Hizbut-Tahrirning Rossiyadagi rasmiy notig’i Eldor Hamzinning bildirishicha, Rossiya hukumati Rossiyaning bir nechta shaharlarida Hizbut-Tahrirning maslakdoshlarini ta’qib qilish va ularni harakatlarini bostirish amaliyotlarini jon-jahdi bilan amalga oshirmoqda.
Rossiyaning Reygnum axborot agentligi 2013 yil 17 mayda Ichki ishlar vazirligidan olingan ma’lumotlarga tayanib,Sharqiy sibirning eng uzoq erlaridagi Saxalinda Hizbut-Tahrirning a’zolaridan biri hibsga olinganligini xabar qildi.Agentikka ko’ra, uning yonidan to’pponcha va qo’lbola granata topilgan. Rasmiy notiq EldorHamzinningNyuheter Arab agentligiga aytishicha, bu shaxsningHizbut-Tahrirga hech qanday aloqasi bo’lmagan.
Itartas axborot agentligi 2013 yil 22 mayda Rossiya politsiyasidan olingan manbalarga tayanib,Hizbut-Tahrir a’zolaridan uch kishi qamoqqa olinganligini va ularning yonidan qurollar va qotillik ashyolari topilganligini xabar qildi. Eldor Hamzin ular ham Hizbut-Tahrir yigitlaridan emasligini ta’kidlab o’tdi.
Interfaks axborot agentligi 29 mayda xavfsizlik idorasidan olib,xabar qilishicha, portlatish amaliyotini sodir qilishnimaqsad qilganHizbut-Tahrirga mansub besh kishi qamoqqa olingan. Hizbut-Tahrirga mansub deb topilpyotgan bu besh kishining orasida “Takfir” va “Hijrat” jamoatiga mansub bo’lgan shaxslar ham borligini aytishmoqda.
Hizbut-Tahrirning Rossiyadagi rasmiy notig’i bu besh kishining birortasi ham Hizbut-Tahrirga mansub emasligiga ishora qilib o’tdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyahukumati rus xalqi orasida “Hizbut-Tahrir terroristik amaliyotlar olib boradi” degan ommaviy bir fikrni hosil qilishga harakat qilmoqda. Bu esa Rossiyada musulmonlargaqarshi siyosiy qamoqqa olishlar amaliyotini osonlashtiradigan yangi qonunlarni ishlab chiqarishga qo’l keladi. Chunki bu erda Hizbut-Tahrirga mansub bo’lganlarni 282- moddaga binoan kamida uch yilga ozodlikdan mahrum qilishga qonuniy tus beradigan Rossiyaning qonuni bor. Hozirgi vaqtda esa hokimiyat yangi qonunlarni loyihalashtirmoqda, unga binoan Hizbut-Tahrirga mansublikda ayblangan har qanday shaxsni sud qilinmasdan hibsda saqlash muddatini 5 yilga cho’zish amalga oshadi.
Rus hukumati Hizbut-Tahrir yigitlarining sudhukmlarida ulardan qurol topganligi haqida ertaklarni to’qib chiqarmoqda vabu ertaklarniqamoq jazosi muddutini 7 yilga uzaytirish uchunqo’llamoqdalar. Hozirgi vaqtda Rossiyadagi musulmonlar xavfsizlik apparati tomonidan to’qib chiqarilgan tuhmat-bo’htonlarni bilib turipti. Shuning uchun ham Rossiyahukumati Hizbut-Tahrirga mansubligi gumon qilingan har qanday shaxslarni qamoq muddatini uzaytirishga harakat qilmoqda.
Eldar Hamzinningaytishicha, bugungi kunda Rossiyahukumati Hizbut-Tahrir ayollariga ham tuhmat va bo’htonlar yopishtirmoqda.
“Misol uchun Boshqirdistonning Ufa shahrida 3 ayolni ekstrimizimda ayblab qamoqqa oldilar. Bir ayol guvohligida hujjat tayyorladilar, go’yoki bu ayollar ekstrimistikharakatlarini amalga oshirish uchun guvohlik berayotgan ayolni ko’ndirganlar. Mana shu hujjatga binoan bu ayollarni mahkamaga jalb qilindi. Sud jarayonida ularning oila a’zolari sud zaliga kelgan guvoh ayol bilan bog’lanishga mavaffaq bo’lishdi. Guvoh bunday voqea bo’lmaganligini vahech qanday hujjatga qo’l qo’ymaganligini e’lon qildi. Lekin sud mahkamasi guvohning so’zlariga e’tibor bermayhukmni ijro qilish uchun ishni ko’rishda davom etdilar. Ayni vaqtda bu ayollarning oila a’zolari voqea hodisalarni tekshirib chiqishni talab qilishdi. Shundan keyin ayollarning oila a’zolarini so’zlariga qanoat hosil qilgan bosh prokrorning buyrug’i bilan mahkama jarayonini to’xtatildi.
Bosh sudya M.D. Juchkov boshchiligida vaadvokat A.V. Nikolaev, hamdaguvoh Rashidov O.V. ishtirokida sud jarayonidavom etdi. Bu Rossiyadagi musulmonlar duch kelayotgan zulmlarga hisobsiz misollardan biridir”, – dedi rasmiy notiq..
Rossiyadagi musulmonlarning holatlariga, va Putinning Islomga bo’lgan ko’z qarashiga nisbatan Eldor Hamzin yana shularni ma’lum qildi:
Rossiyahukumati masjidlarni berkitmoqda. Misol uchun 2013 yil 16 yanvarda Qozon shahridagi Al-ixlos masjidi berkitildi. Rossiya xos kuchlari Bomdod namozi paytida masjidga bostirib kiishdi, u erda namoz o’qiyotgan masulmonlarni BUSlarga tiqib, qamoqqa olib ketishdi. Masjidni esa tamoman yopib tashlashdi.
Yana shularni qo’shimcha qildi: bu erda yuzlab keltirish mumkin bo’lganholatlardan yana biri shuki, Rossiyahukumati Sibirning Surgut shahridagi masjid qurulishida qo’shib tiklangan islomiy qahvaxonani berkitib tashladi. U erdagi musulmonlarning hammalaridan soqollarini qirib tashlashni talab qilib, aks holda shu ondayoq o’ldirish bilan tahdid qildi vadarhol soqollarini qirdirib tashladi.
Putin bevosita jonli efirda Jurnalistlarning hijob haqida bergan savoliga “Hijob kiyishda hech qanday yaxshilik yo’q”, deb javob berdi.Putinningushbu bayonotiga binoan rus maktablarida hijob kiyish man qilindi. Hukumat hijobdan to’sish maqsadida maktab qizlarini bitta xos kiyimni kiyishga majbur qiladigan maxsus qonun ishlab chiqdi!
Uning aytishicha, Bu erda – sovet ittifoqi parchalangandan keyin – hozirgi kungacha xususan Kavkaz, Tatariston, Boshqirdistonda islom va uning an’analariga qaytish holati yuzaga keldi.Bu ish Rossiyahukumatini bu holatni to’xtatishga,xususan hijob kiyishni cheklab qo’yishga undadi.
Eldor yana shularni ma’lum qiladi: Riyozus-solihiyn, qirq hadis, Siyratu ibn Hishom kabi kitoblar ekstrimizimga aloqasi bor deya ta’riflanib, ta’qiqlab qo’yilgan
Bu bilan musulmon Islomni va uni tarixini o’rnanishga imkon topa olmay qoladi. Bu – qurol bilan tahdid qilib soqolni oldirishdan tortib maktablarda hijobni man qilish va asosiy islomiy kitoblarni man qilishgacha borib taqalgan Rossiya hukumatini musulmonlar bilan qilayotgan haqiqiy aloqasidir.
Arab Nyuheter – Stokgolm.