2015 yilning oktyabrida 50 sonli qamoqxonadan 9 nafar mahbusni qochishi MXDQ tomonidan rejalashtirilgan maxsus amaliyot bo’lgan. Bu haqida 26 yanvar kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida Jazoni ijro etish davlat xizmati (JIEDX)ning iste’fodagi polkovnigi Ernst Isaev JIEDX raisi Alik Mamirqulovga tayangan holda ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, 50- sonli qamoqxona boshlig’i Imanqul Teltaev o’lik holda topilganidan so’ng u JIEDX raisi Alik Mamirqulov oldiga kirgan. Mamirqulov esa bu MXDQning maxsus amaliyoti bo’lgani sababli JIEDX xodimlari bu ishga hech qanday ta’sir o’tkaza olishmaganini ma’lum qilgan.
“Mahbuslar qochganidan so’ng qamoqxona rahbariyat oldida ma’lum vazifalar bor edi, men bu ishga aralashmadim. Ammo qamoqxona boshlig’i o’ldirilganidan so’ng men, JIEDX faxriysi sifatida, sodir bo’layotgan ishlardan voqif bo’lish maqsadida A. Mamirqulov oldiga kirdim. Ammo general Alik Mamirqulov menga, bu vaziyatda, 50- sonli qamoqxonadan mahbuslar qochgan vaqtda JIEDX xodimlari hech narsa qila olishmagani, chunki bu MXDQning maxsus amaliyoti bo’lganini aytdi. Agar kerak bo’lsa yuqori darajali zobitlar mening so’zimni tasdiqlashlari mumkin, Mamirqulovning bu ishlarga munosabati aynan shunday bo’lgan”, – deya aytib o’tdi Isaev.
U, shuningdek, qochish sodir bo’lishidan bir necha kun oldin A.Mamirqulov nomiga mahbuslar qochishga tayyorgarlik ko’rayotgani haqidagi ma’lumot bilan MXDQdan xat kelganini ta’kidlab o’tdi.
“Qochish sodir bo’lishidan bir necha kun oldin general Alik Mamirqulov nomiga MXDQdan mahbuslar qochishga tayyorgarlik ko’rayotgani haqida xat kelgan. Ammo JIEDX rahbariyati tomonidan bunga hech qanday munosabat bildirildi, hech qanday chora ko’rilmagan, JIEDX xodimlari bu haqida ogohlantirilmagan”, – dedi Isaev.