AQSh Davlat kotibi Turkiyada

394
0

AQSh Davlat kotibi Turkiyada

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson rasmiy safar bilan Turkiyaga keldi. Iroqda va Suriyada vahshiylarcha qirgʻinlarni amalga oshirgan mustamlakachi AQSh davlat kotibi avval Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuv yopiq eshiklar ortida 40 daqiqa davom etdi. Soʻngra uni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon oʻzining prezidentlik saroyida qabul qildi. Vazirlik tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, oʻzaro suhbatda Iroq, Suriya, IShID va Gulen masalalari koʻrib chiqilgan.

“Uchrashuvda Iroq va Suriyani IShIDdan tozalash uchun olib borilayotgan harakatlar va Fathulloh Gulenni mamlakatga qaytarish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy masalalarda ikki taraflama hamkorlikni kuchaytirish masalasiga ham toʻxtab oʻtildi. Oq uy idorasida oʻzgarish yuz bergandan soʻng ilk bor mamlakatimizga qilingan tashrifda ikki ittifoqdosh davlat oʻrtasidagi tigʻiz aloqalar kelgusi kunlarda ham davom etishi borasida kelishib olindi”, deyiladi bayonotda.

20 yanvar kuni Donald Trampning AQSh prezident kursisiga oʻtirishi AQSh tarafidan YGPga berilayotgan yordamlarni toʻxtatish va Gulenni Turkiyaga qaytarish borasida Anqaraning umidini uygʻotgan edi. Ammo oradan ikki oydan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa ham, Vashington bu sohada biror qadam tashlamadi. Tramp odim-odim Obamaning siyosatini davom ettirib kelmoqda. Shunday boʻlishiga qaramay Anqaraning Voshington bilan hamkorligini davom ettirishi, voz kechib boʻlmaydigan muhim siyosat boʻyicha qolmoqda.

Ayni paytda AQSh Davlat kotibining tashrifi oldidan terrorizmga qarshi kurash bahonasida musulmonlarning uylariga bosqin uyushtirildi. Turkiyaning Adana viloyatida 500 nafar poliytsiyachi 19 manzilni bosib, IShID va Jabhatun Nusra tashkilotlariga aʼzo degan gumonda 21 kishini qoʻlga oldi. Guvohlarning bildirishicha musulmonlarni qoʻlga olishda politsiyachilar xuddi Rossiya politsiyasi musulmonlarni terror aybi bilan qoʻlga olayotgan harakatlari kabi harakatlarni amalga oshirgan. Agar turk hukumati haqiqatdan ham terrorga qarshi kurash daʼvosida sodiq boʻlsa, AQSh, Rossiya va Britaniyaga qarshi kurishishi lozim edi. Chunki bu davlatlar Iroq, Afgʻoniston, Suriya, Checheniston kabi dunyoning turli oʻlkalarida terrorchilikni amalga oshirib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.