Kimyoviy qurollar AQSh kemalariga yuklanadi

367
0

0,1

Suriyadagi kimyoviy qurollar Lotakya portidan boshqa bir davlatga, u davlatdan esa yo’q qilish uchun tayyor turgan AQSh kemalariga yuklanadi. Bu haqida Suriyaning kimyoviy qurollarini yo’q qilish missiyasining xos koordinatori Sigrid Kaag BMT xavfsizlik kengashida ma’lum qildi.

Yig’ilish ortidan jurnalistlarga intervyu bergan Kaag Suriyaning kimyoviy qurollarini yo’q qilish uchinchi bosqich hisoblangan “Kimyoviy zaxiralarni o’lka tashkarisiga olib chiqish” bosqichiga o’tganligini bildirdi.

Sigrid Kaagning aytishicha, kimyoviy zaxiralar Suriyalik olimlar tarafidan yashiklarga joylanib muhrlangandan so’ngra port shahar Latakyaga olib borilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Kaag bu zaxiralar Lotakya portidan BMTga a’zo ba’zi davlatlar tarafidan ajratilgan tijoriy kemalarga yuklanib boshqa portga olib borilishi va u erdan kimyoviy zaxiralarni yo’q qiladigan AQSh kemalariga etkazib berilishini bildirdi.

Biroq Sigrid Kaag kimyoviy zaxiralarni qabul qilib oladigan kemalar qaysi davlatlar tarafidan ajratilganligi va u kemalar yukni qaysi davlatning portiga etkazib borishi hamda AQSh kemalariga yuklangan kimyoviy zaxiralar qaerda yo’q qilinishi haqida ma’lumot bermadi.

“Hamma narsadan muhimi Suriyadagi vaziyatning xavfsizligi”, dedi Kaag.

Latakya porti Suriya hukumati tarafidan belgilanganini tilga olib o’tgan Kaag kimyoviy zaxiralar u erga xavfsiz shaklda olib borilishiga Suriya hukumatining o’zi mas’ul bo’lganligini aytib o’tdi.

BMT xavfsizlik kengashining qaroriga ko’ra, kimyoviy zaxiralar joriy yilning oxirigacha Suriyadan olib chiqilishi va kelgusi yilning o’rtasigacha Suriyada qolgan butun kimyoviy qurol tizimlari va zaxralari yo’q qilinishi lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.