Musulmonlar uchun muqaddas oy — Ramazoni sharif boshlanishi arafasida Toshkent bozorlarida savdo qilaëtgan hijobli ayollar¸ ro’mollarini echish yoki rasmiylar ma’qul topgan tarzda o’rash bosimi ostida qoldi. Aks holda¸ ular savdo o’rinlaridan ajrab, bozorga qo’yilmaslikdan ogohlantirilmoqda, deya xabar yozadi ozodlik sayti. Toshkent shahri bozorlarida bosh hisobchi, tashkiliy bo’lim boshlig’i, patta yig’uvchi va bozorning xavfsizlik bo’limi rahbaridan tuzilgan maxsus guruh hijobli ayollarning savdo bilan shug’ullanishi oldini olish ishlariga mas’ul etib tayinlangan.
Ozodlik muxbiri poytaxtdagi o’nga yaqin yirik bozor bilan bog’langanida, barcha bozorlarda ushbu maxsus guruh xodimlari mahalliy militsiya bo’limlari bilan hamkorlikda o’rangan ayollarga qarshi kurash olib borayotgani haqida ma’lumot oldi.
Eski jo’va bozorining ismini oshkor qilmayotganimiz xodimiga ko’ra, mazkur guruh hijobli ayollar agar ogohlantirishga qaramay ro’mollarini echmasa, ular bozordan haydalmoqda:
– Bizda hijobli aëllar savdoga chiqsa, ular ogohlantirilayapti. Agar ogohlantirishga qaramay yana chiqadigan bo’lsa, joyi olinayapti ëki jarimaga tortilayapti. Bu nima bo’yicha profilaktika inspektori, xavfsizlikdan, hammamiz birga ishlayapmiz.
Jarima miqdori har xil. 10 barobar, 15 barobar, 100 barobar eng kam ish haqidan. Bir-ikki marta jarima qilib ham yana hijobda yurgan bo’lsa, jarimaga tortilib joyi olib qo’yilayapti, dedi Eski jo’va bozori xodimi.
Toshkentdagi eng yirik “Chilonzor buyum bozori” (sobiq Ippodrom) rahbariyati ham hijob kiygan ayollarni bu ko’rinishda savdo qilish taqiqlab qo’yilishidan ogohlantirdi . Bozor rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko’ra, ushbu bozordagi 40 ta do’konda hijobli ayollar savdo bilan shug’ullanayotgani aniqlangan.
“Chilonzor buyum bozori”ning xavfsizlik bo’limidan olingan ma’lumotga ko’ra, o’tgan hafta oxirida savdogar ayollar bozorga hijobda kelmaslik borasida ogohlantirilgan.
“Agar hijobli ayollar ogohlantirishdan xulosa chiqarmasa, ularga nisbatan qat’iy choralar ko’rilishi”ni qo’shimcha qildi suhbatdoshimiz mikrofonsiz suhbatda.
O’zbekistonda keyingi 4-5 yil davomida ro’molli ayollarga qarshi keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilayotgani kuzatilmoqda.
Dastlab davlat idoralarida ishlovchi ayollarga ro’mollarini echish talabi qo’yildi. Keyin ushbu taqiq mamlakat bozorlariga ko’chdi. 2010 yildan boshlab o’quvchi qizlarga ro’mol o’rash mutlaqo taqiqlandi. Bugungi kunda mamlakat oliygohlarining talaba qizlariga ham ro’mol o’rash taqiqlangan.
Joriy yilning iyun oyida Qo’qon shahrida yashovchi ro’molli ayollarga agar ro’mollarini echmasa bolalariga beriladigan nafaqa pullari to’xtatilishi bilan tahdid qilingan edi.