Frantsiyaning BMTdagi doimiy vakili Jerar Aroga ko’ra, Parijning Maliga nisbatan harakatlari Kengashning qolgan 14 a’zosi tarafidan ma’qullandi. Bu haqda dushanba kuni BMT XK yig’ini chog’ida bayon qilindi.
Bu orada Aro Xavfsizlik Kengashidan 2012 yil dekabr oyida qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan Maliga jo’natilishi kerak bo’lgan Afrika davlatlari qo’shinini imkoni boricha tezroq safarbar qilishini so’randi. Afrika mamlakatlarini o’z qo’shinlarini tezlik ravishda Maliga joylashtirishlariga BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham chaqirdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, amerikalik mutahassilar terrorchilarga qarshi kurashish uslublarini, merganchilikni, pistirmalar qo’llashlikni o’rgatgan Mali qo’shini askarlari qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketmoqda.