Mirzakmatovni o’zining avvalgi ish o’rnida kutishmoqda

515
0

загруженное

2 noyabr kuni parlamentning sobiq spikeri Axmatbek Keldibekov tarafdorlari uni hibsga olinishiga norozilik bildirib namoyish o’tkazishgan va u erda Mirzakmatov to’plangan oldida nutq so’zlab, o’z so’zida “Keldibekovning qamalishi korruptsiyaga qarshi kurash emas. “Qirg’izgaz”ni parlamentdagi 65 deputat bir dollar evaziga Rossiyaga sotdi. Korruptsiya deb mana shuni aytadilar. “Qumtor” oltin konini milliylashtirilishiga, uni xalq foydasiga ishlashiga to’sqinlik qilishmoqda. Mana shu korruptsiya. Hukumatga qarshi gapirganlarni , hukumatni tanqid qilganlarni qamash esa korruptsiyaga qarshi kurash emas”, – degan va yana “Keldibekov qamoqqa olinganidan keyin Atambaev mansub bo’lgan KSDP etakchisi Chinibay Tursunbekov ham qo’lga olinsa, korruptsiyaga qarshi kurash haqiqatan ham xolis olib borilayotganiga ishonar edik”, -degan edi.

Shundan so’ng Bosh vazir Jontoro Satbaldiev Melis Mirzakmatov bilan telefon orqali so’zlashib, uni qonun doirasidan chiqmaslikka chaqirgan edi. Bu suhbatdan so’ng 5 dekabr kuni bir kunlik ish safar bilan Bishkekka yo’l olgan Mirzakmatov o’zining ishdan olinganini matbuot orqali bilganini va bu haqida xozircha hech qanday rasmiy xabar qo’liga kelib tushmaganini ma’lum qilgan, Bosh vazirning matbuot kotibi Melis Erjigitov esa, bu haqidagi qaror 5 dekabr kuni ertalab Bosh vazir tomonidan imzolanganini xabar qilgan edi.

Mirzakamatovni ishdan bo’shatilgani haqidagi xabar Oshda uning tarafdorlarini namoyish o’tkazishlariga sabab bo’lgan va yig’ilganlar oldiga chiqqan Osh shahar meri vazifasini bajaruvchi Alimjon Baygazakov, ular bilan Melis Mirzakmatov Bishkekdan qaytib kelgan kuni uchrashishini ma’lum qilgandi.

7 dekabr kuni o’z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida Melis Mirzakmatov, bo’lajak saylovda ishtirok etishini va g’olib chiqib yana qayta Osh meri bo’lishligini va’da qildi. U o’z tarafdorlarini qonun va tartibga rioya qilishlikka chaqirdi. Shuningdek, u o’zining Qirg’iziston va xalqining vatanparvari ekanligini, ammo shu bilan birga qonunlarga rioya qilishga majbur bo’lgan fuqaro ham ekanligini, ta’kidlab o’tdi.

Sobiq mer o’z istefosi to’g’risida hukumat chiqargan qarorga rozi ekanligini va uni qabul qilishini aytdi. U “qirg’iz xalqi uchun saylovlarda ishtirok etishi va yana mer bo’lishligini, chunki xalq uni qo’llab-quvvatlashini” belgilab o’tdi.

O’z tarafdorlari oldida qilgan chiqishidan so’ng Melis Mirzakmatov jurnalistlar bilan uchrashdi.

Uning so’zlariga ko’ra, “Uluttar birimdigi” partiyasi bo’lib o’tadigan saylovlarga qonun doirasida tayyorgarlik ko’radi.

U jurnalistlarni o’zini ishdan olinishi kutilmagan bo’ldimi degan savoliga “Men bo’shatishlarini kutgan edim, ammo bu zarba baribir kutilmagan bo’ldi”, – deb javob berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, Osh shahar merligi uchun saylovlar 15 kundan so’ng bo’lib o’tadi.

Melis Mirzakmatovni rasmiy hukumatni bunday keskin tanqid qilishi va shundan so’ng hech ikkilanmay Bishkekka yo’l olishi u va hukumat o’rtasida kelishuv bo’lganligidan darak bermoqda.

Chunki, agar u o’z xavfsizligi kafolatlangan bo’lmaganida Bishkekka bormagan hamda o’zini asosiy tayanch nuqtasi bo’lgan Oshdan chiqmagan bo’lar edi.

Bundan tashqari Oshda shahar merligi uchun bo’ladigan saylovlarda unga raqib bo’lishi mumkin bo’lgan shaxsni o’zi yo’q. Shahar meri vazifasini bajarayotgan Alimjon Baygazakov esa Melisni ruxsatisiz hech qanday ishni qilaolmaydi. “Vesti.KG” tarqatgan xabarga ko’ra, Mirzakmatovni o’z ish o’rnida kutishmoqda. U o’z o’rnini xozircha yangi mer vazifasini bajaruvchi Baygazakov bo’shatib bergani yo’q.

Toki Baygazakov mer vazifasini bajarar ekan, bu Melis shaharni boshqarayotganini va o’z o’rnini boshqaga berish niyati yo’qligini bildiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.