597
0

images

Savolga javob

Turk hukumatini larzaga solayotgan siyosiy va moliyaviy korruptsiya sharmandaligi

Savol:

Erdogan 2013 yil 25 dekabrda yangi hukumat tuzilishini e’lon qildi va unda o’n vazirni o’zgartirdi. Bu uch vazir iste’foga chiqqanidan keyin bo’ldi. Ularning orasida Erdoganni ham iste’foga chiqishga chaqirgan ekologiya vaziri ham bor. Bu turk hukumatini o’n kunga yaqin larzaga solib kelgan siyosiy va moliyaviy korruptsiya janjalidan keyin ro’y berdi. Bundan oldin 2013 yil 20 dekabrda hukumat va uning partiyasiga yaqin 49 shaxsdan 24 shaxs qamoqqa olingan edi. Ular 2013 yil 17 dekabrda korruptsiyada ayblanib tergovga o’tkazilishgan edi… Shundan keyin bosh vazir ularning fosh bo’lishiga sabab bo’lgan va qamoqqa olinishlariga olib kelganlarga qarshi qattiq hujum qildi, o’nlab kishilarni xavfsizlik departamentlaridan chetlashtirib, ularni Fathulloh Gyulen jamoatining erkatoylari deb atadi va bu jamoatga qarshi butun g’azabini to’kib soldi… Erdogan Turkiyadagi Amerika elchisi nomiga ham tanqid yo’lladi. Erdogan bilan Fathulloh Gyulen jamoati o’rtasidagi hamkorlik va o’zaro yordam aloqasini dushmanlik aloqasiga aylantirib yuborgan nima yangilik yuz berdi? Iltimos shuni imkon qadar batafsil yoritib bersangiz, chunki Erdoganning ana shu jamoatga nisbatan tutgan ishlaridan keyin bizga ishlar chalkashib ketdi. Qolaversa Erdoganning Amerika elchisiga nisbatan aytgan gaplari nimaga dalolat qiladi? Zero Erdoganning Amerika bilan aloqasi uni Amerikaning Turkiyadagi odami desa bo’ladigan darajada qizg’indir.

Javob:

Muqaddimalar (oldin bo’lib o’tgan ishlar) va natijalarni ko’rib chiqilsa bu savolga javob quyidagicha ekanligi ayon bo’ladi:

1 – Bu tergovlar va qamoqqa olinishlarni e’lon qilinishi hukumat, uning partiyasi va bosh vaziri Erdoganning g’azabini qo’zg’adi. Chunki bular hukumat va uning hukmron partiyasiga erkatoy bo’lgan shaxslarga qarshi yo’naltirilgan. Ularning orasida hukumatdagi vazirlarning to’rt o’g’illari, Istanbuldagi Fotih mintaqasi munitsipaliteti raisi, xalq bankining direktori bor… Ularning orasida shu partiyaga yaqin bo’lgan biznesmenlar ham bor. Bu janjal Turkiya uch oydan keyin, ya’ni 2014 yil 30 martda bo’ladigan mahalliy saylovlar arafasida turgan bir paytda ro’y bermoqda. Erdogan shu saylovlardan bir necha oy keyin, 2014 yil 26 avgustda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlariga o’z nomzodini qo’yish uchun shu saylovlar orqali o’z reytingini mustahkamlab olishni umid qilayotgan edi. Prezidentlikka ovoz berish bevosita xalq tomonidan bo’ladi. Bugungacha boshqacha bo’lib kelayotgan edi. Chunki jumhuriyat prezidenti parlament tomonidan saylanar edi. Shuning uchun ham Erdoganning qarshi munosabat bildirishi juda g’azabli bo’ldi. Shuning uchun u xavfsizlik idorasining Fathulloh Gyulen jamoatiga tobe mudirlarini o’zgartirdi va «Milliyat» gazetasida 2013 yil 18 dekabrda yozilganidek bu jamoatning suddagi odamlariga bunday deb tahdid qildi: «Lekin sud sohasida ishlovchilar huquq va qonunlarni hurmat qilishlari lozim, ular bir muayyan tomon ko’rsatmalari bilan harakat qilmasliklari kerak… Sud sohasida ishlovchi hech kimning odatiy bo’lmagan narsalar borasida ijroiy hokimiyatga bosim o’tkazishga, buyruq va ko’rsatmalar berishga haqqi yo’q… Sizlar sudga agar odamlarga qaysidir turdagi bosimni paydo qilish uchun ko’rsatma bergan bo’lsangiz, u holda biz qilishimiz kerak bo’lgan narsani qilamiz va uni allaqachon qildik ham». Erdogan: «Biz uni allaqachon qildik ham» degan so’zi bilan xavfsizlik idorasining bir necha mudirlari vazifasidan bo’shatilganiga ishora qildi… Erdogan o’zining Gyulen jamoatiga nisbatan tutgan pozitsiyasiga xayrixohlik paydo qilish uchun bu erda xorijdan turib boshqarilayotgan bir fitna bor degan mazmunda bunday dedi: «Oxirgi kunlarda bo’lib o’tgan hodisalarning cho’zilib ketgan xalqaro ko’lami bor, chunki ular xorijga tobe bo’lgan ichkaridagi ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan amaliyotdan iboratdir». Uning bu so’zlari o’sha gazetaning o’zida keldi… Qolaversa Erdogan 2013 yil 20 dekabrda jamoatchilik qo’llab-quvvatlovini o’z tomoniga og’dirish uchun Samsunda to’xtab o’tishi chog’ida bunday dedi: «Elchi ba’zi til biriktiruv ishlari doirasiga kirib aralashib yuribdi, shuning uchun men u o’z vazifasini qilishi to’g’risida unga nido yo’llab bunday deyman: ey elchi, agar o’z vazifangiz doirasidan chiqib ketadigan bo’lsangiz, u holda hukumatimiz o’z salohiyat doirasidagi barcha ishlarni qiladi…». (Milliyat 2013 yil 21 dekabr). Erdogan bu so’zlari bilan Amerika elchisiga ishora qilyapti. U buni «Star», «Yangi shafaq», «Oqshom» kabi ayrim turk gazetalari Amerikaning Anqaradagi elchisi Rikkardonening 2013 yil 17 dekabrda Yevropa Ittifoqining ayrim vakillari bilan uchrashgani xaqida tarqatgan xabarga izoh berib aytdi… Ana shu xabarda Amerika elchisining hodisalarga aralashganiga ishoralar bor… Shunday qilib Erdogan Gyulen jamoatiga nisbatan aytgan gaplarida g’azab otiga, Amerika elchisiga nisbatan esa ogohlantirish cho’qqisiga mindi.

2 – Gyulen jamoati haqida aytadigan bo’lsak, ma’lumki bu jamoat Erdogan va uning partiyasini u 2002 yilda hokimiyatni o’z qo’liga olganidan boshlab qo’llab-quvvatlab keldi… Hukumat bu jamoatning ko’pgina muassasalariga kirishiga hamda bir necha yirik maxsus darslar markazlariga boshchilik qilishiga yo’l berdi. Ana shu markazlar bu jamoatga talabalar to’laydigan pullarni yig’ib beradigan bo’ldi. Ayni vaqtda bu markazlar ana shu talabalardan ko’pchiligini shu jamoat bilan birga ishlashga tayyorlaydigan ham bo’ldi… Bularning barchasi yashirin emas, ochiq-oshkor olib borildi. Chunki Erdogan bundan biron xatar kelib chiqishidan qo’rqmas edi. Ayniqsa bu jamoat voqesi eshon va uning muridlariga o’xshash bo’lgani, ya’ni bu jamoat o’z programmasiga ega bo’lgan va shu programmasini amalga oshirish uchun hokimiyatga kelish to’g’risida raqobatlashadigan bir siyosiy tashkilot emasligi uchun Erdogan bundan biron xatar tug’ilishidan qo’rqmas edi… Shuning uchun Erdogan ularga katta ahamiyat bermas edi. Ayniqsa bu jamoat ham xuddi Erdogan kabi Amerika changali bo’lgani uchun – garchi bu malaylar uslublari va rollari turlicha bo’lsa ham – Erdogan ularga katta ahamiyat bermas edi… Bu ikkalasi muassasalar ustidan hukmronlik o’rnatish va inglizlarga malay millatchilar strukturasini sindirishga hissa qo’shdi. Maqsad Amerikaning muassasalarga shu jamoat yordamida suqilib kirib olishiga imkon yaratish edi. Amerikaning Erdogan va uning partiyasi yordamida armiya va siyosiy doiraga suqilib kirib olishiga ham imkon yaratish edi… Shunday qilib bu partiya va jamoat Amerikaning Turkiyadagi changali bo’lib qoldi. Ikkalasining birgalikda aloqasi bitta tomonga yordam, do’stlik va malaylik aloqasi bo’lib qoldi… Bundan tashqari Amerika Erdogan boshqaruvining boshlanishida Turkiyada o’zining odamlaridan iborat bir kuchli birlashgan uyushma bo’lishini istagan edi. Chunki inglizlar kuchlarining o’sha paytda hali sud va armiyada ta’sirli kuchi saqlanib qolgan bo’lib, Amerika bu kuch bilan hisoblashishga majbur edi… Bularning barchasi Amerikani Erdogan va uning partiyasi bilan Fathulloh Gyulen jamoati o’rtasidagi aloqa hech qanday keskinliklarsiz sof bo’lishini zo’r berib istashiga olib keldi. Bu vaziyat 2010 yilning boshigacha davom etdi. Bu vaqtga kelib bir qancha hodisalar yuz berib Erdogan bilan Fathulloh Gyulen o’rtasida ixtilof urug’lari ekildi. Bu kelishmovchiliklarning birinchisi Fathulloh Gyulenning 2010 yil 31 may tongida yahud davlati Marmara kemasiga hujum qilganligi hodisasi borasida yuborgan maktubi bo’ldi. Gyulen o’zining maktubida bunday deb yozgan edi: «Bu kemaning Isroil regional suvlariga kirishi katta xato bo’ldi, Tel-Avivdan izn olish zarur edi». Gyulen kema pozitsiyasini xato sanab yahud davlati xatti-harakatini yoqlab yahudiylar kemadagi ayrim kishilarni o’ldirishga haqli edi degan bo’lsa, Erdogan kema va undagi yo’lovchilar tomonida turdi. Erdogan Fathulloh Gyulenning maktubini shaxsan o’ziga yo’llangan maktub deb hisobladi. Shunga qaramay ikkala tomon yuz bergan narsani engib o’tib ularning o’rtasidagi aloqa yana yaxshilandi. Shuning uchun Fathulloh 2010 yil 12 sentyabrda Erdogan konstitutsiyaga o’zgartirish kiritishlar bo’yicha o’tkazishga chaqirgan referendumni qo’llab-quvvatladi. Bunda Fathulloh Gyulenning referendumda «ha» deb javob berganlarning «pallasi» og’ir kelishida ta’siri bo’ldi. Chunki Gyulen o’zining Amerikadagi qarorgohidan turib shu referendum o’tkazilishidan bir necha hafta oldin turk xalqini konstitutsiyaga o’zgartirishlarni ma’qullab ovoz berishga chaqirib: «Bu o’zgartirish kiritishlar – garchi chekli bo’lsa-da – lekin ularning uzoq ko’lami bor va ular bamisoli yanada ko’proq erkinliklar va demokratiyani amalga oshirish sari harakatlanish nuqtasi o’rnidadir», dedi. Oqibatda Erdogan bu referendumda g’olib chiqdi. Chunki konstitutsiyaga o’zgartirish kiritishlarni yoqlab ovoz berganlar 58 %ni tashkil qildi. Shundan keyin hukmron partiya qarorgohi oldida ko’p sonli xalq yig’ilgan tantanalar o’tkazildi…

Ana shu yoqlab ovoz berishdan keyin muassasalarda katta o’zgarish ro’y berib bo’shatilgan millatchilar vazifalarini shu jamoat odamlari egalladi. Sudyalar va davlat prokurorlari oliy kengashi strukturasida ham o’zgarish bo’ldi, yangi vazifalar paydo bo’ldi. Bularning barchasi jamoat foydasiga bo’ldi. Bu esa bu jamoatni ana shu ta’sirli muassasalarda kuchli nufuzga ega qilib qo’ydi. Oqibatda bu jamoat bir necha muhim sudlar hamda sudyalar va davlat prokurorlari oliy kengashiga tobe maxsus sudlar ustidan hukmron bo’lib oldi.

3 – Shundan keyin 2011 yil boshlanishi bilan ikkalasining o’rtasidagi ishlar chigal tus oldi. Chunki Erdogan bu jamoatning xavfsizlik idorasiga va sudga suqilib kirib olib o’ziga tanglik tug’diradigan bo’lib qolganini va o’z hukmini o’tkazishga urina boshlaganini sezdi… Ish endi ilgarigidek bu jamoatning Erdoganni qo’llab-quvvatlashidan iborat bo’lmay qoldi. Shu vaqtdan boshlab Erdogan bilan Gyulen jamoati bir-biriga qarshi quyidagicha ish qiladigan va qarshi munosabat bildiradigan bo’lib qoldi:

a) Erdogan 2011 yil boshidan boshlab bu jamoat ta’sirini qisqartirishga harakat qilishga kirishib, bu jamoatga mansub odamlarni 2011 yildagi saylovlarda parlament a’zoligiga nomzodlar ro’yxatidan tushirib qoldirdi, so’ngra bu jamoatning ba’zi a’zolarini xavfsizlik idorasi va ba’zi sudlardagi mansablardan bo’shata boshladi…

b) Shundan keyin bu jamoatning axborot vositalari Erdoganga qarshi hujum boshladi. Axborot vositalari bu bilangina kifoyalanmadi, balki milliy maxsus xizmat idorasi boshlig’i Hakan Fidanning O’jalon partiyasi Kurdiston Ishchilar partiyasi rahbariyati bilan 2009-2010 yillarda olib borgan kurdlar masalasi echimiga oid so’zlashuvlar haqida 2011 yil sentyabrda tarqatilgan videotasmada kelgan narsani zo’r berib tarqatishga kirishdi. Ana shu so’zlashuvlar o’sha vaqtda e’lon qilinishdan oldin muhitni hozirlash uchun yashirin o’tkazilgan edi. Natijada bu jamoat ana shu videotasmani tarqatishga aloqadorlikda ayblandi. Bu jamoatga xayrixoh bosh prokuratura boshlig’i 2012 yil 7 fevralda maxsus xizmat boshlig’i Fidan bilan tergov o’tkazishni talab qildi…

v) Erdogan bu masalani o’ziga nisbatan bir taqdiriy masala deb hisobladi. Chunki bu masala bosh vazirga aloqador bo’lib, davlatning o’z xavfsizlik xizmati orqali Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan bo’lgan bog’lanishlariga taalluqli sirlarni fosh qilib qo’yar edi. Shuning uchun Erdogan xavfsizlik xizmati boshlig’ini har qanday qonuniy ta’qibdan qattiq himoya qildi. Buni parlament tomonidan shunga taalluqli: «maxsus xizmat sohasida ishlaydiganlar va bosh vazir tomonidan maxsus ishlarni bajarish vazifasi yuklangan shaxslar bilan tergov o’tkazish mumkin emas, u faqat bosh vazirning ruxsati bilangina mumkin» degan qonunni chiqartirish orqali amalga oshirdi. Shundan keyin Erdogan Anqara, Istanbul va Izmirdagi xavfsizlik idoralarida tozalash amaliyotini ham o’tkazdi. Bu tozalashlar ta’lim tizimi va sud tizimida ham o’tkazilib, Gyulen jamoatining odamlari vazifalaridan olib tashlandi…

g) Shundan keyin bu jamoatga kuchli ta’sir qilgan qadam tashlandi. U xususiy dars berish markazlarini bekor qilib ularni davlat dars programmasi o’qitiladigan maxsus maktablarga yoki o’rta maktablarga aylantirish borasidagi Erdogan rejasi edi. Bu markazlardan mingga yaqin markaz shu jamoatga tobe bo’lib, bu markazlar hukumat maktablarida olgan past bilim darajalarini kuchaytirib universitetlarga kirish uchun shu markazlarga qatnaydigan talabalarning ota-onalaridan baland narxdagi to’lovlarni olardi. Jamoat bu markazlar ortidan quyidagi ikki asosiy maqsadni ko’zlagan edi: pul topish va ana shu talabalarni jamoat tomoniga og’dirish. Shuning uchun Erdogan hukumati ta’lim tizimida o’zgarishlar o’tkazib bu markazlarni davlat programmalari bo’yicha o’qitiladigan va davlat nazorati ostida bo’ladigan maxsus maktablarga aylantirish hamda universitetlarga kirish tartibini o’zgartirish rejasini tuzdi. Bunda ikkinchi bosqich maktabini tugallagandan keyin universitetlarga kirish uchun tayyorlov yillik kursini bekor qilinadigan bo’ldi. Ikkinchi bosqich maktablari ko’pgina ota-onalarning o’z farzandlarini – ular universitetlarga kira olishlari va o’zlari istagan fakultetda o’qishlariga imkon beradigan oliy diplomlarni qo’lga kiritishlari uchun – ana shu markazlarga yuborishga majbur bo’lishlariga sabab bo’layotgan edi. Bu markazlar bekor qilinadigan yoki yopib qo’yiladigan bo’lsa bu jamoat pul topish va shaxslarni o’ziga og’dirish sohasida zarar ko’radi. Shu sababli Erdogan o’zining shu markazlarni bekor qilib ularni davlat programmasi o’qitiladigan maxsus maktablarga aylantirish to’g’risidagi rejasini e’lon qilgan paytda bu jamoat telbalandi. Shuning uchun bu jamoat Erdoganning 2014 yil 30 martda o’tkaziladigan mahalliy saylovlarda g’olib chiqishiga ta’sir o’tkazish uchun Erdogan va uning partiyasiga qarshi ish qilish to’g’risida fikr yuritishni boshlagan ko’rinadi.

d) Shundan keyin korruptsiya janjali va qamoqqa olishlar yuzaga kelib, Erdogan hukumati a’zolari, uning partiyasidagi kishilar, unga yaqin kishilar qamoqqa olindi. Bunda aybdor qilib Fathulloh Gyulen jamoati ko’rsatildi. Chunki Gyulen jamoati aks munosabati o’sha kishilarni aybdor qilib ko’rsatgan edi. Shuning uchun bu jamoat qamoqqa olishlar va tergovlardan o’zining o’ta xursand bo’lganini izhor qildi, o’zining axborot vositalarida bu qamoqqa olishlar va tergovlarga zo’r berib targ’ib qildi, Erdogan ustidan ichi qoralik bilan kuldi… Lekin Erdoganning xavfsizlik departamentida iste’foga chiqarish va boshqa vazifaga o’tkazishdan iborat tezlik bilan ko’rgan o’zgartirish choralari – bunda Erdogan shu jamoatga tobe bo’lgan bir necha xavfsizlik mudirlarini iste’foga chiqardi – jamoat xursandligini qayg’u va xafalikka aylantirdi. Shuning uchun jamoat bu o’zgartirishlarga to’siq qo’yishga yoki tashvish tug’dirishga, bu o’zgartirishlar noqonuniy yoki ularni ijro qilib bo’lmaydi deb uqtirishga urinib ko’rdi. Jamoatni qo’llab-quvvatlovchi axborot vositalari hukumatning xavfsizlik mudirlarini 2013 yil avgustdan boshlab shu bugungacha o’zgartirish haqidagi qarorini jumhuriyat prezidenti rad qilib unga rozilik bermagan degan xabarni tarqatdi. Shundan keyin jumhuriyat prezidenti kantselyariyasi 2013 yil 20 dekabrda darhol jumhuriyat prezidenti Abdulloh Gul tomonidan Gyulen jamoati tarqatgan xabar yolg’on deb chiqarilgan bayonotni tarqatdi. Shunday qilib bu jamoatning Abdulloh Gul bilan Erdogan o’rtasida bo’linish va kelishmovchilik bor deb ko’rsatishga urinishi barbod bo’ldi! Shundan keyin jamoat Erdogandan g’azablanib portladi. Chunki u bu o’zgartirishlar o’zining yuragiga zarba bo’lib tushganini his qildi. Shuning uchun jamoat raisi Fathulloh Gyulen o’zining Amerikadagi Pensilvaniya shtatidagi qarorgohidan turib o’zining yozib olingan g’azabli nutqini tarqatdi. Uning jamoatiga tobe axborot vositalari uning bu so’zlarini 2013 yil 21 dekabrda nashr qildi. Uning nutqida quyidagi duo ham bor: «… Yo Alloh, o’g’rilarning yo’lini bo’shatib qo’ygan, bu o’g’rilarni ta’qib qilgan kishilarni esa qamoqqa tashlagan kimsalarni erga yuttirib yubor, jinoyatchilardan ko’z yumib, bu jinoyatchilarni ta’qib qilgan kishilarni xunuk qilib ko’rsatgan kimsalarni erga yuttirib yubor, ularning uylarini yondirib yubor, maskanlarini vayron qil, ittifoqlarini tarqoq qilib tashla, ildizlarini qurit, falokat, ziyonlarini o’zlarining o’rtasida qilib qo’y, ularning ustidan bizni g’olib qil…». Uning jamoatiga yo’llangan zarba yanchib tashlovchi yoki halokatli bo’lmasa-da, lekin qaqshatqich bo’lgani ko’rinib turibdi.

4 – Shunday qilib 2010 yildan boshlab ishlar Erdogan bilan Fathulloh Gyulen o’rtasida o’zgarib ketdi. Bu ishlar keyingi uch yil ichida to shu bugungacha yanada keskinlashdi… Bu jamoat va uning Pensilvaniyada yashayotgan raisi Amerikaga ko’rsatgan xizmatlar: Alloh diniga qarshi chiqishga jur’at, Xalifalik nizomiga dushmanlik, bu jamoatning oxirgi nafasigacha Amerika manfaatlarini qo’llab-quvvatlashi… bularning barchasi Gyulenni – u o’zining Erdogan bilan kim o’zarga musobaqalashib va undan-da oshirib Amerikaga qilgan xizmatlari tufayli – Amerika roziligiga erishdi, shuning uchun Amerika uni Erdogan o’rniga malay qilib oladi va Erdoganga qarshi turishda uni qo’llaydi degan xayolga olib kelgan ko’rinadi. Shuning uchun Gyulen Erdoganga tazyiq o’tkaza boshlagan edi. Jamoatning Amerikaga qilgan va Gyulenni Amerika uni Erdogan o’rnini egallaydigan yana bir malay sifatida qo’llaydi va Erdogandan voz kechadi degan o’yga olib kelgan xizmatlaridan ba’zilari quyidagilar:

a) Gyulenning «mo”tadil islom»ga yoki to’g’riroq aytganda ilmoniylik va demokratiya fikrlari bilan aralash-quralash bo’lib ketgan «o’zgartirilgan islom»ga faol da’vatlari. U bu fikrlarni zo’r berib himoya qiladi, odamlarni shu fikrlarga yo’naltiradi, bunda jamoatning axborot vositalaridan foydalanadi.

b) Bu jamoat dinlar o’rtasidagi dialog, ayniqsa yahudiy va nasroniylar bilan dialog mavzusida faol harakat olib boradi, barchani mo’minlar deb hisoblab ularni musulmonlar bilan tenglashtiradi, ular uchun va nusayriylar uchun masjidlar yonida ibodatxonalar qurishga chaqiradi.

v) Bu jamoat Xalifalikni va Islomiy davlatni tiklashga chaqirayotgan barcha jamoatlarga hujum qiladi, ularni «ekstremizm» va «terrorizm»da ayblaydi, o’zi egalik qilgan axborot vositalari yordamida o’zining g’arazli tashviqotlarini olib boradi, odamlar haqidagi ma’lumotlarni chaqimchilik qilib xavfsizlik va sud idoralariga etkazib turadi.

g) Bu jamoat rahbari 1999 yildan boshlab AQShni o’ziga qarorgoh qilib oldi, uning Amerika mas’ullari va Amerika razvedka xodimlari bilan uchrashuvlari kengayib bormoqda, u Amerikada amerikaliklar manfaatlari tegirmoniga suv quyadigan pozitsiyalar, fikrlar va qarashlar mazmunidagi ma’ruzalarni qiladi. U oldin Amerikaning Iroq va Afg’onistonga qilgan bosqinchilik urushini qoralamagan bo’lsa, hozir uning turli axborot vositalari Suriyada qo’zg’olon ko’targan islomiy harakatlarga hujum qilmoqda, ularni terrorchi deb atamoqda, ularni xunuk ko’rsatishga harakat qilmoqda, Amerikaning bu islomiy harakatlarga qarshi pozitsiyasini qo’llab-quvvatlamoqda.

d) Gyulen o’zining yahud vujudini qo’llab-quvvatlovchi pozitsiyasi bilan tanilgan, shuning uchun u 2010 yil may oyi oxirida G’azo aholisiga yordam uchun Marmara kemasi yuborilganini qoralab chiqdi, yahudiylarning bu kemaga zarba berishga haqli ekanini aytdi, qurbon bo’lgan turklar oilalariga ta’ziya bildirmadi, ularni shahidlar deb hisoblamadi. Vaholanki u 1991 yilda Saddamning yahud vujudiga zarba berganini qoralab chiqqan va ana shu zarba oqibatida o’lgan yahudiylarga achinib alamlangani haqida jar solgan edi… Uning internetdagi sayti uning 1998 yilda yahud vujudidagi sharqlik yahudiylar ravvini Eliyaxu Doron bilan uchrashgani aks ettirilgan suratini nashr qilgan.

Yuqorida aytilganlar Gyulen jamoatining Amerikaga ko’rsatgan xizmatlaridan bir tomchisi, xolos. Bu jamoat o’zining bu xizmatlari bilan Amerika bu jamoatni Erdogandan muqaddam qo’yadi deb o’ylagan edi. Kuchliroq ehtimol shuki, jamoatning bu gumoni uning o’zini halok qiladi. Chunki Amerika Erdoganga o’zining manfaatlarini amalga oshirishga Gyulen va uning muridlari jamoatidan ko’ra qodirroq bo’lgan bir siyosiy partiya etakchisi sifatida qaraydi! Qolaversa Amerika Turkiya ichkarisida o’zi erishgan narsaga boshqa vaqtda va boshqa joyda erisholmagan. Uning Turkiyadagi nufuzi faqat Erdogan boshchiligidagi siyosiy partiya orqali bo’ladi. Shuning uchun Amerika Erdogan orqali o’zining siyosiy loyihalarini amalga oshirish uchun Erdoganni qo’llab-quvvatlamoqda. Ayniqsa Amerika o’zining kurdlar masalasiga taalluqli rejasini, ichkari va tashqaridagi boshqa rejalarini, jumladan Suriya masalasi borasidagi rejasini shu Erdogan yordamida amalga oshirmoqchi. Hatto Erdoganga bosimlar kuchayib u, masalan iste’foga chiqqan taqdirda ham Amerika Fathulloh Gyulenga emas, Adolat partiyasidagi boshqa bir kuchli shaxsga tayanishi ehtimoli kuchliroqdir. Chunki Fathulloh Gyulen jamoati voqesi shundan iboratki, u siyosiy bo’lmagan harakat bo’lib, doimo siyosiy partiyalar soyasida bo’lib kelgan, u kim g’olib bo’lsa o’sha bilan bo’ladi. Masalan bu harakat o’tgan asrning saksoninchi yillarida Turg’ut O’zalning Ona Vatan partiyasi bilan birga bo’lgan bo’lsa, keyinchalik Rafoh partiyasini qo’llab-quvvatladi, 1998 yil Erbakon boshchiligidagi Rafoh partiyasi qulaganidan so’ng bu harakat Ejevit boshchiligidagi demokratik partiya bilan birga bo’ldi, Adolat va Taraqqiyot partiyasi ta’sis etilganidan keyin uning soyasiga kirib oldi. Shuning uchun bu harakatga o’z manfaatlariga erishish uchun hukmron siyosiy partiyalarni qo’llab-quvvatlaydigan bir opportunist (manfaatparast) harakat sifatida qaraladi. Shunga ko’ra bu harakatning Erdogan bilan sulh tuzishga harakat qilishi kutiladi. Chunki bunday qilmasa ziyon ko’rishi aniq. Haqiqatdan ham bu narsa jamoat va uning tobelari xatti-harakatlarida ko’zga tashlana boshladi. Chunki Gyulen Erdoganga zimdan hujum qilishdan chekindi. Vaholanki u Erdoganni bir oycha oldin Fir’avn va Namrud deb atagan edi. Chunki u o’z tobelariga murojaat qilgan videotasmada: «Agar Fir’avn va Namrud sizlarga qarshi bo’lsa, demak sizlar haq ustidasiz…» degan edi. Gyulen keyinchalik maxsus dars markazlari o’z holicha qoldirilib davlat nazorati ostiga kiritilishini taklif qilib yon berish qadamini tashlagan paytda yanada ko’proq chekindi. Lekin Erdogan o’zining qarorida qattiq turib oldi. Hatto Fathullohning sud va xavfsizlik idorasidagi odamlari oldida ham Erdoganga qarshi ko’p narsa qolmadi. Chunki ulardan bir nechasi qamoqqa olindi, o’z mansablarida qolganlari ham bir qarorga kelishda ikkilanishda davom etishdi. Masalan ba’zi sudlar Erdoganning sudlar ishlarni xavfsizlik mudirlaridan o’z raislari roziligisiz bevosita qabul qilmasliklari lozimligi to’g’risidagi qarorini ma’qullagan bo’lsa, sudlardan ozginasigina bu qarordan bo’yin tovlashga urindi. «NTV» televideniesining 2013 yil 27 dekabrdagi maxsus axborot ko’rsatuvida quyidagilar aytildi: «Turkiya oliy sudi hukumatning politsiya zobitlari o’z boshliqlarini tergovlardan xabardor qilishlari kerakligi to’g’risidagi qarorini bekor qildi». Shu bilan birga arab tilida ko’rsatuv olib boradigan Skay Nyus 2013 yil 26 dekabrda bildirishicha, bosh prokuror Muammar Akkash – u kalava uchlari turk hukumatidagi vazirlargacha cho’zilib borgan korruptsiya ayblovlari bo’yicha olib borilayotgan tergovlarga boshchilik qilmoqda – o’zining bu ish bo’yicha «ko’p bosimlarga uchrayotganini» aytib, «tergovlarga to’siq qo’yilganini» ko’rsatib o’tdi.

Erdogan jamoatning sud va xavfsizlik idorasidagi yordamchilariga tinimsiz tahdid va do’q-po’pisalar qildi. Masalan u O’rdu viloyatidagi Fatsa sudiga borgan chog’ida bunday dedi: «Men sudlarga murojaat qilmoqchiman! Sizlar ijroiy hokimiyatga: orangizdagi kirliklarni tozalanglar, demoqdasiz. Lekin o’zingiz ham oppoq, top-toza emassiz. Bizda bu haqda ma’lumotlar bor». (Hurriyat, 2013 yil 21 dekabr). Shunday qilib Erdoganning mavqesi Fathulloh Gyulen mavqesidan kuchliroqdir. Loaqal yaqin kelajakda shunday. Ayniqsa Erdoganning armiyadagi nufuzi ta’sirli bo’lib qolganini hisobga olinsa uning mavqei kuchliroqdir. Shuning uchun turk axborot vositalari bunday deb yozdi: Turk qurolli kuchlari bir bayonot chiqarib unda «o’zini har qanday qarashlar va siyosiy tashkilotlardan yiroq tutishini va turk millatiga vafodorlik bilan xizmat qilishini» bildirdi. (UPI va Hayot sayti 2013 yil 27 dekabr).

5 – Endi Erdoganning o’z so’zlarida «Milliyat» gazetasi 2013 yil 21 dekabrda nashr qilganidek Amerika elchisiga imo-ishora qilganiga kelsak, bu masala quyidagichadir:

a) Mazkur korruptsiya ishlari bo’yicha ana shu qamoqqa olishlar kampaniyasi chog’ida uch gazeta: «Star», «Yangi Shafaq», «Oqshom» Anqaradagi Amerika elchisi Rikkardonening 2013 yil 17 dekabrda Yevropa Ittifoqining ayrim vakillari uchrashgani haqida xabar tarqatdi. Bu xabarda Amerika elchisining hodisalarga aralashayotganiga imo-ishoralar bor edi. Bu gazetalarning da’vo qilishicha, turk tashqi ishlar vaziri Dovud O’g’lu Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri bilan bog’lanib, unga tashqi ishlar vazirligining va diplomatik korpusning elchi xatti-harakatlaridan tashvishga tushayotganini bildirar emish…

Vaholanki Amerika elchisi Rikkardonening o’zi bu xabarni tarqatgan ayrim gazetalarning iddiolarini yolg’onga chiqarib, Amerikaning korruptsiya bo’yicha qamoqqa olishlarga qandaydir aloqasi borligini rad qildi. U buni o’zining tvitterdagi sahifasida bunday dedi: «Qo’shma Shtatlarning poraxo’rlik va noqonuniy yo’llar bilan boylik orttirish ishlari bo’yicha qamoqqa olishlarga hech qanday aloqasi yo’q. Shuning uchun anavi xabarlar g’irt yolg’on va bo’htondir. Hech kim asossiz iddiolar bilan turk-amerika aloqalarini xatarga duchor qilolmaydi, zero ikki mamlakat o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik ikkala mamlakat uchun taqdiriy ahamiyat kasb etadi». (Milliyat, 2013 yil 21 dekabr). Lekin Erdogan go’yo bu gazetalardagi xabar xuddi va’dalashgandek va vaqtida tarqalgandek bu ishdan foydalandi. Bu esa ayrim tahlilchilarni: «Bu xabar Erdogan uchun, u bu hodisalarning kalava uchi xorijdagi davlatlargacha cho’zilib boradi deb aytishda foydalanishi uchun tayyorlab berilganligi ehtimoldan uzoq emas, bundan maqsad bu erda bir xorijiy til biriktiruv bor ekan degan e’tiborda odamlar xayrixohligini qozonishdir!» – deb aytishlariga undadi. Masalan Erdogan jamoatchilik fikrini o’z tomoniga og’dirish uchun qilgan aylanma safari chog’ida 2013 yil 20 dekabrda Samsunda to’xtab o’tar ekan bunday dedi: «Elchi ayrim til biriktiruv ishlari doirasiga kirib aralashib yuribdi, shuning uchun men u o’z vazifasini qilishi to’g’risida unga nido yo’llab bunday deyman: ey elchi, agar o’z vazifangiz doirasidan chiqib ketadigan bo’lsangiz, u holda hukumatimiz o’z salohiyat doirasidagi barcha ishlarni qiladi…». (Milliyat, 2013 yil 21 dekabr). Lekin bo’lgani shu bo’ldiki, Dovud O’g’lu Kerri bilan bog’lanmadi ham, Erdoganning o’sha so’zlari bir oz vaqt bo’lsa-da jonli holda davom etmadi ham. Aksincha Adolat va Taraqqiyot partiyasi bosh raisi o’rinbosari Husayn Chelik bunday deb intervyu berdi: «Qo’shma Shtatlar elchisi Rikkardonening tvitter orqali bayonot berib o’zi aytgan gaplarga taalluqli ayrim gazetalar tarqatgan xabarlarni yolg’on deganligi biz uchun e’tiborga sazovordir». (Hurriyat, 2013 yil 21 dekabr).

b) Odatda davlatlar boshqa davlatlarning aralashuvlariga norozilik bildirsa tashqi ishlar vazirligi o’sha davlatga rasmiy norozilik notasini yuboradi yoki elchini chaqiradi… Shuningdek odatda qaysidir davlat elchisi o’zi elchi bo’lib turgan davlat tomonidan o’zi haqida tarqatilgan xabarni yolg’onga chiqarsa u ham bu davlatning tashqi ishlar vazirligiga nota yo’llab o’sha xabarning yolg’on ekanini bildiradi… Lekin bo’lgani bor-yo’g’i shu bo’ldiki, bosh vazir og’zaki bayonot chiqardi, Amerika elchisi esa tvitter orqali o’z raddiyasini tarqatdi! Bu esa Erdogan bilan Amerika o’rtasidagi «dahanaki janglar» no’noq aktyorlar o’ynayotgan bir spektakldan boshqa narsa emasligini ko’rsatib turibdi! Erdoganning Amerika elchisiga nisbatan aytgan «qattiq» gaplari quruq baqir-chaqir ekanligini ko’rsatib turgan narsa shuki, «Milliyat» gazetasi Erdogan gaplarini nashr qilgan kunning o’zida, ya’ni 2013 yil 21 dekabrda xuddi shu gazetaning o’zi quyidagi xabarni ham tarqatdi: «E’tiborni tortadigan narsa shuki, kalava uchlari tashqi davlatlargacha cho’zilib borgan korruptsiya bo’yicha ta’qib ishlari davom etayotgan bir paytda Amerika moliya vazirining terrorizm va moliya razvedkasi bo’yicha yordamchisi va maslahatchisi Devid Koen – u «Isroil»ga yaqinligi bilan tanilgan – Istanbulga keldi, u Turkiyadagi banklar direktorlari bilan uchrashib ular bilan moliyaviy ishlarni va Eronga qarshi jazo choralarini muhokama qiladi… Amerikalik bu maslahatchi hukumatdagi hech qaysi salohiyat egalari bilan uchrashmaydi»! Bu esa Erdoganning gaplari xuddi o’qsiz miltiq kabi ma’nosiz ekaniga, yorilib dami chiqib ketadigan pufak kabi ekaniga dalolat qiladi. Chunki Amerika mas’ullari mamlakatga xohlagan vaqtlarida kirib hech qaysi turk mas’ullari bilan uchrashmay xohlagan kishilari bilan uchrashib, muhokama yuritishyapti!!

v) Erdoganning Amerikaga qaram ekani, Turkiyada va undan tashqarida Amerika loyihalarini amalga oshirishi ma’lum. Bu loyihalar, ayniqsa Turkiya ichkarisida amalga oshiriladigan loyihalar o’zini tamomiga etkazishni talab qiladi. Shuning uchun Erdogan hokimiyatdan ketsa bu loyihalar to’xtab qolishi mumkin… Amerika esa Erdoganni o’zining kuchli odamlaridan biri deb hisoblaydi. Bu kimsalar hokimiyatni o’z qo’llariga olishganidan boshlab Amerikaning Turkiyada nufuzga ega bo’lishiga imkon yaratib berishdi. Bundan oldin Turkiyada inglizlar nufuzi hukmron edi. Inglizlar o’z nufuzini Mustafo Kamol Islom va musulmonlarning ashaddiy dushmani bo’lgan inglizlar talabiga binoan Xalifalikni bekor qilganidan boshlab o’tgan o’n yilliklar davomida armiya orqali o’rnatishgan edi. Bu Lozanna konferentsiyasida yuz bergan edi. Buning evaziga inglizlar Mustafo Kamolni Turkiya jumhuriyati prezidenti qilib tayinlashdi. Ana shu vaqtdan boshlab ingliz nufuzi Turkiyadagi hokimiyat ustidan hukmron bo’lib oldi. Amerika bu nufuzni, ayniqsa armiyadagi nufuzni yo’qota olmadi. Faqat Erdogan hokimiyatni qo’lga olganidan keyingina Amerika bu ingliz nufuzini yo’qotdi. Chunki bu paytga kelib ingliz nufuzi zaiflashib, siyosiy maydonda ko’rinmay qolgan edi. Oqibatda inglizlarga malay bo’lib kelgan siyosiy partiyalar – ulardan eng ko’zga ko’ringani xalq partiyasidir – o’ta zaiflashib qoldi. Shunday qilib Amerika nufuzi hozir Erdoganning boshqaruv yillari davomida hukmron bo’lib oldi. Amerika nufuzi jumhuriyat prezidentligida ham, bosh vazirlikda ham ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Shuning uchun, demak Erdoganning Amerika elchisiga nisbatan aytgan gaplari amaliy voqesi bo’lmagan quruq baqir-chaqirdir, xolos. Bunday gaplarning hech bir ta’siri yo’qligini Amerika ham, ularni aytayotgan kimsa ham yaxshi tushunadi…

6 – Xulosa:

a) Turkiyadagi hozirgi krizis ustida turganlar Amerika malaylari Erdogan va Fathulloh Gyulen.

b) Amerika inglizlarning hisoblashishga majbur bo’linadigan kuch-qudrati bor paytda Erdogan va Gyulenning o’zaro nizolashmaydigan bitta kuch bo’lib qolishidan manfaatdor edi. Inglizlarning kuchi zaiflashgach Amerika Adolat va Taraqqiyot partiyasining Fathulloh jamoati bilan nizolashishiga indamaydigan bo’ldi va ularning Amerikaga malaylik qilishda va Amerika manfaatlariga xizmat qilishda bir-biri bilan kim o’zarga raqobatlashishlariga yo’l qo’yib berdi.

v) Kuchliroq ehtimol Erdoganning loaqal yaqin kelajakda hokimiyatda qolishidir. Chunki u hamon o’z reytingini saqlab kelyapti. Hatto unga bosim kuchaygan taqdirda ham Amerika Adolat partiyasidagi boshqa shaxsni Gyulendan ustun qo’yadi. Chunki Amerika Fathulloh jamoati bir eshon va uning muridlariga o’xshagan narsa ekanini, u hokimiyatda bo’lish u yoqda tursin, o’zini saqlab qolish uchun biror hukmron siyosiy partiya panasiga kirishdan boshqa iloj topolmasligini yaxshi tushunadi.

g) Bu Amerika va uning odamlari o’lchovida shunday. Ammo Ummat harakat qilayotgan narsaga kelsak, u Ummatning inglizlar, amerikaliklar nufuzini, ularning malaylari va yugurdaklarini Alloh izni ila tag-tomiri bilan sug’urib tashlab, Xalifalikni qayta tiklashidir. Zero Rosululloh A bunday dedilar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«… So’ng payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi». Bu hadisni Ahmad va Abu Dovud Tayolisiy rivoyat qildi. O’shanda Xalifalikka va uning uchun harakat qilganlarga qarshi kurashgan barcha kimsalar, ingliz, Amerika, rus, frantsuz va boshqa mustamlakachi kofirlar bilan birgalikda harakat qilgan barcha kimsalar mo’minlar qo’lida rasvolik, xoru zorlikka duchor bo’lajak.

«O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

24 safar 1435h

27 dekabr 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.