Avtohalokatda xalok boʻlganlarning oila aʼzolariga taʼziya

822
0

Avtohalokatda xalok boʻlganlarning oila aʼzolariga taʼziya

“Azattыk” radiosi tarqatgan xabarga koʻra, 15 yanvarga oʻtar kechasi Rossiyaning Nijniy Novgorod-Saratov tumanlaridagi yoʻlda yoʻl transport xodisasi sodir boʻldi. “Volьvo” rusmli ogʻir yuk tashuvchi mashina bilan qirgʻiz nomerli “Toyota verso” mashinasi toʻqnashgan. Avtohalokat natijasida “Toyota verso” ichidagi yetti kishi halok boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni qoʻldan chiqargan va qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan.

Qirgʻizistonning Rossiyadagi elchixonasi Nijniy Novgorod-Saratov avtoyoʻlidagi avtohalokatda halok boʻlganlarning ism-sharflarini aniqladi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, vafot etgan yetti kishidan toʻrtasi Qirgʻiziston fuqarolari boʻlgan. Ular:

-Almazbek Anashev, Oʻzgan tumanidan, 1974- yilda tugʻilgan,

-Doolotbek Boronov, Suzoq tumanidan, 1985-yilda tugʻilgan,

-Jazgul Qosimova, 1983-yilda tugʻilgan (yashash joyin aniqlonmoqda),

-Aydarbek Moldoshev, Bozorqoʻrgʻon tumanidan, 1970-yilda tugʻilgan.

Davlat migratsiya xizmatining Rossiyadagi vakili Jusup Turdumamatovning maʼlum qilishicha, qazo boʻlganlar orasida ikki oʻzbek va bir tojik fuqarosi boʻlgan.

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

Biz, Turkiston sayti xodimlari Rahimli Allohdan rizq topish ilinjida ota-ona, ahli ayol va farzandlarini tashlab olis safarga chiqqan va yoʻlda baxtsiz xodisa tufayli vafot etgan vatandoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz.

Ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.