Qirg‘iziston “Tsenterra”dan 2,2 million dollar dividend oladi
“Centerra Gold” kompaniyasi aktsiyadorlariga dividend sifatida 11,75 million Kanada dollari ($8.2 mln. AQSh dollar) to‘lashini e’lon qildi. Kompaniyaning 26 foiz aktsiyasiga egalik qiluvchi qirg‘iz hukumati 2,2 million dollar dividend olishi kerak. Bu to‘g‘risidagi xabar “Qirg‘izoltin” davlat korxanasi saytida chop etildi.
2019-yil 30-noyabrda bosh vazir Muhammedkaliy Abilgaziev “Centerra Gold” kompaniyasi prezidenti Skott Perri bilan uchrashib, yana bir bor “Qirg‘izoltin” kompaniyasiga dividendlarni majburiy ravishda to‘lash masalasini ko‘targan edi.
Xabar qilinishicha, Qumtor konidan oltin qazib olayotgan “Tsenterra Gold” kompaniyasi aktsiyadori bo‘lgan Qirg‘iziston tushgan foydadan uch yilga yaqin vaqtdan buyon dividend ololmay kelgan. Kanada kompaniyasi kon bo‘yicha yangi shartnoma kuchga kirmayotganini sabab qilib, dividend to‘lashni to‘xtatib qo‘ygandi.
Izoh: Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarim yilligida “Qumtor” oltin konidan 9,37 tonna oltin qazib olingan. Bugungi kunda jahon bozorida 1 untsiya oltinning narxi (1 untsiya – 31,1034768 gramm) 1626,9 dollarni tashkil etmoqda. Bir tonna oltin – 35273,9 untsiyadan iborat. Agar bir tonna oltin untsiya hisobida sotiladigan bo‘lsa 57 387 197,91 dollar bo‘ladi. Endi buni yarim yilda qazib olingan 9 tonnadan ziyod yoki bir yilda qazib olinadigan salkam 20 tonna oltinga ko‘paytiriladigan bo‘lsa qirg‘iz hukumati Ummatning haqqi bo‘lgan umumiy mulkini qanchalik arzonga berib yuborayotgani va buning evaziga arzimas sariq chaqani dividend va soliq ko‘rinishida olayotgani ma’lum bo‘ladi. Qirg‘iz hukumati arzima bo‘lsa ham olayotgan sariq chaqalari evaziga esa Issiqko‘l viloyatidagi “Sari-Chati – Eer-Tash” davlat qo‘riqxonasiga kiritilgan 16 ming gektar erni kon qazish ishlarini olib borish uchun “Qumtor”ga qaytarib berdi.
2019-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, “Qumtor” konidagi oltin zahirasi 140 tonnagacha deb tahmin qilinmoqda. Shu vaqtga qadar 345 tonna sof oltin tashib ketildi. Qazish ishlari boshlangan yillari hududda 716 tonna oltin, 388 tonna kumush, 54 885 tonna volьfram zahirasi borligi aniqlangan. Biroq, bitim faqat oltin uchun tuzilib, qolgan minerallar bepul tashib ketilmoqda. Qumtor koni ishlay boshlagandan beri faqat chet ellik kompaniya foyda ko‘rib kemoqda. Undan qolgan yuqlarini bo‘lsa vositachi bo‘lgan mahalliy amaldorlar bo‘lishib olishmoqda. Oddiy xalqqa bo‘lsa mamlakat “Tsenterra”ni eng yirik soliq to‘lovchi kompaniya sifatida ko‘rsatib ko‘zbo‘yamachilik qilmoqda. Bundan farqli o‘laroq, shu vaqtga qadar xalqning qo‘liga mazkur oltin konidan hech qanday ulush tegmadi.
Hatto, bugungi kunda olamiy vahimaga aylantirilgan va Qirg‘iziston xalqi boshiga ham musibat bo‘lib kelgan koronavirus pandemiyasi sharoitida ham Ummat mulki bo‘lgan “Qumtor” oltin xalqqa asqotmadi. Rasmiy hukumat XVFdan 121 million dollar qarz olish orqali xalq zimmasidagi ulkan qarz ustiga yana qarz yuklamoqda. Agar qirg‘iz hukumati oltin konini mutamlakachi davlatga qo‘shqo‘llab topshirib qo‘ymay o‘z xalqi kuchi bilan qo‘lda qazib olib foydalanganida ham bundan ko‘proq foyda ko‘rgan va og‘ir vaziyatda qarz olmay xalq ehtiyoji uchun ishlatgan bo‘lar edi.
Abdurahmon Odilov