Afgʻonistonda havo hujumlari oqibatida tinch aholi halok boʻldi

758
0

Afgʻonistonda havo hujumlari oqibatida tinch aholi halok boʻldi

“Pajvak” axborot agentligining xabar qilishicha, Afgʻonistonning gʻarbiy qismida aviazarbalar natijasida kamida 9 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, 20ga yaqin inson jarohatlandi.

Hodisa Farax viloyatidagi Bola Buluk okrugida juma kuni yuz bergan. Mahalliy shifoxona vakilining xabar berishicha, bolalar halok boʻlgan, jarohatlanganlar orasida ayollar bor, ularning ahvoli ancha ogʻir.

Mahalliy gubernator oʻrinbosari Muhammad Yunus Rasuli esa halok boʻlganlar boʻyicha umuman boshqa maʼlumotlarni keltirgan, u toʻrt qurbon va besh jarohatlangan inson haqida xabar qildi. Biroq u zarbalar aynan kim tomonidan berilganiga oydinlik kiritmadi. Agentlikning Twitter’da yozishicha, zarba afgʻon harbiylari tomonidan amalga oshirilgan.

“Hodisa juma kuni roʻy berdi. “Tolibon” harakati toʻqnashuvlar vaqtida oʻzini himoya qilish maqsadida fuqarolardan qalqon sifatida foydalandi”, – deya maʼlum qildi Rasuli. Uning taʼkidlashicha, oxirgi uch kun davomida xavfsizlik kuchlari viloyatda keng koʻlamli amaliyot oʻtkazgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan Ahmad Shoh agentlikka batafsil maʼlumot berdi. “Biz Jar Oxund tumaniga yetganimizda ikkita vertolyot keldi, biz mashinadan barcha ayollarni chiqardik, bu oddiy fuqarolar ekanligimizni koʻrsatish maqsadida qilindi, biroq ular bizga qarata oʻt ochishdi”, – deya xabar berdi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.