Turkiya Rossiya uchun Bosfor va Dardanellini yopdi

475
0

Turkiya prezidenti Rajab Erdo’g’on “mamlakat Rossiya tomonidan bo’ladigan harbiy tahdid xavfi ostida qolganligi sababli Rossiyaning barcha kemalari uchun Bosfor va Dardanelli (Chanoqqala) bo’g’ozlarini yopishga qaror qilganligini” rasman ma’lum qildi.

“news.eizvetia.com” nashrining ma’lum qilishicha, Turkiya Bosfor va Dardanelli bo’g’ozlarini Rossiyaning harbiy yuklari bo’lgan harbiy va fuqaroviy kemalariga, shu jumladan, Suriyaga yuk etkazib berishga bog’liq bo’lmaganlariga ham yopishga qaror qildi.

Xabarda aytilishicha, “1936 yilda qabul qilingan Montryo konventsiyasiga asosan (mazkur konfentsiyaga ko’ra, Turkiya urushda ishtirok etsa yoki o’ziga urush bevosita tahdid solib turipti deb topgan taqdirda unga bo’g’ozdan har qanday harbiy kemalarni o’tishiga ruxsat berish yoki taqiqlash huquqi berilgan) Turkiya prezidenti Rajab Erdo’g’on “mamlakat Rossiya tomonidan kutilayotgan harbiy tahdid ostida qolganliga sababli Qora dengizda turgan va nafaqat Suriyadagi harbiy amaliyotlar uchun, balki Rossiya bilan ixtilofda bo’lgan davlatlar uchun ham mo’ljallangan barcha rus kemalariga Bosfor va Dardanelli bo’g’ozlarini yopishga qaror qildi. Tegishli qaror BMTga yuborildi”.

Turkiya prezidentining bu qaroridan so’ng Rossiyaning butun boshli Qora dengi floti Qora dengizda qamalib qoldi va Moskva tomonida turib “o’ynayotgan” Suriya va boshqa rejimlarni qo’llab-quvvatlash uchun bo’g’ozdan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Endilikda dengiz yo’li orqali Suriya yoki boshqa biror davlatga harbiy yuk etkazib berish uchun Rossiya Gibraltar bo’g’ozidan foydalanishga majbur bo’ladi, bu esa Rossiyadan uch barobar ko’proq vaqt va kuch talab qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.