Pan Gi Mun: Suriya masalasiga siyosiy echim topish eng ustuvor vazifamizdir

487
0

G20 sammiti doirasida matbuot anjumani tashkil qilgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya masalasiga oid siyosiy echim topish eng ustuvor vazifalardan biri ekanligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu borada sustlik qilish aslo mumkin emas.

BMT bosh kotibi so’zini Avstraliyaning poytaxti Venada bo’lib o’tgan va Suriya maslasiga siyosiy echim topish maqsadida 17 davlat diplomatlari ishtirok etgan yig’ilishga oid fikrlari bilan boshladi.

“Suriya inqiroziga siyosiy echim topish eng ustivor muhim masalalarmizdan biri bo’lishi lozimdir. Buni hech kechiktirib bo’lmaydi. Britaniya tashqi ishlar vaziri boshchiligida Sergey Lavrov va boshqa davlat vakillari Venada o’chrashuv o’tkazishdi. Ular qabul qilgan qarorlar o’ta muhimdir. Albatta ixtiloflarga doir ba’zi rejalar tuzilishi lozim. Shu tarzda butun Suriya bo’ylab otashkesim qabul qilinishi va terrorizmga (Islomga) qarshi kurash olib borilishi mumkin. Ayni paytda asosiy konstitutsiya va boshqaruvga oid masalalar muhokamaga qo’yilishi ham mumkin”, dedi BMT bosh kotibi.

Turkiston:

Pan Gi Mun ishora qilib o’tgan Vena uchrashuvidan so’ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, AQSh davlat kotibi Jon Kerri va BMTning Suriya masalalari bo’yicha xos vakili Steffan De Mistura mushtarak matbuot anjumani tashkil qilib yig’ilish natijalarini bayon qilishdi.

“Yanvar oyidan avval siyosiy muloqotni boshlash uchun asosiy qadamni tashlashga kelishib oldik”, “Yig’ilishda Suriya kelajagini suriyaliklarning o’zlari hal qilishi ta’kidlab o’tildi. Bu gap Asadning taqdiriga ham tegishlidir”, dedi Lavrov.

Siyosiy muloqot jarayonini suriyaliklarning o’zlari idora etishadi. Bitimlar “Jeneva-1” qarorlariga muvofiq tuzildi”, deya qo’shimcha qildi Lavrov.

Venada tashkil qilingan Suriya masalasiga oid yig’ilish Suriya ahlini aldash va dunyo ko’z o’ngida ko’zbo’yamachilik qilishdan boshqa narsa emas. Uchrashuv chog’ida tuzilgan bitimlar faqat Suriyadagi ilmoniy rejimni saqlab qolishga qaratilgan xolos. O’t ochishni to’xtatish, Asad rejimiga qarshi janglarni bas qilish, ilmoniylikni rad qilib Islomni talab qilayotgan guruhlarni terroristlikda ayblab, ularga qarshi urush e’lon qilish, o’zlariga malay muvaqqat hukumatni tashkil qilish va sayks-piko kelishuvida belgilangan chegaralarni saqlab qolish mazkur bitimning bandlaridandir. Bitimga imzo chekilar ekan, Suriya xalqi nimani xohlashi haqida bir og’iz ham gap bo’lgan emas. Shunday bo’lishiga qaramay, surbetlarcha, og’izlarini to’ldirib “Suriya kelajagini suriyaliklarning o’zlari hal qiladi”, deya jar solishmoqda.

Axir Suriya xalqi qachonlardan buyon Islom va Shariatdan boshqasini qabul qilmasligini baralla e’lon qilib kelishmoqda. Bunga butun dunyo guvoh bo’lib turipti. Shunday ekan, Suriya xalqining istagiga qo’yib berilmaydimi?! Yo’q, aslo. Ularning “Suriya kelajagini suriyaliklarning o’zlari hal qiladi”, degan da’volari quruq aldovdan boshqa narsa emas. Agar suriyalikning o’z irodalariga qo’yib berilganda edi, o’sha lahzaning o’zidayoq qonxur Asadni ham, G’arbga malay milliy koalitsiyani ham uloqtirib tashlagan va ularning o’rniga Allohning sof shariatini o’rnatib qo’ygan bo’lar edi. Shunday bo’ladi ham, insha Alloh.

Kufr olami Suriya xalqini bu qasdidan qaytarish uchun qo’lidan kelgan yovuzlikni qilmoqda. Turli uslublar bilan qirg’in qilmoqda, qamal qilib ochlikdan o’ldirmoqda. Siyosiy echimni tezlatish maqsadida Suriyaga Rossiya kuchlari jalb qilindi. Rossiya IShID bahonasida tinch aholi punktlarni, shifoxonalarni, maktablarni havodan bombalay boshladi. Bundan maqsad tinkasi qurigan Suriya xalqini urushdan bezdirish va G’arb olg’a surayotgan muvaqqat ilmoniy hukumatni ularga qabul qildirishdir.

Ammo qat’iyatli Suriya xalqi har gal kufrning bunday rejalarini puchga chiqarib kelmoqda. Ular Shariatdan boshqasiga qayrilib ham qarashmayapti. Biz Allohdan Suriya xalqining qadamlarini mustahkam qilishni va kufrning makrini ularning o’zari uchun hasrat nadomat qilishini so’rab qolamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.