AQSh Erondan barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilmoqda

490
0

AQSh Erondan barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilmoqda

 Oq uy Eron rasmiylaridan soʻnggi haftalarda qoʻlga olingan namoyishlar ishtirokchilarini ozod qilishlarini talab qildi. Chorshanba kuni Donalьd Tramp maʼmuriyatining chop etilgan bayonotida Vashington minglab hibsga olinganlar, qiynoqlar va namoyishchilarni oʻldirish haqidagi xabarlardan chuqur xavotirda ekanligi taʼkidlanadi.

 Bayonotda Eronda siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga, shu jumladan, yaqinda hibsga olinganlarni ozod qilish talab etiladi.

 Eronda soʻnggi namoyishlar munosabati bilan hibsga olinganlar soni hozircha  nomaʼlum. Rasmiylar bir necha yuz kishilar haqida xabar qildi va ularning aksariyati ozod qilinganini taʼkidlamoqda. Boshqa manbalarga koʻra, gap minglab odamlar hibsda ekanligi haqida ketmoqda. Politsiya bilan toʻqnashuvlarda 20 dan ortiq odam halok boʻlgan.

 Eronda norozilik namoyishlari dekabrь oyi oxirida boshlandi va taxminan bir hafta oʻtib ular bostirib olindi.

 Xabarlarga koʻra, Donalьd Trampning maʼmuriyati bu hafta Tehron bilan “yadroviy kelishuv” munosabati bilan joriy etilgan Eronga qarshi baʼzi sanktsiyalar boʻyicha moratoriyni oʻz kuchida qoldirilishi haqida bir qarorga keladi. Yoki moratoriydan voz kechib, shu yoʻl orqali Eronning yadroviy dasturiga oid bitimni shubha ostiga oladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.