IIV: Portlovchi modda olib ketayotgan odam qoʻlga olindi
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 6-aprel kuni Norin viloyatida yashovchi fuqaro portlatuvchi moslama olib ketayotgan vaqtda qoʻlga olingan.
Xabarga koʻra, IIVning Issiqkoʻl va Norin viloyatlari boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan 4 aprelda “Baliqchi-Norin” yoʻlida Norin viloyatining Mingbuloq qishlogʻilik 35 yoshdagi K.D qoʻlga olingan. Uni tekshirishganda yonidan politelin paket ichidan skotch bilan oʻralgan ikki dona tsilindr shaklidagi buyum topilgan. Ulardan birining uzunligi 15 sm, ikkinchisi esa 4 sm boʻlib, bir-biriga elektr simi orqali tutashtirilgan boʻlgan.
Bundan tashqari, polietilen paket ichidan sariq-kulrang rangdagi ammonitga oʻxshash portlovchi modda topilgan.
Ushbu materiallar Norin viloyati ichki ishlar boshqamasiga oʻtkazib berildi
Turkiston:
Qirgʻiz hukumati Putinning “musulmonlar nomidan qoʻporuv ishlari uyushtirish bilan vaziyatini oʻnglab olish” loihasiga sherik boʻlishga urinmoqda. Bu oʻta iflos va jirkanch uslub boʻlib, ertami kech albatta tarix oldida haqiqat oshkor boʻladi. Putin insoniyatga qarshi eng ashaddiy qirgʻin olib borgan yetakchilar safidan oʻrin oladi. Uning hamkorlari va atrofidagi rejim vakillari ham, shu dunyoning oʻzida horu-zor boʻlishadi insha Alloh.
Qozoq TIVi, Peterburg metrosidagi qoʻporuv amaliyotida halok boʻlgan bir Qozoq fuqorosini oʻz himoyasi ostiga oldi va “bu yigitning qoʻporuvchilarga hech qanday aloqasi boʻlgan emas” deb, oʻsha kuni uning jasadini ota onasiga olib berdi. Qirgʻiz hukumati esa, qoʻporuv harakati rus maxsus xizmati tomonidan uyushtirilganligini aniq bila turib, sobiq fuqorosining hatto jasadini ham himoya qila olmadi. Millati Oʻzbek, Rossiya fuqorosi boʻlgan shaxsni, “qachonlardir bizda tugʻilib qolgan ekan, uni nega bizga aloqador qilib koʻrsatyapsizlar” deb, Rossiya matbuoti tarqatgan notoʻgʻri maʼlumotlarga raddiya bildirib qoʻyishga ham yaramadi. Aksincha, bu hukumat oʻz fuqorolariga qarshi antiterror harakatlarini boshlashga yoʻl hozirlayapti.