Atambayev: Amaldorlar jamoatchilikdan qoʻrqa boshladi

839
0

Atambayev: Amaldorlar jamoatchilikdan qoʻrqa boshladi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev Nьyu-Yorkka amalga oshirgan tashrifi doirasida Time jurnali sharhlovchisi, siyosatshunos, Eurasia Group tadqiqot markazi prezidenti Ien Bremmerga intervьyu berdi.

 Xabarda aytilishicha, Atambayev mamlakatning tashqi siyosiy kursini amalga oshirish va Qirgʻizistonning strategik sheriklari bilan munosabatlarni rivojlantirishdagi asosiy ustuvor yoʻnalishlari haqida gapirib bergan. U Time jurnali sharhlovchisining diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurashga aloqador choralar, Qirgʻizistonda demokratiyani mustahkamlash boʻyicha ishlar va AQSh bilan munosabatlar haqidagi savollariga ham javob qaytardi.

 “Biz davlatimizda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikka erishdik. Oʻtgan yillarda kishilarda kelajakka ishonchni uygʻotdik. Kishilar boshqacha kayfiyatda. Biz ularga oʻzimizning ming yillik tariximiz haqida eslatdik. Odamlarda milliy oʻzlikni anglash hissi paydo boʻldi hamda ular mamlakat taqdiri oʻzlariga bogʻliq ekanini tushunib yetdilar. Bunga qadar biz biometrik maʼlumotlar foydalanilgan holda adolatli saylovlarni oʻtkazdik. Biz shunga erishdikki, amaldorlar, hokimiyat jamoatchilik fikrini hurmat qilishni hamda eshitishni, undan qoʻrqishni boshladi”, – degan Atambayev intervьyuda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.