MXDQ: oʻzini portlatmoqchi boʻlgan xudkush terrorchi qoʻlga olindi

801
0

MXDQ: oʻzini portlatmoqchi boʻlgan xudkush terrorchi qoʻlga olindi

Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) matbuot xizmatining xabar qilishicha, MXDQ xodimlari xalqaro terrorchilik tashkilotiga aloqador boʻlgan va oʻzini oʻzi portlatmoqchi boʻlgan xudkush terrorchini qoʻlga olishdi.

“Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi aksilterrorchilik tadbirlari davomida terrorchilik xurujini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrayotgan xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzosi M.A.ni qoʻlga oldi. U terrorchilik tashkiloti rahbarlari koʻrsatmasi bilan kishilar gavjum boʻlgan yerda oʻzini portlatishi lozim boʻlgan”, – deyiladi xabarda.

Maxsus xizmatlar maʼlumotiga koʻra, jinoyatchi “xudkush sifatida mina-portlatish va maxsus mafkuraviy tayyogarlikdan oʻtgan”.

Taʼkidlanishicha, u qoʻlga olish paytida qoʻlbola portlovchi qurilmani yigʻayotgan boʻlgan. Uning uyidan qoʻlbola portlovchi qurilma tarkibiy qismlari, ekstremistik adabiyot va qurol-aslaha topilgan.

Turkiston:

Qirgʻiziston MXDQ qoʻmitasi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning maxsus kordinatorlari tomonidan boshqarilishi bugunga kelib hech kimga sir boʻlmay qoldi. Bu haqda sobiq muvaqqat hukumat vakili va Issiq koʻl viloyatining sobiq gubernatori Emilbek Kaptagayev ham aytib chiqib, “MXDQning har bir tarmogʻida bittadan rus FXX kordinatori oʻtiribdi”, degan edi.

Achinarli tomoni shundaki, qirgʻiz MXDQ xodimlari oʻz mamlakati xavfsizligi va manfaati yoʻlida mustaqil ish koʻra olish qobiliyatini yoʻqotib, Rossiya talablarini bajaruvchi organga aylanib qoldi. Shuning uchun ham bugungi kunda Qirgʻizistonda barcha strategik va taktik amaliyotlar rus kordinatorlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Kuni kecha internet tarmoqlari orqali tarqatilgan goʻyoki Suriyada jang qilayotgan mujohidning “tavba qilayotgan vidiosi” bugun esa oʻzini portlatishga tayyorlanayotgan xudkush terrorchini qoʻlga olinishi ham Rossiya FXX tomonidan rejalashtirilgan ishlar boʻlib, Putin asos solgan “oʻz xalqini portlatib yuborish va bu qoʻporuv amaliyotida musulmonlarni aybdor deb topib, xalqini oʻz atrofida unga suyanib yalinib yashashga majbur qilish” asosidagi maqsad sari yoʻnaltirilyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.