Iroq premer-ministri yarashishlik tashrifi bilan kurd avtonomiyasi poytaxtiga keldi.

448
0

maliki

Iroq premer-ministri Nuri al-Maliki, o’zining kurdlar sardori Mas’ud Barzoniy bilan yarashishib olishligidan keyinoq Iroq shimolidagi kurd avtonom rayoni markazi Erbilda o’tgan hukumat yig’inida boshchilik qildi. U mamlakatning siyosiy kuchlariga “milliy manfa’tlarni partiyaviy va mazhabiy ixtiloflardan yuqori qo’yib, vatanparvarlik asosida jipslashishlikka” bo’lgan chaqiriq bilan murojat etdi.

Yig’indan so’ng o’tgan matbuot anjumanida al-Maliki “diniy ekstremizmni tashviqot qilayotgan «Al-Qoida» va «Jabhat un-Nusra» kabi guruhlarning maydonga qaytishligi natijasida mamlakat ustida paydo bo’lgan terrorchilik xavfi”ga ishora qildi.

“Mintaqada ko’tarilgan to’lqin Iroqni qamrab oldi va barqarorlikka hamda fuqarolarning tinch xayotiga tahdid qilmoqda”, – dedi u. “Iroqliklar bu jiddiy chaqiriqqa faqat milliy birdamlikni mustahkamlagachgina qarshi tura oladi, – takidladi Nuri al-Maliki. – Yaqin o’tmishda iroq xalqi mazhablararo kelishmovchiliklarga barham berib siyosiy bo’hrondan chiqa olgan edi”.

Avvalroq bosh vazir mamlakat shimolidagi neft konlarini ishlatish hamda o’zaro chegara da’volari borasidagi kurdlar bilan mavjud barcha talash muammolarni hal qilishga qattiq bel bog’laganini aytgan. “Hukumat iroqlik fuqarolarning barchasining orzularini ro’yobga oshirishlik hamda Iroqda ittifoqiy-plyuralistik (ko’poqimli din) demokratik davlat qurishlik ustida jiddiy ish olib boradi”, – bayon qilgan u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.