بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Livanda avj olayotgan irqchilik… vayronagarchilikdan darak bermoqda!
Livan mehnat vazirligi Livan qurolli kuchlar vaziri Kamil Abu Sulaymon rahbarligida Livanda istiqomat qilayotgan falastinliklarni ishlash uchun ruxsatnoma olishga majburlash va ularga ajnabiylardek munosabatda boʻlish toʻgʻrisida buyruq berdi. Bu esa, Livandagi Falastinliklarni oʻz huquqlarini himoya qilish uchun namoyishga chiqishga undadi. Jabron Basil vazirning bu qadamini qoʻllab-quvvatladi. Ikki guruh oʻrtasida kuchli siyosiy kelishmovchilik boʻlsada, biroq jirkanch irqchilik ularni birlashtirdi… Biz shu oʻrinda quyidagilarni aytamiz:
Birinchidan: Irqchilik Livanda, xususan Livan nasroniylari orasida jiddiy kasallikka aylanib qoldi. Ularning yoʻnalishlari turli boʻlishi, ishchi, yoki harbiy, yoki guruh, yoki arman boʻlishining farqi yoʻq… Chunki Livandagi suriyalik va falastinliklarga qarshi irqchilik chaqiriqlarini tez-tez eshitadigan boʻlib qoldik. Biz gʻavgʻo koʻtaruvchi irqchilar tomonidan salibchilik urushi va sayyidimiz Muhammad ﷺ obroʻsiga tajovuz qilish haqidagi tahdidlarni eshityapmiz. Lekin hukumat sukut qilmoqda va Paygʻambarlik obroʻsidan ancha past obroʻlarga tajovuz qilganlarga qarshi koʻrgan chorani ham koʻrmayapti.
Ikkinchidan: Livandagi Falastinliklar begona emas, balki ular shu yurt tub aholisining bir qismidir. Ular 71 yildan beri shu yerda yashab, ogʻir va yengil kunlarda Livan xalqi bilan birga yashashdi… Hujjatlarda kelishicha ular 1948 yil Livanga ulkan boylik bilan kelishgan hamda Livanning madaniy jihatini rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan… Livanliklar bilan ular oʻrtasida quda andachilik va qarindoshlik aloqalari mavjud hamda ular koʻp yillardan beri birga yashashmoqda. Agar bu yurt oʻzini hurmat qilsa, ularni ajratmasligi lozim, chunki ular shu yurt farzandlariga aylanganlar. Maʼlumki, Livandagi oliy oʻquv yurtlari shahodatnomasiga ega kishilarning katta qismini Falastinliklar tashkil qiladi. Ularning maktablarda erishgan yutuqlari ham yuqori darajadadir.
Uchinchidan: Livan hukumati xirgoyi qilayotgan xalqaro qonunlar ham bu hukumatdan muomala, taʼlim, yordam, mehnat, kafolat, kompensatsiya, mulk egaligi va boshqa barcha inson huquqlari sohasida falastinliklarga yaxshi munosabatda boʻlishni talab qiladi. Bu narsa yaqinda koʻchib kelgan muhojirlar haqida. Endi, bir necha oʻn yilliklar oldin kelgan, davlat tomonidan viza berilgan va davlat roʻyxatidan oʻtgan kishilar haqida aytmasa ham boʻladi… Shu kabi kishilarga begonalardek muomala qilinadimi?! Axir bu shaxs ajratish emasmi?
Toʻrtinchidan: Biz huquqlarni talab qilishdagi bu kabi tinchlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz. Lekin namoyishchilarga aytamizki: Sizlar Sayks-Piko bayroqlari, Falastin bayrogʻi, Livan bayrogʻi va boshqa bayroqlarni koʻtarishdan ogoh boʻling. Livan va Falastin hukumatlari sizlarni aynan shu bayroqlar ostida ushlab turmoqchi. Chunki ishni ushbu bayroqlar va vatanparvarlik bilan oʻlchash har bir tarafga bahona yaratadi. Natijada livanlik, falastinlik, suriyalik kabi irqchilik paydo boʻladi, bu esa birlashish emas boʻlinish demakdir… Siz bilan Livan ahlini birlashtiruvchi narsa ushbu buyuk din va uning bayrogʻidir. Chunki muhojir va ansorlarni birlashtirgan narsa Islom birodarligi boʻlgan edi. Islom birodarligi bugun ham sizlarni birlashtirish va ushbu birlikni muhofaza qilishga qodirdir.
Beshinchidan: Qochqinlar lagerida yashovchi aholi qoʻshni savdogarlarni boykot qilishdi. Biz bu ish musulmonlar oʻrtasidagi janjalga aylanib ketmasligi zarur deb bilamiz. Bu kabi ishlar sodir boʻlmasligi lozim. Chunki aslida haqiqat shuki, sizlar Allohning bir biriga birodar bandalarisizlar. Bundan tashqari Livan xalqiga aytamizki: Falastinlik birodarlaringizga sabr qiling, chunki sizlar ularning ahvolini yaxshi bilasizlar. Ular bir necha yillardan beri lagerda qamalda yashayotgani uchun qiynalishgan. Ular bilan birodar boʻling hamda din, nasab va yaqinlik aloqalarini toʻxtatmang. Shuningdek ularga va sizlarga davlat tomonidan boʻlayotgan jabru zulmdan ularni ozod qilish uchun harakat qiling. Ularning sharʼiy va qonuniy huquqlariga yetishlarida yordam bering.
Oltinchidan: Ey Livandagi Falastinliklar kecha sizlarni ishlatgan, Suriyada falastinliklarni ishlatgan va qotilliklarga sabab boʻlgan kimsalar bugun sizlar bilan birgamiz deb daʼvo qilishlariga aldanib qolmang… Ularga qarshi fursatni gʻanimat biling. Bundan tashqari sizlarni tamsil etyapmiz va isloh qilyapmiz deb daʼvo qilayotgan kishilar bilan sizlarga rahbarlik qilyapmiz deb, yoki ushbu rahbarlikka muxolifatmiz deb daʼvo qilayotganlar oʻrtasida zoye boʻlishdan ehtiyot boʻling. Chunki sizlar ularning qoʻlida urush oʻtinlari boʻlasizlar, shunday ekan ehtiyot boʻling.
Yettinchidan: Ey Livanning musulmon ahli, Livandagi falastinliklar sizlarning haqiqiy tayanchingizdir. Ushbu tayanchni sindirishda irqchilikning muvaffaqiyatga erishishiga yoʻl qoʻymang. Chunki irqchilikning maqsadlari barchaga maʼlum, u ushbu yurt ustidan hukmronlik qilishni va uni islomiy muhiti va asosidan ajratishni xohlaydi. Falastin ahli sizning oʻqdoningizdagi oʻqdir, ularning huquqlari borasida sukut saqlash hamda ularni irqchilik jangiga tashlab qoʻyish orqali ularga ziyon yetkazmang.
Sakkizinchi: Musulmon siyosatchilarga aytamizki, irqchilar oʻzlari eʼtiqod qiladigan va koʻtarib yurgan fikrlarini ifodalab berdilar. Ularning ayrimlari aytdiki: (Biz bilan yahudiylar oʻrtasida “ideologik” muammo yoʻq). Yana ayrimlari aytadiki: (Bu yurt bizniki, yaqinda biz uni sizlardan qaytarib olamiz)… Ey musulmon siyosatchilar sizlar eʼtiqod qilayotgan fikringizni nima deb ifodalaysiz? Biz sizlardan ushbu jirkanch irqchilikka qarshi kurash borasida aholi tinchligi va hamkor yashash kabi xirgoyilardan boshqa narsa eshitmaydigan boʻlib qoldik… Biz sizlardan irqchilikka qarshi irqchilik qilish va dushmanona nutq soʻzlashni talab qilmaymiz. Balki biz sizlardan kuchli ifodani talab qilamiz. Sizlar ushbu buyuk va olamiy din farzandlarisiz, sizlar tarixda iz qoldirgan Islomiy Ummatga mansubsiz. Sizlar ushbu yurtdagi har bir musulmonning timsolisiz, sizlar ushbu din va ushbu xalq vakilisiz… Ummat oʻz imkoniyatlarini belgilash tomon ketmoqda, sizlar sukut saqlashingiz, oʻtkinchi manfaatlarni tanlashingiz va sharmandali ittifoqlaringiz tufayli ushbu imkoniyatlar tashqarisida qolmang… Bu Ummat oʻzining shon sharafini qayta tiklamoqda, shunday ekan siz ham Ummat bilan birga boʻling. Shunday qilmasangiz ahvolingiz sizlardan oldin oʻtgan hamda Ummat yoʻlidan boshqasini tanlagan hokim va siyosatchilar ahvoliga oʻxshab qoladi.
Soʻnggi soʻz sifatida aytamizki, bugun ahvol ogʻir, Ummatga qarshi tuzilayotgan kelishuvlar xiyonatga toʻla. Ey Livan va Falastin ahli tashlanadigan toʻgʻri qadamni aniq qilib belgilab oling. Chunki, shu toʻgʻri qadam tashqaridan va ichkaridan boʻladigan hujumlarga qarshi turishda sizlarni Ummat bilan bir maydonga jamlaydi. Shuningdek, Robbingiz va shariatingiz sizlarga buyurayotgan narsanigina tanlang.
شَرَعَ لَكُم مِّنَ الدِّينِ مَا وَصَّى بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى وَعِيسَى أَنْ أَقِيمُوا الدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاء وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ
“(Ey moʻminlar, Alloh) sizlar uchun ham dindan Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (yaʼni Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani – shariat-(qonun) qildi: “Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqa boʻlib boʻlinmanglar!”. (Ey Muhammad), mushriklarga siz daʼvat qilayotgan narsa (yaʼni, yolgʻiz Allohga ibodat qilish) zoʻr keldi-ogʻirlik qildi. Alloh u (dinga) hidoyat topish uchun Oʻzi xohlagan kishilarni saylar va Unga (yolgʻiz Allohga) iltijo qiladigan kishilarni hidoyat qilur” [Shoʻro 13]
Hizb ut-Tahrir Livan viloyati
5 avgust 2019m
4 zul-hijja 1440h