8 martni “bayram” qilsa nima boʻladi?

981
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

8 martni “bayram” qilsa nima boʻladi?

8 martning oʻziga yarasha tarixiy haqiqati va unga nisbatan shariatni bahosi bor albatta. Lekin uning hukmi haromligi va unday “bayram” Islomda yoʻq ekani hammaga maʼlum. Biz bu kunniga nisbatan ikki hil qarashni mumkin qadar solishtirib bermoqchimiz.

8 martni “bayram” kuni deb hisoblaydiganlar, ayollar jamiyatdagi oʻz oʻrniga va haq-huquqlariga ega boʻlganini boshlanish kuni deb qaraydilar. Shu bois ayollardagi dunyo qarash ham, ularga boʻlgan boshqalarning qarashi ham islomiy qarashdan boshqacha boʻlgan.

Ulardan baʼzilari:

ayollarning koʻchalarga bor goʻzalliklarini namoyon qilib chiqishlari madaniyatli koʻrinish… Endi buni tasavvur qilib koʻraylik; ayollar bor chiroyini, fitnagoh joylarini ochib chiqishlari bilan begona erkaklarni oʻzlariga qaratadilar va ulardagi shahvoniy xirslarni qoʻzgʻatadi. Shayton ularni zinoga chorlaydi. Kim bilan zino qiladi? AQShga yoki Gonkongga borib zino qiladimi?… Undan oʻzini tiyganlar qiynalib, sabr qilib kun kechiradilar. Demak zino yoki sabr, qachongacha?!
Islomdachi?! Hamma joylarini berkitib, hatto hushboʻy narsalarni ham, ovoz chiqaradigan taqinchoqlarni ham taqishni harom qilgan Islomdagi ayolning jamoatda, koʻchalarda koʻrinishi shahvoniy xirslarni qoʻzgʻamaydi, aksincha Alloh Taoloni eslatadi. Nima uchun u yozning issigʻida shunchalar oʻrangan yoki qor-yomgʻirda uzun qilib kiyingan?! Tabiiyki, Alloh Taoloning amrida…

ayollar koʻchada, jamoat joylarida barcha ayollar ichida gʻoliblikni qoʻlga kiritish uchun borini sariflaydi, eʼtiborini oʻzini goʻzal qilishga qaratadi. Oila, farzand, eri yoki ota-ona kabi ishlar uning hisobida yoʻq. Koʻchalarda oʻzidan koʻra goʻzallikda peshkadamlarni koʻrishligi unda magʻlubiyat xissini paydo qiladi va bu doimiy boʻladi. Chunki yoshi oʻtgan sari yoshlar undan gʻoliblikni olib qoʻyadida, u doimiy ruhiy tushkunlik holatida, yaʼni “distress” balosiga uchraydi. Ayol uyiga charchab kelib, umuman eʼtibor bermagan oilaga; biri biridan “goʻzallar”ni koʻrib kelgan eri kelishi bilan gʻazablanishi kundan kunga ortib boradi, aqlini vaqtinchalik ishlamay turishi uchun ichkilikdan chora izlaydi. Oilasidan koʻra boshqa joylar unga hotirjamroq boʻla boshlaydi… Har kuni janjal ichida ulgʻaygan farzandlarni kelajagi nima boʻladi ?!…
Islomdachi?! Ayollar koʻchalarga chiqish uchun hech qanday tayorgarlik shart emas, faqat jilbob va roʻmol boʻlsa bas. Shunday ekan, bor eʼtiborini erini rozi qilishga qaratib, uyini saramjonu sarishta, goʻzulliklarini namoyon qilgan holda erini kutib olishi bilan er oʻzini mehribon ayoli oldida qarzdor xis qiladi va keyingi kunlari u ham ayolini xursand qilish ilinchida koʻproq oilasini, ayoli va farzandlarini xursandchiligini oʻylaydi. Bu bilan oila xursandchilikka toʻladi, har kuni “bayram”. Farzandlar ham onasining toʻliq eʼtiborida boʻlishlari va musaffo muhitda voyaga yetishlari bilan barkamol avlod yetishib chiqadi. Ular ham oʻz navbatida ota-onasiga yaxshiliklar qilib, oilaga oʻz xissalarini qoʻshishni maqsad qiladilar…

Bu fikrlarni sizlar uchun qayoqqa qarab yoʻl belgilashdagi fikrlashingizga namuna sifatida berib oʻtdim. Endi jamiyat buzilsa, zino avjiga chiqsa, betayin farzandlar koʻpaysa, oilalar parchalansa, yoshlarning tarbiyasi buzilsa, ayol eriga, er ayoliga ishonmaydigan ahvolga kelib qolsa bunga kim ayibdor? Maymunlarga oʻxshab, birovlarga taqlid qilishni bas qilaylikda, oʻzimiz uchun qanday ayol, farzandlarimiz uchun qanday onani tanlaymiz, ayollar esa oʻzlari uchun qanday turmush oʻrtogʻi va farzandlari uchun qanday otani tanlashimizni va oʻshandaylar bilan hayot kechirishlikni fikran yechib, keyin qadam tashlaylik. Endi sizga savol: 8-chi martni “bayram” qilsa nima boʻladi ?

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.