Turkiya va yahudiy vujudi o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi haqiqati hamda Suriya masalasi

14
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiya va yahudiy vujudi o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi haqiqati hamda Suriya masalasi

12-kanal 2025 yil 25 mart kuni Netanyaxu Turkiyaning Suriyadagi ekspansiyasi haqidagi xavotirlarni muhokama qilish uchun xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazganini ma’lum qildi. Kanalga ko‘ra, u Anqara bilan qarama-qarshilikni muqarrar deb ko‘rsatishga uringan. 2025 yil 4 fevralda «Reuters» agentligi suriyalik va xorijiy manbalarga tayanib, prezident Ahmad Shara bilan Erdogan Turkiyaga Suriyaning markaziy qismidagi Bodiya sahro hududida ikkita baza ochishiga ruxsat beradigan kelishuv imzolashi mumkinligi haqida xabar berdi. Sharqul Avsat gazetasi 2025 yil 27 mart kuni Turkiya mudofaa vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, Turkiya Suriyaning yangi hukumati talablaridan kelib chiqib, Suriya armiyasi salohiyatini kuchaytirish doirasida o‘quv bazasini barpo etish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Yahudiy vujudi, uning bosh vaziri ma’lum qilganidek, yangi Yaqin Sharq xaritasini chizmoqda. U mintaqaga, shu jumladan Suriyaga hukmronlik qilishni va u yerda buyurib qaytaruvchi bo‘lishni xohlaydi. Shuning uchun 1974 yilgi kelishuvni buzdi, Jo‘lon tepaliklariga kirib, Dar’a va Damashq chekkalariga yetib keldi, Xermon tog‘ini egallab oldi va uning ichidagi faoliyati uchun milliard dollar ajratilishini e’lon qildi. U yerdagi druzlarni qabul qilganini e’lon qilib, ularga yordam bera boshladi. Shuningdek, u yerdagi kurd millatchi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashini ham ma’lum qildi. Shundan so‘ng, isyonchilarni iskanjaga olishi mumkin bo‘lgan turk ta’sirining sahroga qadar kengayishi haqida gapirila boshladi.

Suriyaning yangi rejimi yahudiy vujudi oldida o‘zining kuchsizligini ko‘rsatdi. U jihod e’lon qilmadi va Allohga tavakkal qilmadi. Holbuki, Suriya xalqi qurollangan, taxminan 13 yil davomida jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan va urush muhitiga o‘rganib qolgan edi. Ular yahudiy vujudini Jo‘lon tepaliklaridan haydab, Falastinni ozod etish sari olg‘a siljishlari ham mumkin edi. Lekin yangi rejim ustida turgan mag‘lublar dunyoga berilishni va zolimlarga tayanishni afzal ko‘rishdi. Prezident Ahmad Shara Suriyaning charchaganini va urushni istamasligini e’lon qildi. U bu bilan o‘z xalqining ma’naviyatini sindirdi, o‘zining zaifligini va qarshilik ko‘rsatishga qodir emasligini ochib berdi. Bundan tashqari, tashqi ishlar vaziri va Damashq gubernatorining «Suriya yahudiy vujudi bilan tinchlik o‘rnatishni istaydi» deb bergan bayonotlari yahudiylar tamagirligini kuchaytirdi.

Amerika yahudiy vujudining, garchi u uning asrandisi bo‘lsa ham, o‘z siyosati doirasidan chiqishini, mintaqadagi ishlarni chalkashtirib, u yerga hukmronlik qilishini istamaydi. Shuning uchun uni to‘xtatib qolish kerak deb biladi. Suriyaning yangi rahbarlari uning buyrug‘iga bo‘ysunishdi. Shu sababli Suriyada Turkiyaning ta’sir doirasi kengayishi, yangi bazalarni ochib, Suriya armiyasini mashg‘ulotdan o‘tkazishi haqidagi gap-so‘zlar kelib chiqdi. Turkiya Amerikaning ko‘rsatmasisiz harakat qila olmaydi. U uning ko‘rsatmasi bilan 2016 yil Suriyaga kirgan va u yerda uning roziligi bilan mavjud bo‘lib turibdi.

Turkiya rejimi 1949 yil yahudiy vujudini tan olgan rejimlarning birinchilaridan bo‘ldi. U o‘zining G‘arbning bir qismi ekanligini va sekulyar millatchi rejim ekanligini isbotlash uchun shu kunlargacha bu munosabatlarni saqlab keldi. U mintaqada musulmonlarga nima bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Xalq g‘azabini so‘ndirish uchun qoralash va norozilik namoyishlariga ruxsat berish bilan kifoyalanadi. Shuning uchun goh yahudiy vujudining harakatlarini qoralasa, goh u bilan diplomatik vakolatlarni kamaytiradi. Lekin, u har qancha qirg‘inlarni sodir etsa ham, u bilan munosabatlarni saqlab qoladi.

Turkiya rejimiga tayanish ikki sababga ko‘ra xavfli. Birinchidan: u Islom va musulmonlar manfaatlarini emas, balki faqat o‘zining milliy manfaatlarini ko‘zlaydigan sekulyar millatchi rejimdir. Ikkinchidan: u G‘arbga bog‘langan bo‘lib, yahudiy vujudini barpo qilib, uni qo‘llab-quvvatlagan Amerika va Yevropaning izidan boradi. Chunki u Britaniya orbitasida (ta’sir doirasida) aylangan paytida, 1956 yil Misrga qarshi uch tomonlama agressiyani qo‘llab-quvvatlagan. Yahudiy vujudi Falastinni, shu jumladan Quddusni bosib olganiga, musulmon aholini quvg‘in qilib, u yerdan ko‘chirib yuborganiga qaramay, u bilan barcha sohalarda ko‘plab shartnomalar tuzgan. Turkiya Erdogan davrida Amerika orbitasida aylana boshlaganida esa, bularning barchasini bugungi kungacha davom ettirdi. U G‘azo ahliga xiyonat qildi. Holbuki, u o‘zini ularga yordam ko‘rsatadigan qilib ko‘rsatgan va ular unga ishonishgan edi. Biz ularga nima bo‘lganini ko‘rdik. U Amerikaning buyrug‘iga binoan ularni qutqarish uchun biron bir askarni harakatga keltirmadi va ularga yordam ko‘rsatish uchun birorta o‘q uzmadi.

U vaziyatni yumshatish va qo‘zg‘olonchilarni Idlibga to‘plab, ularni aldash, ularni Halabdan chiqarib, Rossiya va rejimga topshirish ustida Rossiya va Eron bilan kelishganida Suriya ahliga xiyonat qildi. Shuning uchun u ular bilan birga to‘kilgan qonlar uchun javobgardir. U tog‘ut Bashar Asadni muxolafat bilan yarashtirish va BMTning 2254-rezolyutsiyasini amalga oshirish ustida ishladi. Biroq tog‘ut, Amerika BMT rezolyutsiyasini amalga oshirishda sustkashlik qilgan bo‘lishiga qaramay, u hali ham meni qo‘llab-quvvatlaydi, deb aldanib qoldi. Shuningdek, Saudiya va arab davlatlari u bilan yarashib, uni muxolafat bilan yarashishga hamda Amerika qarorini amalga oshirishga avrash uchun, 2023 yil 19 mayda Jiddada bo‘lgan hamda 2024 yil 11 noyabrda Riyozda bo‘lgan arab va islomiy davlatlar sammitiga taklif qilishganida aldanib qoldi. U buni tushunmadi va eski do‘sti Erdoganning faqat Amerika ko‘rsatmasi bilan harakatga kelishini unutib, uning takliflariga e’tibor bermadi. Ular qo‘zg‘olonchilarni Idlibning barcha hududlarini o‘z nazoratlariga olishlariga undash orqali unga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lishdi. Biroq, Suriya ahli fursatni g‘animat bilib, Damashqqacha yetib bordi. Natijada Turkiya, Amerika va boshqalar voqelikni qabul qilishga majbur bo‘lishdi. So‘ng Turkiya va tegishli tomonlar Bashar Asadning tinch-omon chiqib ketishini ta’minlash, Turkiyaning va uning ortidagi Amerikaning buyrug‘iga bo‘ysunadigan Jo‘loniy boshchiligidagi Turkiyaga bog‘langan shaxslarni olib kelish uchun yig‘ilish o‘tkazishdi.

Yahudiy vujudini mintaqaga o‘rnatishdan maqsad yahudiylar Yevropada quvg‘in qilinmoqda degan bahona bilan Falastinga joylashtirishgina emas edi. Balki u, Britaniya bosh vaziri Cherchill ta’kidlaganidek, G‘arbning islomiy o‘lkalar markazidagi ilg‘or bazasi bo‘lishi uchun o‘rnatildi. Bu g‘oyaga homiylik qilgan va to yulduzi so‘nib, Amerikaning yulduzi porlaguniga qadar unga e’tibor bilan qaragan davlat shu Britaniyadir. So‘ng bu g‘oyani Amerika qabul qildi va yahudiy vujudi omon qolishi uchun uni qo‘llab-quvvatladi. Shuning uchun islomiy o‘lkalardagi G‘arb o‘rnatgan mavjud rejimlar yahudiy vujudini saqlab qolish majburiyatini o‘z zimmasiga olishdi. Ular qila oladigan eng ko‘p narsa Amerikaning ikki davlat yechimi loyihasini amalga oshirishga chaqirishdir. Bu yechimga ko‘ra, yahudiy vujudi Falastin hududining katta qismini egallaydi va uning kichik bir qismida Falastin ahliga nomiga davlat qilib beriladi.

Yahudiy vujudi nafaqat Falastin ahliga yo‘q qilish va ko‘chirish bilan tahdid qilmoqda, balki, orzusi «Nildan Furotgacha» ekanligini anglagan butun mintaqaga, hatto Turkiyaga ham tahdid qilmoqda. Ammo u (Turkiya) yahudiy vujudi bilan urushga kirish haqida o‘ylamaydi. Uning armiyasi Suriyadagi bazalarida joylashgan bo‘lsada, bosqinchilarni – bosib olgan hududlarida qolishini, hatto bunday hududlarni ko‘paytirishi mumkinligini e’lon qilgan yahudiylarni – quvib chiqarish uchun bir qadam ham tashlamaydi.

Suriya ahli rejimga qarshi uzoq yillar kurashdi va bu kurashda million kishi shahid bo‘ldi. Odamlar quvg‘in qilindi, uylari vayron etildi va hatto ular urush muhitiga o‘rganib qoldilar. Shuning uchun ular yahudiylarga qarshi jangni davom ettirishlari kerak. Ular G‘azoga, hatto Iordaniya, Anbar, Livan, Anadolu va O‘rta yer dengiziga qaraganda ancha katta strategik ta’sirga egadirlar. Ular Turkiya rejimiga tayanmasliklari lozim. Chunki u qo‘zg‘olon yillarida ularni sotgani kabi yana sotadi. Shunday ekan, ular G‘olib Allohga tavakkal qilib, Islomni tatbiq etishga sodiqliklarini e’lon qilsinlar. Allohga, Uning Rosuli va mo‘minlarga sadoqatli bo‘lgan ongli va xolis kishilardan yordam so‘rab, Xalifalikni e’lon qilsinlar, Allohning Kitobi va Rosulining Sunnatidan istinbot qilingan Xalifalik konstitutsiyasini tatbiq etsinlar.

Roya gazetasining 2025 yil 9 aprel, chorshanba kungi 542-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.