Musulmonlar o‘z dinlari borasida Azhardan ko‘ngillari xotirjam bo‘lmasin

497
0

Musulmonlar o‘z dinlari borasida Azhardan ko‘ngillari xotirjam bo‘lmasin, chunki bu dargoh Alloh nozil qilmagan qonunlar bilan hukm yuritilishiga sukut qiluvchi «Misr fir’avni»ga tegishli dargoh bo‘lib qolgan

Azhar Pokiston prezidenti doktor Orif Alfiyning talabiga ko‘ra, Pokistonda koronavirus tarqalishini oldini olish chorasi sifatida jum’a namozini to‘xtatishga ruxsat beruvchi fatvo chiqardi. Prezident 2020 yil 25 mart, chorshanba kuni qoldirgan tvitida shunday degan edi: «Albatta men koronavirus pandemiyasi paytida masjidlarda jum’a va jamoat namozlari o‘qishni taqiqlashga aloqador shaxsiy talabimning Azhar shayxi va oliy fatvo kengashi tomonidan qondirilishiga ishonaman…».

Azhar nafaqat jamoat va jum’a namozini to‘xtatishga ruxsat beradigan, balki to‘xtatishni vojib qiladigan fatvoni chiqardi. Bunga musulmon kishi og‘zidan piyoz yoki sarimsoqning hidi kelgan holda masjidga borishi makruh ekanini dalil qildi. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ مَنَعَ مَسَاجِدَ اللَّهِ أَنْ يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا أُولَئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَنْ يَدْخُلُوهَا إِلَّا خَائِفِينَ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

«Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor? Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qo‘rqqan hollarda kirish joiz edi-ku. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa buyuk azob bordir» [Baqara 114]

Shunday ekan, qaysi bir so‘z to‘g‘riroq?! Azharning og‘zidan qo‘lansa hid kelayotgan namozxonning masjidga borishi haromligi haqidagi dalili va fikri to‘g‘rimi yoki mutlaqo ravshan va ta’vil qilib bo‘lmas Alloh Taoloning kalomimi?! So‘ngra Azhar va undan fatvo olishni istayotganlar Ummatni ulamolardan xoli deb o‘ylashyaptimi?! Pokistonda ulamolar bisyor! Ular bunday fatvoni sog‘lom shar’iy tushuncha va sof ijtihod, deb hisoblashyaptimi?! Aslida asr Fir’avni (Sisiy)ga qaram muassasadan fatvo olish joizmi?! Allohning dini ustidan g‘olib bo‘lishni istayotgan hokimlarning xohishini bajaradigan va Kinona yurtida Alloh nozil qilmagan ahkomlar bilan boshqarilishiga sukut qiladigan ushbu muassasadan dinimiz borasida qanday xotirjam bo‘lamiz. Ushbu muassasa yahudiy vujudi bilan (Kemp-Devid) shartnomasini tuzish, yahudiylarning muborak Falastin zaminidagi «haqqi»ni tan olish, ribo olishga ruxsat berish va insonlar tomonidan chiqarilgan kufr nizomlari bilan hukm yuritishga ruxsat berish kabi kitob va sunnatga zid aksar fatvolar chiqargan. Qiyoslash joiz bo‘lmagan masalada, ya’ni ibodatlar masalasida qiyos ishlatib bo‘ladimi, axir?! Yoki Azhar va Pokiston prezidenti ushbu egri-bukri tushuncha Pokiston ahli va ulamolarini laqqa tushiradi deb o‘ylayaptilarmi?! Darhaqiqat, aqlli kishilarning aqlini pastga urish eng katta masxaralashdir.

Ey Pokiston musulmonlari! Pokiston prezidenti rejimning odamlar salomatligini nazorat qilish borasidagi muvaffaqiyatsizligi va yaroqsizligini masjidlarni yopish orqali yashirmoqchi. Chunki bu rejim odamlarni boshqarishda koronavirus paydo bo‘lishidan oldin muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu oddiy holatda odamlarni davolay olmaydi-yu, qanday qilib epidemiya tarqalganda davolaydi?! Ko‘chada sayr qilishni taqiqlash va masjidlarni yopish mas’uliyatdan qochishdir. Toki, bu rejimning boshqa buzuq joylari va muvaffaqiyatsizliklari ko‘rinib qolmasin. Agar bu rejim haqiqatda odamlar va ularning sog‘ligiga haris bo‘lganida, virusdan oldin, virus tarqalgan payti va undan keyin ham odamlarni nazorat qilgan bo‘lar edi. Agar u masjidlarni yopish haromligi haqida Qur’onda kelgan narsalarga e’tibor berganida, sayoz fikrlamagan bo‘lar edi. Shuningdek, namozxonlarni kasallik etishidan himoya qiladigan choralarni ko‘rgan bo‘lar edi. Masalan, namozxonlarni safda bir-biridan uzoqroq turishni ta’minlash, namozxonlarga niqob tarqatish, jum’a xutbasini qisqartirish hamda keksa yoshdagi va kasal kishilarni qisqa vaqt masjiddan cheklab turish kabi ishlar shular jumlasidandir.

Darhaqiqat, masjidlar Allohning uyidir, kim shifo topishni xohlasa, Alloh Taolodan so‘rasin. Chunki Alloh shifo beruvchi Zotdir. Aslida, Allohning uyi bo‘lmish masjidlarda o‘tirib, Allohdan ushbu baloni bizdan ko‘tarishini so‘rab duo qilishimiz lozim. Ammo masjidlarni bir kun bo‘lsada yopib qo‘yish avvalgi xatolarimizga qo‘shimcha xatodir. Chunki Alloh Taolo o‘sha xatolarimiz tufayli bizga shu kabi balolarni yuborgan. Biz Allohga yaqin bo‘lishimiz va u zotga tavba qilishimiz lozim. Bizni Allohga yaqinlashtiradigan eng yaxshi ish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo etish uchun harakat qilishdir. Chunki Xalifalik Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadi. Shunda Alloh bizdan rozi bo‘ladi va barcha balolarni ko‘taradi.

ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُمْ بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُون

«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir» [Rum 41]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.