Nazarboyev Tramp bilan nimalarni muhokama qilishi maʼlum qilindi

760
0

Nazarboyev Tramp bilan nimalarni muhokama qilishi maʼlum qilindi

 Qozogʻiston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari Sanat Kushkumboyevning “Kazinform” axborot agentligiga bergan intervьyusida maʼlum qilishicha, Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan Oq uyda oʻtkazadigan uchrashuvida Afgʻoniston, Suriya va Rossiya bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladi.

 “Gap AQSh bilan hamkorligimizni keng strategik sheriklik darajasiga olib chiqish haqida bormoqda. Qoʻshma Shtatlar mamlakatimiz mustaqillikni qoʻlga kiritganidan buyon strategik hamkorimizdir”, – degan Kushkumboyev.

 Uning soʻzlariga koʻra, ikki mamlakat mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini hal etishda hamkorlik qilib keladi.

 “Jumladan, Afgʻoniston masalasi ham muzokaralar markazida boʻladi. Bundan tashqari, Suriya inqirozi, Rossiya bilan munosabatlar esa, AQShning Yevrosiyo strategiyasi nuqtainazaridan muhokama qilinadi”, – degan institut rahbari oʻrinbosari.

 Xabarlarga koʻra, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQShga rasmiy safari 16-18 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.