o‘zining rasmiy sahifasiga joylashtirilgan audiosida bunday deydi: «Ba’zi insonlarning yahudiylar bilan sulh tuzishga qarshi aytgan haqoratli so‘zlariga kelsak, bu siyosiy masaladir. Bu fanatlarning Islomdan yiroq kishilar ekanliklariga guvoh bo‘lish mumkin. Ularning bu ishi bir siyosat, tarafkashlik, millatchilik va shunga o‘xshash narsadir. Mudom bizning Qur’on va Sunnatdan dalilimiz bor ekan, unday kimsalarga e’tibor bermaymiz».

Roya:

Musulmon yurtlaridagi saroy ulamolarining nususlar ma’nolarini qayrib-o‘zgartirishi va shariat ahkomlarini islomiy yurtlardagi anavi hukmdorlar istagiga, hatto jinoyatlariga moslashtirishi hukmdorlar sodir etgan qilmishlardan ham yomondir. Shuning uchun shariat sohibi Haq Taolo ularni gunohda hukmdorlarga sherik qilgan. Qolaversa, bu Ibn Usaymin so‘zlari dinni siyosatdan ajratish emasmi?! Shu o‘rinda unga biz savol berishimiz kerak bo‘ladi: Sizlar yolg‘on va bo‘hton bilan o‘zingizni musulmonlarning salafdagi ulamolariga mansub ekaningizni iddao qilasiz, xo‘sh, o‘sha zotlar shunday pozitsiya egallaganmidilar?!

Roya gazetasining 2020 yil 23 sentyabr chorshanba kungi 305-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.