Kimyoviy zaxiralar yuklangan kema dengiz uzra yo’lga tushdi

388
0

загруженное

BMT va «Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash tashkiloti» tarafidan belgilangan Suriyadagi kimyoviy kurollarni yo’q qilish missiyasining xos koordinatori Sigrid Kaag o’zining yozma bayonotida kimyoviy moddalarning yo’q qilinishiga doir ishlar jadal suratda olib borilayotganini bildirdi.

Kimyoviy moddalar Lazkiya portiga olib kelinganligi va bu erda Daniyaga qarashli savdo kemasiga yuklanganligini ma’lum qilgan Kaag, kemaning Daniya, Norvegiya va Suriya harbiy kemalari hamrohligida yo’lga tushganligini bildirdi. “Bu kimyoviy moddalarni yo’q qilish uchun Suriya tashqarisi olib chiqishning boshlanishidir”, dedi u.

Kaagning ma’lum qilishicha, yo’lga chiqqan kema kimyoviy moddalar yuklangan boshqa kemalarning ham kelishini kutib turadi. Dengiz xavfsizligini Xitoy, Daniya, Norvegiya va Rossiya tarafidan yuborilgan harbiy kemalar ta’minlaydi.

«Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash tashkiloti»ning rejasiga ko’ra Daniya va Norvegiya kemalariga yuklangan kimyoviy moddalar Italiya portlariga olib boriladi. U erdan “yo’q qilishi uchun” AQSh kemalariga topshiriladi.

Kimyoviy moddalarning katta qismi muolaja qilinish uchun AQShning “Kabo Rey” kemasiga yuklanadi. Qolgan moddalar zaharli chiqindilarni qayta ishlaydigan tijoriy stantsiyalarga, jumladan Britaniya stantsiyasiga olib boriladi.

«Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash tashkiloti»ning so’zchisi Maykl Luhan kimyoviy qurollarni xorijga olib chiqib ketish uchun faol harakat qilayotgan Asad rejimini olqishladi.

“Suriya hukumatining oxirgi ba’zi harakatlari bizni xursand qildi. Umid qilamizki, kimyoviy moddalarni imkon qadar tezroq olib chiqib ketishimiz uchun rejimning bu harakatlari tartibli ravishda davom etadi”, dedi u.

Turkiston: BMT xavfsizlik kengashi tarafidan chiqarilgan Suriyadagi kimyoviy qurollarni tashqariga olib chiqib ketish qarori Islom va musulmonlarga qarshi chiqarilgan qarordir. Shuning uchun ham butun kufr davlatlari bu qarorni yakdillik bilan qabul qilishdi. Chunki ular Bashar Asad qulay deb qolganligini va u qulagach bu qurol musulmonlarning qo’liga o’tishini yaxshi bilishadi. Isroilni ham aynan mana shu narsa dahshatga solmoqda. Ularning maqsadi musulmonlar yurtlaridan kuch-qudratga sabab bo’ladigan qurollarni butkul tortib olishdir.

Dunyoning turli burchaklarida nafaqat musulmonlarga nisbatan, balki butun insoniyatga nisbatan qirg’inlarni amalga oshirayotgan kofir g’arb va bosqinchi yahud davlatining omborlari kimyoviy qurol bilan to’lib-toshib yotipti. Bular haqida hech kim lom-mim demaydi.

Tog’ut Asad ham xo’jayinlarining talabiga osonlik bilan rozi bo’ldi. Vaholanki kimyoviy qurol ummatning mulki hisoblanadi. Ummat o’z dushmanlaridan himoyalanish uchun bu qurolning pulini o’z peshona terisi bilan to’lab qo’ygan.

O’zlaricha bu kofirlar Asadning musulmonlarga nisbatan kimyoviy qurolni ishga solganligini ro’kach qilib, go’yoki bu bilan o’zlarini Suriya xalqining g’amini chekayotganday qilib ko’rsatishyapti. Aslini olganda kimyoviy qurolni ishlatish uchun Asadga yashil chiroqni yoqib bergan ana o’shalarning o’zlaridir. Kimyoviy quroldan 1400 atrofida odamlar halok bo’lgan bo’lsa, boshqa qurollardan 140 ming atrofida odamlar hayotdan ko’z yumdi. Qolaversa, qonxo’r Asad G’utadan oldin ham AQSh va G’arbning ko’z o’ngida kimyoviy qurolni ishga soldi. Siz AQSh va G’arb bulardan bexabar deb o’ylaysizmi?!

Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.