Islomga qarshi kurashish va uni buzib koʻrsatishda ommaviy axborot vositalarining roli

820
0

Islomga qarshi kurashish va uni buzib koʻrsatishda ommaviy axborot vositalarining roli

Asʼad Mansur qalamiga mansub

Inson fikrlayotganda maʼlumotlarni voqega bogʻlab, ularni sezgi aʼzolari orqali miyaga uzatar ekan, maʼlumotlarga muhtojdir. Ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarni – ularning toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻlishidan qatʼiy nazar – odamlarning fikrlashiga taʼsir qilish uchun tarqatadi. Ular maʼlumotlarni tarqatibgina qolmay, ularni haqiqatdan yiroq suratda beradi va bu katta taʼsirga ega boʻladi. Shuningdek, mavzu haqida adashtiruvchi fikrlarni beradi, natijada odamlar ularni qabul qilib, ulardan taʼsirlanadilar. Ommaviy axborot vositalari muayyan raʼyi omni paydo qilish uchun odamlarda maʼlumotlar va fikrlarga nisbatan qanoat hosil qildiradigan uslublardan foydalanadi.

Shuning uchun ommaviy axborot vositalari xabarlarni oddiy mavzu shaklida tarqatadigan va odamlarni qanday fikrlasalar shu ahvolda tashlab qoʻyadigan vositalar emas. Balki ular oʻz xoʻjayinlari tomonidan yoʻnaltirilib, oʻsha xoʻjayinlari va ularning ortida turgan davlatlarning fikrlashi va yoʻnalishiga mos ish yuritadi. Shunday ekan, agar xoʻjayinlari kofir boʻlsa yoki ularning malayi yoki yollagan ishchilari boʻlsa, demak ular Islomga qarshi kurashayotgan kimsalar boʻladi.

Shuning uchun xususan islomiy yurtlardagi ommaviy axborot vositalarini boshqarayotgan Gʻarb ommaviy axborot vositalari Islom, uning daʼvatchilari va uni mahkam tutayotganlarga qarshi jirkanch urushlarni olib bormoqda. Ular oʻz xabarlarida adashtiruvchi, yolgʻon va haqiqatni buzib koʻrsatuvchi maʼlumotlarni tarqatadilar. Masalan, xabarlarni bir tomonini yoritib, muhim tomonini eʼtiborsiz holda qoldirib yoki toʻla haqiqatni aytmay yoki adashtirib yoki bir tarafini jilvirlab, ikkinchi tarafini buzib tarqatadi. Shuningdek, bir tarafiga eʼtiborni tortib, ikkinchi tarafdan eʼtiborni qochirib tarqatadi. Bundan tashqari xabarlarni ushbu urushdagi oʻzining manfaatiga mos ravishda hamda musulmonlar, xususan islomiy boshqaruvni tiklashga harakat qilayotganlarni xunuk qilib koʻrsatish uchun ularga turli ismlarni qoʻyish orqali tarqatadi.

Gʻarblik tarixchilar ularning xalqlari salibchilik yurishlarida qanday adashganlari va davlatlar uydirmaga tayanganini yozishgan. Ular musulmonlarni yovvoyi va butparast deb atashdi hamda Quddusi Sharifni axlat tashlaydigan joyga aylantirishda ayblashdi. Ularning rohiblari yolgʻonga suyangan holda shu kabi tashviqotlarni tarqatishdi. Ular yana cherkov bilan ittifoqda boʻlgan qirollariga ergashishlari uchun xalqlarni gijgijlashdi.

Radio, televideniye, internet, elektron aloqa vositalari va smartfonlar kashf etilgach, ishlar yanada muntazam, puxta va jirkanch tusga kirdi. Chunki xabarlar yoki tasvirlar sofdek koʻrinsa-da, yolgʻon va adashtiruvchi fikrlar bilan toʻldi. Axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari odamlar nazdida ishonchli manbaga aylandi.

Ular kino, turli dasturlar, seriallar va internetdagi videolavhalardan Islom va musulmonlarni xunuk qilib koʻrsatishda foydalanishdi. Ular musulmonlarni vahshiy qotil, hazorat nima ekanini bilmaydigan, ayollarni xoʻrlaydigan, johil mutaassib, shakli xunuk, ishlari jirkanchli, kiyimlari iflos, aql yuritishi sayoz qilib tasvirlashdi. Shuningdek, yetakchi va boshliqlari xotinboz, ayollar savdosi bilan shugʻullanadigan, dini xurofot, Paygʻambari ayollar xushtori, xalqlari qoloq va qashshoq, turli kasalliklar makoni deb tasvirlashdi. Bundan tashqari, Islomga aloqali narsa borasida shubha uygʻotish va undan qoʻrqitishga harakat qilishdi. Gʻarb, ilmoniylar va demokratlarni tinchlikparvar, madaniyatli, ayol va insonni hurmat qiladigan, boylikni oʻz oʻrniga ishlatadigan, muammolarni donolik bilan yechadigan qilib tasvirlashdi. Shuningdek, foydali yechimlarni izlab topadigan, yorqin fikrlaydigan, ayol va bolalarga yordam beradigan, muhtojga koʻmaklashadigan, yovuzlikka qarshi kurashadigan va insoniyatga yaxshilik ato etadigan qilib tasvirlashdi. Gollivud filьmlari hamda Gʻarb va Amerikada ishlab chiqilgan boshqa filьmlar aynan shu narsani targʻib qiladi.

Ular yana turli istilohlarni qabul qilishadi. Masalan oʻtgan asrning saksoninchi yillari islomiy fikrlashni fundamentalizm, Islom uchun faoliyat qilayotgan musulmonlarni fundamentalist deb nomlashdi. Lekin bu ishda muvaffaqiyatga erishishmadi, chunki bu soʻzning musulmonlardagi voqesi gʻarbliklardagi voqesidan farq qiladi. Chunki ularda fundamentalizm deganda sodda va boshlangʻich Masihiy hayotga qaytish hamda madaniyat shakllarini inkor qilish tushuniladi. Shuning uchun ular bu ishda muvaffaqiyatga erisha olmadilar va kurashlarini kuchaytirish uchun Islomni terror va tazyiqqa tenglashtirishdi.

Frantsiya prezidenti Makron 2018 yil 9 iyulda Frantsiyaning Islom va musulmonlarga nisbatan dushmanligini tan olar ekan, bunday dedi: “Islomda bizning qonunlarimizdan shubhalanayotgan adovatni koʻrish mumkin. Bizning qonunlarimiz oʻz asoslarida diniy xarakterga ega boʻlmagan erkin davlat va erkin jamiyat qonunlaridir”. Darhaqiqat, musulmonlar Gʻarbning ikkiyuzlamachiligini, erkinlik va tenglik kabi daʼvolarida yolgʻonchi ekanini tushunib yetdilar. Shuningdek, Gʻarb musulmonlarni erkinlikdan mahrum qilib, Islom va musulmonlarga dushman kishilarga erkinlik berishini ham angladilar. Makron musulmonlardagi mana shu holatni koʻrganidan keyin yuqoridagi gapini aytdi.

Ayrim musulmonlar islomiy yurtlarda yoki Gʻarb davlatlarida Gʻarb mustamlakachiligiga qarshi kurashib, baʼzan qurolli hujumlarni ham amalga oshirishdi. Mustamlakachi davlatlar hamda ularning islomiy yurtlardagi malay rejimlari esa, bu hujumlardan foydalanishdi… Hatto turli hujum va portlashlarni ularning oʻzlari uyushtirib, Islomni buzib koʻrsatish hamda musulmonlarga qarshi oʻzlarining hujumlarini oqlash maqsadida bu hujumlarni musulmonlarga toʻnkashdi. Keyin esa, bu hujumlar ommaviy axborot vositalari uchun tayyor materiallarga aylandi, shu orqali Islomning boshqaruvga qaytishini oldini olish, musulmonlarning uygʻonishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻzlarining Islom haqidagi koʻz-qarashlarini isbotlashga urinishdi. Biz bugun koʻrib turibmizki, olam davlatlari Islomga qarshi hujumlarida terrorga qarshi kurashni bahona qilib olishgan. Shuningdek, bu ishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishmoqda. Chunki ular rejimlarini xalq qoʻzgʻolonlaridan himoya qilishni istashmoqda. Ular xalqlarni bu ishga undayotgan narsa Islom ekanini hamda bu xalqlar oʻzlari yoʻliqayotgan zulm, zoʻravonlik va tahqirlashlardan ozod boʻlish uchun uni tatbiq qilishga talpinayotganlarini biladi.

Amerika tashqi ishlar vaziri Pompeo 2019 yil 10 yanvarda Misrga tashrif buyurar ekan, Amerikaning Misr prezidenti Sisiyni Islomga qarshi kurashida qoʻllab-quvvatlayotganini, uning orqasida turganini yashirmadi. U oʻz bayonotida bunday dedi: “Amerika Oʻrta Sharqdagi barcha doʻstlarimizga xatar tugʻdirayotgan terrorizmga qarshi kurashda Sisiy bilan birgadir… Radikal islom xavfi esa, hazil emas-haqiqiydir”. Demak Islomga qarshi kurash ayrim qurolli hujumlar sababli boʻlmayapti. Balki bu kurash gʻarbliklar Islomni oʻzlari va ularga tobe rejimlariga xatar deb koʻrayotganlari, musulmonlar Islomni boshqaruvga qaytarishni xohlayotganlari hamda ular maqsadiga erishsalar mintaqani gʻarbliklarning changalidan qutqarishi va boyliklarini oʻgʻirlashidan man qilishini bilganlari uchun boʻlmoqda.

Jamiyatlarning vaziyati va zamonaviy ixtirolar sababli ommaviy axborot vositalari va elektron aloqa tarmoqlari odamlarning hayoti, ularni maʼlumotlar bilan taʼminlash va ularga taʼsir koʻrsatishda muhim rolь oʻynamoqda. Shuning uchun ularga eʼtiborsiz qaramaslik lozim. Balki vojib nima bilan adogʻiga yetsa, oʻsha narsa ham vojibdir, degan qoidaga koʻra ulardan foydalanish farzdir. Dushmanlarimiz Islom, musulmonlar, va uning yoʻlida faoliyat qilayotganlarga qarshi hujumda ulardan foydalanyapti hamda ogʻizlari bilan Allohning nurini oʻchirishni istashyapti. Shunday ekan, kofirlar va ularning malaylari yoqtirmasalar-da, Alloh biz orqali oʻz nurini toʻla qilishi uchun imkoniyatimiz boricha shu narsaga eʼtibor berishimiz lozim. Shuning uchun mavzuga aloqador bandlarni quyidagi tarzda tartiblashtirdik:

1 –   Ushbu ommaviy axborot vositalarining yolgʻon uydirmalarini fosh qilish.

2 –   Imkoni boricha ularga qarshilik qilish va bu ishda barcha vositalardan foydalanish.

3 –   Islom uchun faoliyat qilayotganlarni ogohlantirish va ularga taʼsir oʻtkazish uchun ular bilan ommaviy axborot vositalari orqali bogʻlanish.

4 –   Puxta vositalar bilan kuchli islomiy ommaviy axborot vositalarini paydo qilish.

5 –   Har bir musulmonni imkoni borichi elektron aloqa vositalari orqali bogʻlanishga targʻib qilish.

6 –   Musulmonlarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish uchun xolis va xos yigitlarni tayyorlash.

7 –   Barcha islomiy kuchlar, partiyalar, jamoalar, ulamolar va mufakkirlarga oʻz masʼuliyatlarini yuklash va amalda ularni sherik qilish.

8 –   Gʻarb yurtlarida yashayotgan musulmonlarga oʻz vazifalarini belgilab berish. Chunki Islom haqidagi tasavvurni yaxshilash va Gʻarb ommaviy axborot vositalarining daʼvolarini rad etish hamda odamlar bilan bogʻlanib ularga xitob qilishda ularga katta masʼuliyat yuklanadi.

9 –   Eng muhim nuqta yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash uchun harakat qilish. Chunki Xalifalik ichkaridagi barcha malay va yollanma kimsalarga barham beradi. Shuningdek tashqi hujumlarni qaytarib, oʻzlariga qarshi hujum qiladi.

وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلاً مِّمَّن دَعَا إِلَى اللَّهِ وَعَمِلَ صَالِحًا وَقَالَ إِنَّنِي مِنَ الْمُسْلِمِينَ

(Odamlarni) Alloh(ning dini)ga daʼvat qilgan va oʻzi ham yaxshi amal qilib, “Shak-shubhasiz men musulmonlardandirman”, degan kishidan ham chiroyliroq soʻzlaguvchi kim bor?” [Fussilat 33]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.