Internet orqali ko’proq xavf solmoqda

515
0

1

Qirg’iziston maxsus xizmatlari internetdan orqali kelayotgan terrorizm va ekstremizm xavfidan ogohlantirmoqda.

Rasmiylar mamlakatda noqonuniy faoliyat qiluvchi diniy tashkilotlar odatdagi usullaridan farqli ravishda endi o’z g’oyalarini targ’ib qilishda interentdan foydalanishayotgani hamda yoshlar orasida o’z tarafdorlari safini oshirishga urinishayotganini aytishadi. Ayni paytda axborot texnologiyalarini to’la nazorat qilish imkonsiz ekani ham e’tirof etilgan.

Qirg’izistonlik yoshlar ko’pchiligi virtual sahifalarda asl ism-shariflarini o’zgartirib kirishadi.

Qirg’iziston Ichki ishlar vazirligining Ekstremizmga qarshi kurash bo’limi boshlig’i Emil Jiyanbekovning aytishicha, noqonuniy tashkilotlar o’z ishlash uslublarini davrga moslashtirib, o’zgartirgan: – So’nggi paytlarda mamlakatda taqiqlangan ekstremistik va terroristik, noqonuniy deyiladigan guruhlar a’zolari ko’proq va jiddiy bir shaklda internet imkoniyatlaridan foydalanishmoqda. Endi bu tashkilotlar oddiygina varaqalar tarqatishmaydi, ular o’z targ’ibot-tshaviqot ishlarini internet orqali amalga oshirishmoqda, – deydi Emil Jiyanbekov.

Tahlilchilar virtual dunyoni butunlay nazorat ostiga olib bo’lmasligini aytadilar.

Va internetdan qanday ma’lumot olish va undan qanday foydalanish iste’molchilarning o’zlariga bog’liq bo’lib qolmoqda. Qirg’iziston internet tarmoqlariga bog’liq xavfsizlik va virtual dunyoni nazorat qilish masalasi ko’pdan beri muhokama qilib kelinadi. Lekin, davlat muassasalari bu borada hali biron bir jiddiy taklif bilan chiqmagan.

Sharhlovchilarga ko’ra, besh million aholisi bor ushbu mamlakatda internet iste’molchilari soni taxminan ikki milliondan ortiqni tashkil qiladi.

(Bi-bi-sidan qisqartirilgan holda olindi)

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.