Atambayev bannerlarni butun mamlakat boʻylab joylashtirishga koʻrsatma berdi

805
0

Atambayev bannerlarni butun mamlakat boʻylab joylashtirishga koʻrsatma berdi

 Toshkentda boʻlib oʻtgan ShHTning navbatdagi sammiti doirasida Oʻzbekiston prezidenti bilan yopiq eshiklar ortida bir soatdan ortiq vaqt oʻtkazgan suhbatidan soʻng Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Islom va musulmonlarga qarshi keskin qadamlar tashlay boshladi. Dastavval hukumat musulmonlarni Ramazon hayitini bir kun oldin oʻqishga majbur qilgan boʻlsa, keyinchalik Qirgʻiziston musulmonlari ichida ulkan obroʻ va xurmatga sazovor boʻlgan sobiq muftiy Chubak hoji Jalilovni radio va televideniye orqali saboq berilishiga chek qoʻyildi.

 Islom va musulmonlarga qarshi kurashishda katta tarjibaga ega boʻlgan Germaniya kantsleri Angela Merkelning Qirgʻizistonga uyushtiradigan rasmiy safari oldidan esa poytaxt Bishkekda jamoatchilikda katta baxs va munozaraga sabab boʻlgan Islom dini qadriyatlariga qarshi boʻlgan bannerlar paydo boʻldi. Bu bannerlar xojasi tomonidan berilgan topshiriqqa juda mos kelgani sababli Atambayev Angela Merkel bilan uchrashganidan soʻng kantsler bilan birgalikda matbuot anjumanida prezident maʼmuriyati yetakchisiga milliy libosdagi va hijobli qizlar surati tushirilgan bannerlarni butun respublika boʻyicha joylashtirib chiqish uchun mablagʻ ajratishga koʻrsatma berdi.

 “Shunday bannerlar kerak. Barchasi kiyimdan, tildan boshlanadi. Keyin esa bosh kesish boshlanadi. Buni Islomga hech qanday aloqasi yoʻq. Islom tinchlik va yaxshilik dini. Bizning mamlakat mustaqilikka erishganidan beri dinga eʼtibor qilgan emas. Koʻp narsani oʻtkazib yubordik. Faqat uch yil oldin din sohasi boʻyicha konkret kontsepsiya qabul qilib, ish olib bora boshladik”,- dedi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.