Matbuot raddiyasi
Hizb ut-Tahrir aza tutib yig‘lamaydi, balki egri-bugri chiziq qarshisiga to‘g‘ri chiziq tortadi
Aziz birodar Muhamad Abdulloh Ya’qub
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Hijriy 1441 yil 21 sha’bon, milodiy 2020 yil 14 aprelda (non inqirozi va azaxonada yig‘layotgan Abu Xalil) nomli maqolangizga raddiya sifatida quyidagilarni aytamiz:
Birinchidan: Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining «O‘tish davri hukumati eski rejim yo‘lidan yurib, nonning narxini oshirdi) nomli bayonotidan iqtibos keltirganingiz uchun sizlarga katta rahmat. Chunki Hizb ut-Tahrir odamlarning tirikchiligiga oid hayotiy mavzuni ko‘tarishiga qaramay, Xartumning aksar matbuoti unga e’tiborsiz edi.
Ikkinchidan: Hizb ut-Tahrirdan boshqa kim buyuk Islom Ummati aqidasidan balqib chiqqan yorqin, ochiq loyihaga ega?! Kim bu buyuk Ummat uchun yaxshilikni ko‘tarmoqda?! Axir, bu Ummat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Islomni tatbiq qilgan kunda odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘lgan edi-ku. Shuning uchun biz faqat botilga qarshi kurashamiz. Chunki u bugun odamlar hayotini boshqarar ekan, uni chidab bo‘lmas do‘zaxga aylantirdi. Haqiqat esa, doim botil ustidan g‘olib bo‘lgan.
وَقُلْ جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا
«Yana ayting: Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o‘chib-yo‘qoldi. Chunki botil yo‘qolguvchi narsadir» [Isro 81]
Biz sodiq haqiqat binosini qurishni xohlaymiz. Biz botil davlatlari, zararkunanda davlatlar vayronalari uzra Islom davlati binosini qurishni xohlaymiz. Hukumat esa, bizni binoni qurishimizni emas, balki uni buzishimizni xohlaydi. Chunki olamlar Robbisi tomonidan bizga yaxshilik kelishini xohlamaydigan kofirlar yo‘liga ergashadi. Shunday ekan, qanday qilib undan yaxshilik kutish mumkin?!
مَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلَا الْمُشْرِكِينَ أَنْ يُنَزَّلَ عَلَيْكُمْ مِنْ خَيْرٍ مِنْ رَبِّكُمْ وَاللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِ مَنْ يَشَاءُ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ
«Na ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar)dan bo‘lgan kofirlar va na mushriklar sizga Parvardigoringiz tarafidan bir yaxshilik (ya’ni vahiy) tushishini istamaydilar. Alloh esa, rahmat-marhamatini o‘zi xohlagan kishilarga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir» [Baqara 105]
Uchinchidan: Islom va arab olamining hozirgi holatida Xalifalik yaqin orada barpo bo‘lmaydi degan gapga kelsak, Xalifalik qachon barpo bo‘lishini hech kim bilmaydi. Lekin biz uni yaqinda barpo bo‘lishiga ishonamiz. Zero, u Allohning va’dasidir:
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
Shuningdek, u Payg‘ambarimizning xushxabaridir:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So‘ngra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi». Alloh bizdan natijani emas, balki amal haqida so‘raydi. Chunki u bajarilishi lozim bo‘lgan farzdir, unga harakat qilmaslik esa, katta gunohdir. Payg‘ambarimiz ﷺ aytadilar:
«وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»
«Kim bo‘ynida bay’ati bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limini topibdi». Shuning uchun biz Hizb ut-Tahrir a’zolari bugun Xalifalik zamoni kelganiga ishonamiz. Lekin Xalifalik uni barpo qiladigan rijollarga muhtoj. Biz sizni bir so‘z bilan bo‘lsa-da Xalifalikni barpo etish uchun harakat qilayotgan rijollardan bo‘lishingizni xohlaymiz.
So‘nggi so‘z: Ey aziz birodar! Biz aza tutib yig‘lamaymiz, balki egri-bugri yo‘l qarshisiga to‘g‘ri chiziq tortamiz.
Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi