Rosululloh ﷺ qachon fuqarolik davlatini barpo qilganlar?!

449
0

Rosululloh ﷺ qachon fuqarolik davlatini barpo qilganlar?!

«Zamonaviy Yaman davlatining milliy ko‘z-qarashi» ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘lib tayinlangan Mahmud Junayd fuqarolik davlati atamasi haqida ochiq gapirdi. 2019 yil 19 noyabr seshanba kuni transport vaziri Zakariyo Shomiy, regional idora vaziri Ali Qaysiy va madaniy xizmatlar vaziri Idris Sharjabiylar bilan bo‘lgan uchrashuvda shunday dedi: «Oliy siyosiy kengash raisi ko‘rsatmalarini bajarish uchun tashkilotlar tomonidan tez javob berilishi korruptsiyaga qarshi kurash, shaffoflikni oshirish hamda korruptsiya va korruptsionerlardan xoli davlat barpo etishga harakat qilishda o‘z aksini topadi». Ushbu bayonotni Yamanda chiqadigan qo‘zg‘olon gazetasi 2019 yil 20 noyabr, chorshanba kuni chop etdi.

Husiylar o‘z tarafdorlarini «qur’oniy boshqaruv Islom bilan hukm yuritadigan davlatdagina bo‘ladi», deb charchatishdi. Shuningdek, to‘la bir yil davomida zamonaviy davlat degan istilohni ishlatishdi. Fuqarolik davlati atamasini esa, 2019 yil 29 yanvarda Yaman kelajagi haqidagi qarash loyihasi ishlab chiqilib, 2019 yil 26 martda siyosiy kengash tasdiqlagunicha yashirishdi. Shundan keyin turli axborot vositalarida tarqata boshlashdi, lekin bunda zamonaviy davlat atamasini ishlatishni afzal deb topishdi. Vanihoyat, rasmiy mas’ul Husiylarning fuqarolik davlatini barpo qilish to‘g‘risidagi niyatlarini birinchi marta ochiq aytdi.

Fuqarolik davlati boshqaruv borasidagi G‘arb istilohi bo‘lib, chiqaradigan hukmlari, shariati va qonunlarida dinga aloqasi bo‘lmagan davlatga aytiladi. Bu davlatda din shaxslarga havola etiladi, xohlasa qabul qiladi, xohlamasa zarari yo‘q. Oliy siyosiy kengash qabul qilgan qarash bilan tanishib chiqqan odam buni ochiq his qiladi. Yaman aholisi quyidagicha savol yo‘llashga haqli: Mavlidi yaqinda nishonlangan Rosululloh ﷺ Madinaga kelgan paytda ikkinchi Aqaba bay’atida ansorlar bergan yordamlari evaziga fuqarolik davlatini barpo qilganmi? Yoki Islom bilan hukm yuritadigan davlatni barpo qilganmi?

Bu sizlar uchun hech narsani anglatmaydimi? Yoki sizlar gunohni his qilmaydigan bo‘lib qolganmisiz? Yamanda fuqarolik davlatini barpo qilish rejasi robiul-avval oyida fosh bo‘lib qolsaya. Axir Rosululloh ﷺning mavlidini nishonlaganingizga atigi bir necha kunlar o‘tdiku, nahotki u kishiga xilof ish tutsangiz? Rosululloh ﷺ sizlarga oxirgi zamonda fuqarolik davlatini barpo qilishni vasiyat qilganmi? Albatta sizlar va sizlardan oldin Yamanni boshqarganlar yomonlik va Allohning shariatini cheklashda bir-biringiz bilan musobaqalashmoqdasiz.

Quyidagi oyati karimalarda Islom bilan hukm yuritish borasida ochiq buyruq kelgan. Alloh Taolo aytadi:

وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ

«Ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling» [Moida 49]

فَاحْكُم بَيْنَهُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنَ الْحَقِّ

«Bas, odamlar o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va Sizga kelgan Haqdan yuz o‘girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!» [Moida 48]

فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

«(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna-kulfat etib qolishdan yoki alamli azob etib qolishidan hazir bo‘lsinlar!»        [Nur 64]

Rosululloh ﷺ bizni fuqarolik davlatini olishdan qaytarganlar. U kishi aytadilar:

«لَتَتَّبِعُنَّ سُنَنَ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ شِبْرًا بِشِبْرٍ وَذِرَاعًا بِذِرَاعٍ حَتَّى لَوْ دَخَلُوا جُحْرَ ضَبٍّ لَدَخَلْتُمُوهُ. قالوا: اليهود والنصارى؟ قال: فَمَنْ؟»

«Sizlar oldingi o‘tganlarning shariatiga qarichma-qarich va ziroma-ziro ergashasizlar. Hatto ular kaltakesakning iniga kirsa, sizlar ham kirasizlar, Ular yahudiy va nasroniylarmi? – deb so‘rashgan edi, U kishi: Boshqa kim ham bo‘lishi mumkin, deb javob berdilar.

Fuqarolik davlati ilmoniy davlat bo‘lib, unda hokimiyat Allohniki bo‘lmaydi va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilmaydi. Unda Islomdan hech narsa yo‘q. Shuning uchun uni olish, tatbiq qilish, unga chaqirish, uni talab qilish va yordam berish haromdir. Islomdagi boshqaruv nizomi Xalifalikdir, u birinchi jahon urushi tugaganidan beri mavjud emas. Shuning uchun Yaman ahli Xalifalikni tiklash hamda G‘arb imon va hikmat yurti bo‘lmish Yamanda bozorini chaqqon qilayotgan fuqarolik davlatiga chek qo‘yish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda faoliyat qilishi lozimdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.