AQSh Shimoliy Koreyaga “mushaklarini” koʻrsatdi

842
0

AQSh Shimoliy Koreyaga “mushaklarini” koʻrsatdi

Amerikaning B-1B Lancer bombardimonchi va F-15 qiruvchi samolyotlari Shimoliy Koreya qirgʻoq chizigʻi boʻylab uchib oʻtdi, deb xabar qildi Pentagon rasmiy vakili Dana Uayt.

 “Bu KXDRning oʻylamay qilgan hatti-harakatlarini biz naqadar jiddiy qabul qilayotganimizning belgisidir. Ushbu manyovr AQShning zarba berishga tayyor ekanligini namoyish qiladi va prezident, har qanday tahdidni yakson qilib tashlashi uchun, koʻplab variantlarga ega ekanligini yaqqol koʻrsatadi”,- dedi Dana Uayt oʻz bayonotida.

 Pentagon xabariga koʻra, amerikaning bombardimonchi samolyoti Okinavadagi harbiy bazadan, qiruvchi F-15lar esa Guam orolidan uchib chiqqan va koreyalar orasidagi demilitar hududdan ancha ichkariga kirgan.

 Bunga javoban Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Koreyaga hujum qilingan taqdirda AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi “shafqatsiz chorlar” koʻrishini xabar qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.