Chuqur ta`ziya izhori

516
0

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

«Mo’minlar orasida Allohga bergan o’z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bordir. Ulardan ayrimlari o’z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo’ldi), ayrimlari esa (shahid bo’lishga) intizordir. Ular (ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q»

Hizb ut-Tahrir amiri va amir bo’limi a’zolari, mazolim devoni, markaziy matbuot bo’limi hamda butun Hizb ut-Tahrir a’zolari Ummati Islomiyaga amir bo’limi a’zosi Abdulhodiy Four Hasan Four (Abu Mahmud)ning vafot etganini chuqur qayg’u ila xabar qiladi. Abu Mahmud hijriy 1437 yil ulug’ safar oyining 22 kuni, milodiy 2015 yil 4 dekabr kunduzi vafot etdi.

Shayx Abu Mahmud Hizb ut-Tahrir tashkil topgandan boshlab Hizbning faol a’zosi bo’lib keldi. Marhum ikki shayx Taqiyyuddin Nabahoniy (Abu Ibrohim) bilan Abdulqodim Zallum (Abu Yusuf) rohimahullohlarga va shuningdek, Hizbning bugungi amiriga hamrohlik qilib ularga ko’makchi bo’ldi. U kishi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun o’z ishida jiddiy harakat qiluvchi edi. Xalifalik tongi otishini ko’rish bilan Allohning izni ila, yaxshilik va ajrga noil bo’lishni juda istardi. Biroq Alloh Subhanahu shayxni bundan ham ulug’ ajrga, buyuk ne’matga noil qilishni hamda

فِي مَقْعَدِ صِدْقٍ عِنْدَ مَلِيكٍ مُقْتَدِرٍ

«Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo’lingan o’rinda» [Qamar 55]

 bo’lishini istab, O’z rahmatiga chorladi.

Shayx rohimahulloh Alloh Subhanahuga bo’lgan imonida xolis, Rosululloh Aga bo’lgan iqtidosida sodiq edi. Biroq biz

صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

«Allohga bergan o’z ahdu paymonlarida sodiq turgan, ayrimlari o’z ahdiga vafo qilib, (shahid bo’lgan), yana ayrimlari esa (shahidlikka) intizor bo’lib, (ahdu paymonlarini) o’zgartirmagan», kishilardan hech birini gunohdan pok, deb Allohga da’vo qilmaymiz.

Siz Abu Mahmudni Alloh rahmat qilsin, biz sizdan ayrilganimizdan mahzunmiz. Lekin Alloh Subhanahu O’zining Kalomida

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

«Ularga biror musibat kelganda aytadilar: Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O’ziga qaytajakmiz» [Baqara 156]

deb buyurganidek, «inna lillahi va inna ilayhi rojiun» deyishdan o’zga ilojimiz yo’q.

Xossatan, ukangiz Ato ibn Xalil va butun Hizb ut-Tahrir a’zolari

22 safar 1437h

4 dekabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.