Rumolingni echmasang pul berilmaydi

543
0

1

O’zbekiston rejimining “Biz islomga qarshi emasmiz, balki diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshimiz”, degan da’vosi naqadar yolg’onligi va ular “ekstrimizm va terrorizm”, deganda aynan Islomni nazarda tutganligi bir oz bo’lsada fikr yuritadigan kishiga sir bo’lmay qoldi.

“Islomga qarshi emasmiz”, deb dastlab davlat idoralarida ishlovchi ayollarga ro’mol o’rash ta’qiqlab qo’yildi. So’ngra ko’chalar va bozorlarda ham rumol o’rash ta’qiqlana boshlandi. Undan so’ngra o’quvchi qizlar va oliygohlarining talaba qizlariga ham ro’mol o’rash mutlaqo taqiqlandi. Aks holda o’qishdan haydaladi yoki ota-onalari javobgarlikka tortiladi.

Bugunga kelib bu ta’qiq yana rivojlandi. Endi boshyalang yurmagan yoki rumolni talab qilinganidek o’ramagan ayollarning bolalariga nafaqa puli berilmaydigan bo’ldi.

Qo’qon shahar 23-mahalla qo’mitasida hozirgi davr faollaridan biri Dilorom Karimova Ozodlik bilan o’zaro suhbatda ro’molli ayollar, ro’mollarini echmasa yoki aytilganidek o’ramasa, bola uchun beriladigan nafaqa pulidan mahrum qilinishdan ogohlantirilganini aytdi. Rumol o’ragan ayollarni rumolini echirishga targ’ib qilish uchun diniy ulamolar va domla imomlar yordamida jadal ishlar olib borilmoqda.

“Biz ayollar bilan bu borada juda qattik turibmiz. Ularni tez-tez chaqirib gaplashayapmiz. “Ro’mollaringni orqadan o’ranglar, iloji bo’lsa boshyalang yuringlar”, deb gapiramiz. Tadbirlar o’tkazamiz. O’tgan juma kuni 5-maktabda tadbir bo’ldi. Unga imom, mahalla jamg’armasidan vakillar, zamhokim keldi. Hammalari ayollarga gapirib, tushuntirishdi. Bozorga borib ham ro’mol o’ramaslik borasida tushintirish ishlari qilindi”, “Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mahalla ayollarining 70 foizi o’ranmasligiga erishdik”, dedi Dilorom Karimova ozodlikka bergan intervyusida.

Turkiston:

Yevropada o’ylab topilib, musulmonlar yurtlariga import qilingan bu uslub, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yevropa davlatlarining tub axolisi nasroniy dini vakillari va demokratlar bo’lganidan, musofir musulmonlarni o’z jamiyatlaridan chetlatish uchun bu loixa kiritilgan edi.

O’zbekistondachi, tub axoli musulmonlar bo’lsa, bu dinga qarshi xarakatlarni qo’llashi mumkin bo’lgan g’oyridinlardan bo’lgan guruxlarning xech qanday quvvati bo’lmasa, Karimovnining rejimi uchun bu qanaqangi manfaat keltirishi mumkin?

Yuzaki munofiqona ba’zi bir insonlarning riokorona o’zgarishlaridan o’zga xech qanday o’zgarishlar bo’lmaydi. Xatto o’sha tilyog’lamachi musulmonning qalbi xam ularga mu’te bo’lmaydi. Natijada esa, uningsiz xam o’ta keskin vaziyatga yana qattiq bosim berish bo’lib, yaqindagi kutilayotgan portlash to’lqinini yanada kuchayib borishiga xissa qo’shilgan bo’ladi.

Hizbut taxrir qariyb 15 yillar mobaynida ta’kidlab kelayotgan, Karimovning rejimi kufr ekanligi xaqidagi fikriga, oxirgi musulmondagi shubxani xam ko’taradi.

Bu esa, mafkuraviy kurashdagi to’la mag’lubiyat bo’lib, rejim buni qattiq qo’llikni kuchaytirish bilan yana berkitib turishga xarakat qiladi. Lekin qachongacha!

Bu Olloxning nusrati bo’lib, xalq qo’zg’aloni boshlanganida, Karimov va uning atrofidagilarining atrofida ularni qo’llashi mumkin bo’lgan birorta musulmonlardan bo’lgan quvvat qolmasligiga olib keladi insha Ollox. O’shanda Olloxning nusrati bilan Suriyadagi xolat bizlarda yuz bermasa ajab emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.