2014 yildan Rossiyaning tashvishi kuchli.

438
0

images-11

Rossiya Federatsiyasi mudofaa ministri o’rinbosari Anatoliy Antonov 27 may kunining birinchi yarmida o’tgan KXShT a’zo-mamlakatlari mudofaa ministrlari Kengashi yig’ini yakunlari xususida matbuot anjumani o’tkazdi.

“Biz bugun mudofaa ministrlari Kengashi doirasida muhokama qilgan asosiy muammo – bu bizning umumiy tashkilotimiz KXShTni qanday qilib samarali, xarakatchan, jang qilishga doim tayyor, dunyo mamlakatlarining barchasining xurmatiga sazovor qilib qo’yishlik bo’ldi. Bugun mudofaa ministrlari Kengashi doirasida biz qabul qilgan bir qator jiddiy va o’zoq davomatli qarorolar yaqin vaqtlar ichida mushtarak kuchlarimiz jangovorligini o’stirishga, har xil yangi chaqiriqlarga munosib javob qaytarish qobiliyatini o’stirishga imkon beradi”, – ma’lum qildi ministr o’rinbosari.

Uning belgilashicha, bugungi yig’in oddiy yig’in bo’lmadi. Unda 2014 yilda Afg’onistonda kutiladigan o’zgarishlar muhokama qilindi. “2014 yilda xalqaro xavfsizlik ko’maklashuv kuchlari Afg’onistondan ketganidan keyin yuzaga keladigan chaqiriqlar qay darajada jiddiy bo’lishligini tushunsa bo’ladi. U erdagi harbiy vaziyat o’zgarishligi qanday natijalarga olib kelishligini biz juda yaxshi tushunamiz – narkotrafik kuchayadi, terrorizmning yangi elementlari paydo bo’ladi”, – deydi Antonov.

KXShT mudofaa ministrlari Kengashining Bishkekdagi yig’ini va uning natijalari haqida so’zlar ekan, Rossiya Federatsiyasi mudofaa ministri o’rinbosari “munozara do’stona, mahsuldor saviyada o’ta jonli o’tganligini”” qayd qildi. “KXShT a’zo-mamlakatlari fuqarolarining har birining xavfsizligi biz o’z tadbirlarimiz ketma-ketligini qanchalik shakllantira olishimizga bog’liq”, – yakunladi A. Antonov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.