Obama Afg’onistondan tezroq chiqib ketish yo’lini izlamoqda

323
0

President Obama addresses troops in Afghanistan.

Ba’zi Amerika gazetalari Afg’oniston bo’hronini tanqid ostiga olishdi. Ba’zilari esa AQSh Afg’onistondan tezroq chiqib ketish uchun jiddiy bosh qotirayotganiga ishora qilmoqda.

“Amerika Afg’oniston botqog’iga tobora botib bormoqda. U AQShga aql bovar qilmaydigan iqtisodiy va insoniy talofatlar etkazib, holdan toydirib ko’ydi”, deya yozadi Voshington Taymz gazetasi.

Uning bildirishicha, Barak Obama ma’muriyati Afg’onistondagi ashaddiy dushmani bo’lmish Tolibon harakati bilan rasman tinchlik muzokaralarini olib borishga rozilik bildirgan.

Gazeta Qo’shma shtatlar Afg’onistondagi kuchlari hajmini amalda kamaytira boshlaganiga ishora qiladi. Bu esa urush boshlanganidan 12 yili o’tib amalga oshmoqda.

“PressTV” axborot telekanali tarqatgan xabarda Barak Obama Afg’onistondagi barcha AQSh harbiylarini olib chiqib ketish niyatida ekanligi aytiladi.

Biroq bugun chorshanba kuni Tolibon vakillari 12 yilga cho’zilgan urushdan so’ng tinchlikka erishishni maqsad qilib Qatarda ochgan ofesini qayta bekitganligini e’lon qildi. Vakilga ko’ra, AQSh va Afg’oniston o’rtasidagi ahdlarning buzilishi Tolibon ofesini yopilishiga sabab bo’lgan.

“AQSh davlati va Qobul hukumati, ikkalasi ham muomalasida sodiq bo’lmadi”, dedi vakil telefon bilan bog’langan Frantsiya axborot agentligiga.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.