Nikolay Patrushev oʻzbekistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

906
0

Nikolay Patrushev oʻzbekistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

 Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va uning rossiyalik hamkasbi Nikolay Patrushev Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining keng doiradagi, birinchi navbatda, xavfsizlik sohasidagi masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

 “Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollari, migratsiya sohasidagi muammolarni hal qilish yoʻllari, axborot infratuzilmasi xavfsizligini taʼminlash va kompьyuter bilan bogʻliq hodisalarga javob berish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyat boʻyicha fikrlar almashilgan”,- deyiladi xabarda.

 Qayd etilishicha, Mahmudov va Patrushev 17 oktyabrda oʻtgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi xavfsizlik boʻyicha maslahatlashuvlarga yakun yasashgan.

Turkiston:

Rossiya Oʻzbekistoning ichki siyosatida tubdan oʻzgarishlar paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatyapti. U Oʻzbekiston rejimining asosiy tayanchi boʻlgan xavfsizlik qomitasining taʼsir quvvatini kuchaytirib borish bilan Oʻzbekistonda boshqaruv tizimi yana davlat xavfsizlik xizmati qoʻl ostiga qaytishiga kuchli taʼsir koʻrsatyapti. Toʻgʻrirogʻi DXX mamlakat nazoratini yana toʻliq va bevosita oʻz qoʻliga qaytarib olishi uchun harakat qilayapti.

Prezident Mirziyoyevning mamlakatni xalqaro siyosat (Gʻarb olami) bilan birga rivojlantirish uchun olib borayotgan harakatlari rejim manfaatlariga mos kelmadi. Rossiya bu vaziyatdan foydalanib Oʻzbekiston boshqaruvini yana xavfsizlikka asoslangan harbiy mashinaga aylantirib boryapti.

Demak bundan soʻngra kutiladigan holat shuki, Markaziy Osiyo muammolari haqida maslahatlar ham, avvalgi iqtisodiy manfaatlar asosida borayotgan yoʻnalishga zid olib boriladi. Yaʼni Rossiya Oʻzbekistonni Afgʻonistonga nisbatan xavfsizlik koʻzi bilan qarash siyosati ustuvor boʻlgan strotegiya ishlab chiqishga majbur qiladi. Qoʻshni davlatlar bilan ham aloqa yana avvalgi holatiga qaytishi kutiladi.  

Rossiya Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy manfaat va saqofiy taʼsir koʻrsata oladigan holatda emas. Shuning uchun Putin Toshkentda xavfsizlikka eʼtibor qaratishni maslahat qilib, mintaqadagi harbiy quvvatini kuchaytirishga va harbiy xavfli holatni paydo qilishga harakat qiladi. Qolgan kelishuvlarning deyarli hammasi mana shu manfaati ostida ishlab chiqiladi.

Oʻzbekistondan Afgʻoniston orqali ochilishi mumkin boʻlgan okeanga olib chiquvchi yoʻl, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi manfaatlarini deyarli yoʻqqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun Rossiya Oʻzbekistonning ichki boshqaruv tizimini oʻzgartirishga urinyapti va shuning bilan birga uning tashqi siyosatini ham boshqa yoʻnalishga olib oʻtmoqchi boʻlyapti. U AES qurib berish bilan Oʻzbekistonni qiziqtirib, rejimni yana oʻz taʼsiri ostiga qaytara oldi. Endi Afgʻoniston orqali tranzit yoʻli loihasini yoʻqqa chiqarish maqsadida, bor imkoniyatlarini ishga solib, harakat boshlaydi. Bu harakatlari koʻproq fitnakashlik, qoʻporuv ishlarini uyushtirish kabi eng iflos amaliyotlar bilan davom etishi kutiladi. Chunki Rossiyaning bundan boshqa imkoniyat va sharoitlari deyarli yoʻq!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.