Guruhbozlikni tugatish hamda yagona ongli va xolis etakchilik ostida birlashish Shom ahlining eng muhim vazifasidir

434
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Guruhbozlikni tugatish hamda yagona ongli va xolis etakchilik ostida birlashish Shom ahlining eng muhim vazifasidir

Hizb ut-Tahrirning Suriya viloyatidagi matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob qalamiga mansub

Yakshanba kuni tongda « dushman Mushayrifadadir (Idlibdagi qishloq)» degan so‘zni eshitdim. Bu so‘z vaqti-vaqti bilan biz eshitib kelayotgan so‘zlarning biridir.

Guruhbozlik to‘liq falajlikka olib boradigan xatarli kasallikka aylandi. U – inson jismiga o‘rnashib, muqarrar o‘limga olib borgunga qadar kuchayib boraveradigan saraton o‘smasiga o‘xshaydi.

Ushbu kasallik guruhlarning o‘zini, qarorini, taqdirini va qo‘zg‘olon taqdirini o‘zlarini «qo‘llab quvvatlovchi» deb atagan davlatlarga bog‘lashida namoyon bo‘ladi. Hatto bu guruhlar ushbu davlatlardan yo‘llanma olmasdan biror ish qila olmaydigan bo‘lib qolishdi. Chunki, ular o‘zining mustaqil qarori va erkini yo‘qotib, tom ma’noda qulga aylanishdi. Negaki, ularga ushbu davlatlar sulh va muzokara kabi harom ishlarni halol qilib berishdi… frontlarni ochish va ularni bitta markazga bo‘ysundirish kabi vojib ishlarni harom qilishdi… Adiy ibn Hotam roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda u aytadi: Men Rosululloh ning oldilariga keldim va mening bo‘ynimda oltindan yasalgan xoch bor edi. Shunda Rosululloh  menga:

«يَا عُدَيُّ اطْرَحْ هَذَا الْوَثَنَ مِنْ عُنُقِكَ»

«Ey Adiy, bo‘yningdagi bu butni tashla» dedilar. Men uni olib tashlab u zotning oldilariga kelganimda

اتَّخَذُوا أَحْبارَهُمْ وَرُهْبانَهُمْ أَرْباباً مِنْ دُونِ اللَّهِ

«Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar» [Tavba 31]

degan oyatni o‘qidilar. U zot oyatni o‘qib bo‘lgach: biz ularga ibodat qilmaymiz, deb aytdim. Shunda Rosululloh :

«أَلَيْسَ يُحَرِّمُونَ مَا أَحَلَّ اللَّهُ فَتُحَرِّمُونَهُ، وَيَحِلُّونَ مَا حَرَّمَ اللَّهُ فَتَسْتَحِلُّونَهُ؟ قال: فقلت: بَلَى، قَالَ: فَتِلْكَ عِبَادَتُهُمْ»

«Ular Alloh halol qilgan narsani harom qilib berishsa, ular ham uni harom deb bilisharmidi, Alloh harom qilgan narsani halol qilib berishsa, ular ham uni halol deb hisoblasharmidi? – dedilar. Men: Ha, dedim. Rosululloh : Mana shu ularning ibodat qilganliklari», dedilar. Abdulloh ibn Muborak aytadi: Dinni faqat podshohlar, yomon donishmand va rohiblar buzishdi.

Guruhlar hissiyotining susayishi ham ushbu kasallik belgilaridandir. Chunki, guruhlar Shom ahlining qiyinchiliklarini his qilmaydigan bo‘lib qolishdi. Aksincha, guruhlar ularning mashaqqatiga mashaqqat, alamiga alam qo‘shishmoqda. Deyarli har kuni davom etib kelayotgan qirg‘inlarda ular hech narsa qilishmayapti. Qoh qirg‘ini sodir bo‘ldi va unda o‘nlab qochqinlar, asosan bolalar qurbon bo‘ldi. Kafr Nabl va uning atrofidagi qishloqlar vayron etildi. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Kabina mintaqasiga Shom tog‘uti deyarli har kuni bir necha bor hujum qilmoqda. Bundan tashqari bu mintaqaga qarshi havo hujumlari ham sodir etildi, buning oqibatida Xon Shayxun va uning atrofidagi mintaqalar quladi. O‘zining mavhum g‘alabasi bilan gerdaygan Shom tog‘uti shahidlarning pokiza qoni bilan sug‘orilgan zaminni qonga botirdi. Shom tog‘utining Idlib muhofazasi janubi-sharqidagi Mushayrifa qishlog‘i atrofidagi mintaqalardan yanada ko‘prog‘ini qo‘lga kiritishga urinishi bunday urinishlarning oxirgisi emas. Bundan tashqari, koalitsiya kuchlari ham Tahriri Shom hay’atining xavfsizlik zonalariga havo hujumlarini amalga oshirdi va bu hujumlar bir necha soat davom etdi. Koalitsiya kuchlari hujum paytida Davlat tashkilotining rahbari va uning hamrohlari yo‘q qilinganini da’vo qildi. Bu ishlar ro‘y bergan paytda guruhlar – go‘yo bular boshqa sayyorada ro‘y bergandek – hech narsa qilishmadi. Negaki, ular siyosiy maqsadda berilgan iflos pullarga mast bo‘lib qolishdi.

Bu maqola ushbu kasallik haqida yozilgan maqolalarning birinchisi ham, oxirgisi ham emas. Zero, bu kasallikning belgilari hamon ko‘zga tashlanmoqda va qo‘zg‘olon jismini hali ham kemirmoqda.

Yaqin o‘tmishda bir necha bor ushbu xatarli kasallikni davolash chaqiriqlari yangragan edi. Biroq – ba’zi kishilarning ushbu kasallik xatarini idrok eta olmaganidanmi yoki kasallikka noto‘g‘ri tashxis qo‘yilganidanmi – bu chaqiriqlar o‘z tinglovchisini topmadi va lozim darajada harakatni keltirib chiqarmadi. Yillar o‘tib, guruhlar falajga uchradi va undan a’zolar (mintaqalar) yulib olindi. Qolgan ozod etilgan mintaqalarni ham tugatish va klinik o‘limga uchragan qo‘zg‘olonni batamom yo‘q qilish urinishlari tez sur’at bilan davom etmoqda. Vaziyat shunday ekan, uni o‘nglashga tez harakat qilish va kasallikni bartaraf qilish lozim. Zero, biz bitta kemadamiz va kelayotgan balo ham umumiydir.

Guruhlarning qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar tomoniga o‘tib olishi natijasida shu ishlar ro‘y berayotgan ekan, bularga sababchi bo‘layotgan guruhbozlikni tugatish hamda yagona bayroq ostida, shuningdek tashqi kuchlarga bog‘lanmagan yagona xolis etakchilik ostida birlashish lozimdir. Zero, shu etakchilik ish tizginini qo‘lga olish bilan barcha mashaqqatlarga yakun yasaydi.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.