Inson chiqargan qonunlar zo‘rning foydasiga, zaifning ziyoniga ishlaydi

23
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Inson chiqargan qonunlar zo‘rning foydasiga, zaifning ziyoniga ishlaydi

Qonun jamiyatning asoslaridan biri, uni to‘g‘ri bo‘lishi va o‘z vazifasini to‘liq bajarishi jamiyatning taraqqiyoti uchun juda zarur. Qonun ijro qilinmasa, qonunni ijrosini nazorat qiluvchilar, ya’ni rahbarlar, sudya-prokurorlar, xuquq-tartibot organ hodimlari o‘zlari bosh bo‘lib qonunlarni buzishligi bilan bunday jamiyat taraqqiyot topmaydi, bunday jamiyatda haqiqat emas, kuchlilarga tilyog‘lamalik, laganbardorlik kuchayadi. Masalan: prezident K. Bakiyev xalq qahramoni edi, prezidentlikdan qochib ketgandan keyin el dushmaniga aylandi, bu ikkisi ham xalqning bahosi, qaysi biri to‘g‘ri?

Hozirdagi qahramonlarga ham mansabidan ketgandan keyin boshqacha baho beriladi. Haqni tan olish oson ish emas, u haqiqiy er yigitlarning ishi, o‘ziga qarshi bo‘lsa ham yoki ko‘pchilik qarshilik qilsa ham haqda sobit turish, xalqni foydasiga haqiqatni tan olish uchun “sher” yurak kerak, iymon kerak, haqiqat insonga zafar keltiradi, haqni tan olish insonni qadrini tushunmaydi, aksincha, uni yanada qardli insonga aylantiradi, masalan, Abu Bakr r.a. xalifa bo‘lganlarida 17 yoshlik Usoma ibn Zayd Rumga qarshi katta qo‘shinning qo‘mandoni bo‘lib safarga chiqayotgan edi, holbuki Abu Bakr r.a. eng katta rahbar-birinchi xalifa edi. Shunda sahobai-kiromlar: Rosululloh s.a.v. vafotlaridan keyin murtadlar ko‘payyapti, munofiqlar bosh ko‘tarib qolishdi, avval ichki muammolarimizni hal qilaylik, Usamo yosh bola bo‘lsa, Rum katta dushman, Usomadan kattaroq, tajribali mujohidlar borku – deb Abu Bakr r.a.dan jihodni vaqtinchalik to‘htatishni, loaqal kattaroq yoshdagi boshqasini qo‘mandon qilishini talab qilishganida ham Rosululloh s.a.v. chiqargan qarorini, ya’ni Rumga qarshi bo‘lgan urishni ham, armiyani qo‘mandoni Usoma ibn Zaydni ham o‘zgartirmaslikda qat’iy ekanini:

والذي لا إله غيره، لو جرت الكلاب بأرجل أزواج رسول الله، ما رددت جيشا وجهه رسول الله، ولا حللت لواء عقده رسول الله

Yagona Alloh nomiga qasam ichib aytamanki, agar Rosululloh s.a.v.ning zavjalarining oyoqlarini – himoya qiladigan hech kim yo‘qligidan – itlar tishlab-talab tashlaganda ham Rosululloh s.a.v. yuborgan armiyani qaytarmayman, U Zod bog‘lagan bayroqni yechmayman – deb qat’iy javobini aytadi. Shunday qarshiliklarga qaramasdan haqda sobit turishi bilan Islomga bo‘lgan ishonchini va Rosulullohga bo‘lgan hurmati, U Zodni yaxshi ko‘rishligi qay darajada ekanini hammaga ko‘rsatadi. Murtadlar ham to‘htaydi, Usoma ibn Zayd r.a. ham g‘alaba bilan qaytadi. Abu Bakr r.a. Rosululloh s.a.v.dan keyin Ummat ichidagi eng mo‘tabar inson ekanini haqda qat’iy turishi bilan isbotlab qo‘ydi. Yoki Umar r.a. bir ayolni tanbehini eshitgan zahoti minbarga yana chiqib, (mahrni haddan ziyod oshirmaslik to‘g‘risida)chiqargan qarorini bekor qilishi bilan Umar r.a. obro‘sizlanib qoldimi?! Yo‘q, aksincha, o‘shandek adolatli ishlari bilan ming yillardan beri tarixning zar varaqlarida “Odil Umar” r.a bo‘lib kelmoqda, buni dushmanlar ham hasad bilan tan olishib keladi.

Shuning uchun qonun hammaga birdek tadbiq qilinishi kerak, ayniqsa, qonun zaif qatlamning foydasiga ham ishlasa shunda bu jamiyat taraqqiy eta boshlaydi. Taraqqiy etgan yurtlarni ko‘zdan kechirilsa, nisbatan qonun ularda yaxshiroq tadbiq qilinadi, ojiz-zaiflar ham qonun asosida o‘zidan kuchli(ya’ni jismonan kuchlini emas, nufuzi kuchli)ni yenga oladi.

Bizda bu narsa ertakka o‘hshaydi. Hech qachon kuchli bilan kuchsiz sudda raqobatlasha olmaydi, raqobatlashsa ham albatta kuchli yengib chiqadi. Zaif yo taqdirga rozi bo‘ladi yoki kurashda davom etib, qamalib ketadi yoki avtoxalokatga uchraydi.

Aslida, kufr qonunlarning asosi aslida shunday, doimo kuchli kuchsizni yengadi. Bunga yaqin tarixdan ham bir necha misollar keltirish mumkin, masalan: AQSH Iroqqa, Afg‘onistonga bostirib kelayotganda Xalqaro qonunlarni ham, BMT Xovfsizlik Kengashining veto huquqi bo‘lgan doimiy a’zolariga ham, hatto butun olamga tupurib, o‘z bilgani qilaverdi. Yoki la’nati Isroil vujudini G‘azoga qilayotgan ishi qaysi qonunga to‘g‘ri keladi? BMT, Olam qayoqa qarayapti? Bu vaxshiyliklar qaysi qonun asosida bo‘lyapti? Afg‘onistonda ayollarni haq-huquqlari poymol bo‘layapti deb ayblayotgan BMTning tinchlikparvar kuchlari qani? Izroil shunchalik kuchlikmi-ki, dunyoga ahamiyat bermay, o‘z vaxshiyligini davom ettiraversa?! Hozirda Izroil kuchli bo‘lib ko‘rinyapti, chunki u AQSHning yaqin sharqdagi panjasi xalos, aslida bu AQSHning vahshiyligi, faqat la’nati sionistlarga bajartiryapti.

Yoki Rossiya Ukrainaga qaysi qonun bilan bostirib kirdi? Rossiyani bosqinchilikda ayblayotgan AQSH o‘zi undan battarini G‘azodagi musulmonlarga qilyapti.

Ichki siyosatda ham har kuni nohaqliklarni ko‘rayapmiz, Tojikiston, O‘zbekistonda qanchalagan begunoh insonlar “yurak xaruji”dan o‘lyapti, 20-25 yillardan beri umri qamoqlarda o‘tmoqda. Qirg‘istonda uch marta xalq ko‘tarilishi bilan prezidentlar almashdi, lekin 2003 yili A. Aqayevning xoinligi asosida da’vatchilarni “noqonuniy” deb qonun chiqarib, ularga qarshi kurashdi. Holbuki ular SSSR vaqtida unutilgan Islomimizga qaytaylik deb, Islomni tushunish, namoz, ro‘za kabi ibodatlar bilan birga iyd kunlarni nishollashdan boshlashdan edi. K.Bakiyev ham o‘sha siyosatni davom ettirdi, hatto novqat shaxridagi iyd bayramini to‘htatish uchun xalqqa qarshi O‘shdan maxsus kuch jo‘natdi…

Xozir ham o‘sha siyosat o‘zgargani yo‘q, da’vatchi “haq”ni gapirish uchun komissiya ruxsati bo‘lishini shart qildi, holbuki, dinda bilganini o‘rgatish uchun hech narsa shart qilinmaydi, aniq bilishi kifoya, xatosi bo‘lsa amru-maruf va nahiy-munkar bilan to‘g‘rilanadi, faqat yangi hukm ishlab chiqish uchungina Islomning mahsus shartlari bor, konstitutsiya bo‘yicha din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, organ hodimlari nazorat qilib, haqni gapirishga to‘siq bo‘lishmoqda, hatto haqni gapirgan deputatlar ham birin ketin mandatidan ajrayapti. Deputat bo‘la turib KR.ning qonunlari bilan o‘z haqqini hamoya qilolmasa qolgan insonlar qanday qonunga ishonadi?! Bunday ishlar Xalqning umidsiligiga, noroziligini kuchayishiga olib keladi.

Yo zo‘rga qullik qilasan yoki yo‘q bo‘lasan degan siyosat to‘g‘ri siyosat emas. Hamiyatsiz, g‘ururi yo‘q, nafsiga qul bo‘lib qolgan insonlarga farqi yo‘q, xayvonlardek bo‘lsa ham yashab qolsam, menga tegmasa bo‘ldi. Rossiyagami, Xitoygami yoki “Turon” proyekti bilan Erdug‘on boshchiligida AQSHga qullik qilamizmi, farqi yo‘q. Asosiysi men tinch bo‘lsam, shu yetarli deb biladi. Bu yangilik emas, o‘tmishda ham, yaqin tarixdan ham bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin, lekin sizga savol, zulmga qarshi qonun bilan haqqingizni olishga aqlingiz yetadimi? Qancha haq-huquqlaringiz poymol bo‘layapti?

Bunday jamiyatda zulmga qarshi yakka holda qarshilik qilish bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi, lekin ko‘pchilik haqiqat tomon bo‘lsa, loaqal haqni ko‘targan insonni shu odam to‘g‘ri ish qilyapti deb o‘z tomonini oshkor qilsa, unda zulm ortga chekinadi. Ommani qarshiligidan har qanday zolim ham hisoblashadi.

 Zulmlarni yo‘q qilish uchun Alloh Taolo Islomni nozil qildi, shunga qaytishga chaqiryapmiz. Islom bilan zolim tuzumlardan ham, bosqinchi kufr derjavalar(Rossiya, Xitoy, AQSH, YEI)ni hukmronligidan ham saqlana olamiz, boshqa yo‘l yo‘q. Alloh Taolo aytadi:

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَـٰنِ ٱلرَّحِیمِ الۤرۚ كِتَـٰبٌ أَنزَلۡنَـٰهُ إِلَیۡكَ لِتُخۡرِجَ ٱلنَّاسَ مِنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذۡنِ رَبِّهِمۡ إِلَىٰ صِرَ ٰ⁠طِ ٱلۡعَزِیزِ ٱلۡحَمِیدِ

Alif. Lom. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziz va maqtalgan zotning yo‘liga chiqarishing uchun nozil qildik. [14:1].

Hozirda nima uchun zolimlar kuchli deb oldanmanglar, bu dunyo sinov dunyosi, kim haq tomon, kim nohaq tomon ekanini hammaga oshkor qilish uchun Alloh Taolo ularni vahshiyliklarini jazosini keyinga qoldiryapti. Alloh Taolo aytadi:

وَلَا تَحۡسَبَنَّ ٱللَّهَ غَـٰفِلًا عَمَّا یَعۡمَلُ ٱلظَّـٰلِمُونَۚ إِنَّمَا یُؤَخِّرُهُمۡ لِیَوۡمࣲ تَشۡخَصُ فِیهِ ٱلۡأَبۡصَـٰرُ

Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan g‘ofil, deb gumon qilma. Faqatgina ularni ko‘zlar qotib qoladigan kungacha qo‘yib qo‘yadi, xolos. [14:42].

Endi kimga ikki dunyo saodati kerak, kimga xorligu-Oxiratdagi alamli jazo kerak ekanini tanlash imkoniyati o‘z qo‘lida, Alloh Taolo aytadi:

وَقُلِ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّكُمۡۖ فَمَن شَاۤءَ فَلۡیُؤۡمِن وَمَن شَاۤءَ فَلۡیَكۡفُرۡۚ إِنَّاۤ أَعۡتَدۡنَا لِلظَّـٰلِمِینَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمۡ سُرَادِقُهَاۚ وَإِن یَسۡتَغِیثُوا۟ یُغَاثُوا۟ بِمَاۤءࣲ كَٱلۡمُهۡلِ یَشۡوِی ٱلۡوُجُوهَۚ بِئۡسَ ٱلشَّرَابُ وَسَاۤءَتۡ مُرۡتَفَقًا

Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o‘rab oladigan olovni tayyorlab qo‘yganmiz. Agar yordam so‘rasalar, eritilgan ma’dan kabi yuzlarni qo‘g‘iruvchi suv bilan «yordam» berilur. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy [18:29].

Abdulloh ibn Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.