Konferentsiya bekor qilindi

450
0

Konferentsiya bekor qilindi

Inglizlarning malayi Mustafo Kamol Otaturkning izdoshlari boʻlmish jumhuriyat xalq partiyasi (JHP)ning Turk hukumatiga qilgan bosimlari natija berdi. Hizb ut-Tahrir –Turkiya viloyati matbuot boʻlimi tarafidan 5 mart kuni oʻtkazilishi eʼlon qilingan “Dunyo nega Xalifalikka muxtoj” nomli konferentsiya JHPning bosimi ostida Bayrampasha hokimiyati tarafidan bekor qilindi.

Avval boshda bu konferentsiyaning oʻtkazilishiga ruxsat bergan hukumat vakillari, vazirlar va deputatlar JHPning bosimlari qarshisida tik tura olmadi. Islom dushmani JHPning bir qancha kunlardan beri dod solib, bekor qilish haqidagi qo`ygan talablari hukumat tarafidan qondirildi. Buning ortidan konferentsiya borasida tergov qilish uchun Bayrampasha xavfsizlik idorasiga chaqirtirilgan Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining raisi Mahmud Qor va uning hamrohi Usmon Yulduz qamoqqa olindi.

Musulmonlar va insoniyatning haqiqiy manfaati nimadaligini va dunyoning nega Xalifalikka muxtojligini inkor qilib boʻlmaydigan dalil-isbotlar bilan ochib beradigan konferentsiya oldidan amalga oshirilgan bunday qamoqqa olishlar demokratiyani daʼvo qilayotganlarning oʻzlari “fikr erkinligi”ga toqat qila olmasligini koʻrsatmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.