Qirgʻiziston va Oʻzbekiston militsiyasi hamkorlik qiladi

422
0

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston militsiyasi hamkorlik qiladi

 2019 yil 15 may kuni Qirgʻiziston respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari militsiya polkovnigi Mirlan Kanimetov va Oʻzbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Qirgʻiziston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

 Shuningdek, uchrashuvda Qirgʻiziston IIV Huquqiy taʼminlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi militsiya polkovnigi Mirlan Karachalov, Qirgʻiziston IIV Kriminal militsiya xizmati boshligʻi, militsiya polkovnigi Nurbek Abdiyev, Qirgʻiziston IIV narkotiklarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish xizmati boshligʻi oʻrinbosari, militsiya polkovnigi Kudiritila Oxunov qatnashdi.

 Uchrashuvda hamkorlikning muhim jihatlari, yaʼni narkotik vositalarini noqonuniy aylanishi, xalqaro diniy ekstremizm, kiberxatar va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha birlashish va muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

 Mirlan Kanimetovning taʼkidlashicha, har qanday davlatning xotirjam yuksalishi oʻzagida ushbu xalqning hayot maromi xavfsizligini taʼminlash turadi. Shundagina xavfsiz davlatda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va investitsiyaviy ravnaq haqida gapirish mumkin.

 Kelgusida yaqin hamkorlikdagi masalalar yuzasidan ham fikrlar almashildi. Tomonlar kelgusida hududiy boʻlinmalarning tezkor xizmatlari rahbarlari ishtirokida muvofiqlashtirish uchrashuvlarini oʻtkazishni ham kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Mirlan Kanimetov xayrixoh munosabat kelgusida ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishiga va rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.