AQSh: Qabul qiling, Asad mustaqil davlat rahbaridir

494
0

AQSh: Qabul qiling, Asad mustaqil davlat rahbaridir

Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser kundalik matbuot anjumanida soʻzlagan nutqida Suriya prezidenti Bashar Asadga tegishli AQShning siyosati haqida maʼlum qildi. Spayserning taʼkildashicha, Asadning qonuniy prezidentligini tan olishdan boshqa chora yoʻq.

“Suriyadagi siyosiy haqiqatni, yaʼni Bashar Asadning suveren davlat rahbari ekanligini qabul qilishga majburmiz”, dedi Oq uy matbuot kotibi.

Shuningdek, Spayser Asadni qulatish AQShning ustuvor masalalari sirasiga kirmasligini bildirdi. Spayserga koʻra, Asadni qulatish oʻrniga mintaqadan “terrorchilarni” quvib chiqarish va Suriyadagi (Asadga qarshi) janglarni toʻxtatishga eʼtibor qaratish lozim.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Haley ham Oq uyning yangi maʼmuriyati avvalgisidan oʻzgacha tarzda eʼtiborini Asadni iqtidordan olib tashgashga qaratmasligini maʼlum qildi.

Nikki Haley BMT majlisida qilgan nutqida aytishicha, AQShning nazarida Suriya Prezidenti Bashar Asad faqat tinchlikka toʻsiq boʻlmoqda. Shuning uchun endilikda Doland Trampning siyosati Asadni qulatishning oʻrniga uzoq muddatli siyosiy yechim topish va bu sohada Turkiya kabi mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilishga qaratiladi.

“Bashar Asadni agʻdarish ortiq Amerika siyosatining ustuvor vazifasi emas. Avvalgi maʼmuriyat kabi diqqat eʼtiborimizni Asadga qaratmaymiz. Asosiy masala Suriya xalqining hayotini oʻzgartirish uchun nimalar qilishimiz lozim va kimlar bilan aloqa oʻrnatish kerakligini anglab yetishdir”, dedi Haley.

Biroq Jenevadagi Suriya tinchlik muzokaralariga ishtirok etishni qabul qilgan nomiga Suriya muxolifati vakillari Asadni hokimiyatdan chetlatish borasida qarori qatʼiy ekanligini yana bir bor taʼkidladi. Suriya muzokaralari oliy qoʻmitasining matbuot kotibi Salim Muslat “Hokimiyatda Bashar Asadga biror rol berilishini hech qachon qabul qilmaymiz. Qarorimiz qatʼiy, bundan voz kechmaymiz”, deya taʼkidladi.

Ammo Salim Muslat rejim oʻz oʻrnida qolib, faqat bir shaxsning oʻzgarishi hech narsani hal qilmasligi haqida gapirmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.