AQSh davlat kotibi Jon Kerri “Musulmon birodarlar” jamoasini Misr inqilobini o’g’irlashlikda aybladi. “Misr yoshlari 2011 yilda inqilob qilishgan edi, ammo “Musulmon birodarlar” jamoasi buni o’g’irlab ketdi”, dedi u.
AQSh tashqi ishlar vazirligida uyushtirilgan tashqi xavfsizlik kengashi majlisida so’zga chiqqan Jon Kerri Misr haqida so’z yuritib, yuqoridagi fikrni olg’a surdi. U o’z nutqida “Musulmon birodarlar” jamoasini tanqid qilib, fursatdan foydalanib qolganlikda aybladi.
Kerrining da’vo qilishicha, Husni Muborakka qarshi ayoqqa turgan yoshlar hech bir din yoki ideologiyani muhofaza qilib chiqqan emas.
“Tahrir maydonidagi yoshlar hech bir din yoki ideologiyani muhofaza qilib chiqmagan edi. Ular o’qish va ishlash hamda kelajakni qo’lga olish uchun harakatga kelishgan edi”, dedi u. “Ammo bu inqilob mamlakatdagi eng katta jamoat tarafidan o’g’irlandi”, deya qo’shim qildi Jon Kerri “Musulmon birodarlar” jamoasiga ishora qilib.
AQSh davlat kotibining e’tibor qilishicha, Misr armiyasi davlat to’ntarishi orqali mamlakatga demokratiyani qaytarishga harakat qilmoqda.
Kerri o’tgan haftalardagi Qohiraga qilgan ziyorati chog’ida harbiy to’ntaruvdan keyingi boshqaruvni “demokratiyaga mos qadam tashlayotgani” uchun olqishlab, sobiq prezident Muhammad Mursiyning sudga tortilishi haqida hech narsa demagan edi.