Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro

464
0

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro

 Qirg‘iz-tojik davlat chegarasining Botken viloyatidagi uchastkasida 18 dekabrda sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Qirg‘izistonning 6 va Tojikistonning 3 fuqarosi tan jarohati oldi.

 Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston xuquq-tartibot idoralari, viloyat ma’muriyatlari rahbarlari va chegara idoralari vkillari ishtirokida muzokaralar ketayotgan bir vaqtda “tojik tomonidan noma’lum shaxslar Qirg‘iziston fuqarolariga qarata tosh ota boshlagan, bunga javoban qirg‘iz tomonidan tosh otilishi oqibatida Tojikiston fuqarolariga tegishli ikkita avtomashinaning old oynasi singan”.

 Chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 20 daqiqadan keyin tojik tomonidan o‘q otilgan va buning oqibatida Qirg‘iziston IIV ichki qo‘shinlarining harbiy xizmatchisi jarohat olgan.

Muzokoralar to‘xtatildi, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga DChX raisining birinchi o‘rinbosari Abdikarim Alimbaev jo‘nab ketdi.

Tojikiston rasmiylari hodisa yuzasidan o‘zlarining versiyasini hozircha bildirmadi.

 Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil boshidan beri Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 10 dan ortiq mojaro yuz berdi, shundan to‘rtta hodisada odamlar halok bo‘ldi. 16 sentyabrь kuni yuz bergan so‘nggi hodisada to‘rt kishi vafot etdi. Xukumat rahbarlari darajasidagi muzokoralar yakunlari bo‘yicha chegara muammolarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga kelishib olindi. Rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralarning 405 kilometri hozircha belgilanmagan.

 Izoh: Mustamlakachi kofirlar tomonidan tiqishtirilayotgan kufr saqofati biz musulmonlarga shunchalik ta’sir qildiki, natijada bizning dunyo qarashimiz, o‘lchov miqiyoslarimiz va hatto aql-zakovat va tuyg‘ularimiz ham ularning izmiga tushib qoldi. Musulmonlar uchun o‘z ota-onasidan ham qadrli va yaqin bo‘lgan payg‘ambarimiz masxara qilinsa jim turadigan, boshqa yurtdagi musulmonlar quvg‘in qilinsa, millionlab qamoqqa tashlansa sukut saqlaydigan, islomiy yurtlarda musulmonlar kufr bombalari ostida qirg‘in qilinsa ko‘rmaganga oladigan, kofir mustamlakachilarning o‘zaro nufuz talashishi natijasida millionlab musulmonlar, ayollar va go‘daklar ochlik iskanjasiga tashlanib, bir burda nonga zor bo‘lib turishsa e’tibor bermaydigan holga tushib qoldik. Ammo ayni shu musmatlakachilar chizib bergan sun’iy chegaralar, ular belgilab bergan “vatan”ning bir qarich eri uchun bir-birimizga qarshi qurol o‘qtaladigan, bir-birimizni o‘ldirishga tayyor bo‘lgan holatga etib keldik.

Holbuki, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: 

إِذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ

“Ikki musulmon bir-biriga qilich ko‘tarsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxdadir”, deganlar.  (Buxoriy rivoyati).

 Ammo biz ayni chegaralar mustamlakachi kofirlar tomonidan musulmonlarni bo‘lib tashlash, shu chegaralarda mojarolar qo‘zg‘ash orqali bir Ummat, ikki qardosh xalq vakillari o‘rtasida jarlik paydo qilish va hukumatlarga bosim o‘tkazish quroli sifatida foydalanayotgani haqida o‘ylab ham ko‘rmadik. Bizning va kufr tomonidan ustimizga o‘rnatib qo‘yilgan malay hokimlarning dardi ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni tezroq aniqlash va mustahkamlashdan iborat bo‘ldi xolos. 

 Aslida chegara muammolar uni kuchaytirish yoki ikki davlat o‘rtasidagi baxsli hududlarni xal etish bilan echilib qolmaydi. Balki mustamlakachi davlatlar o‘zlariga malay bo‘lgan hokimlar orqali musulmonlar zehniga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik fikrlarni uloqtirib tashlab, yana qayta o‘z dinlari Islomga qaytishlari, Allohning hukmlarini o‘z hayotlariga tatbiq etishlari bilangina xal bo‘ladi. Ana shunda o‘rtalarimizga tortilgan sun’iy chegaralar yo‘q bo‘lib, bizlar yana qayta payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bayroqlari ostida birlashishimiz mumkin bo‘ladi, insha Alloh.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.