Jamiyatni isloh qilishdan avval qilmasligi zurur bo‘lgan ishlar

24
0

بسم الله الرحمن الرحيم

FIKR ENG QIMMATBAHO BOYLIK

(4)

Jamiyatni isloh qilishdan avval qilmasligi zurur bo‘lgan ishlar

Jamiyatni isloh qilishdan avval uni buzilishini to‘htatish kerak. Jamiyatni buzadigan asosiy ish bir gapni haqiqat ekanini bilmasdan gapirish, ayniqsa, da’vatchilar, imom-domlalar shariatga, mujtahid ishlab chiqqan hukmlarga, fikrlarga asoslanmasdan “shariat shu”, “buni shar’iy hukmi shunday”- deb o‘z fikrini shariat to‘ni bilan elga, o‘ziga ishongan insonlarga yetkazishi xiyonatlari bo‘lib, Alloh Taoloning azobiga duchor bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:

وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَا تَصِفُ أَلۡسِنَتُكُمُ ٱلۡكَذِبَ هَـٰذَا حَلَـٰلࣱ وَهَـٰذَا حَرَامࣱ لِّتَفۡتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَۚ إِنَّ ٱلَّذِینَ یَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ لَا یُفۡلِحُونَ () مَتَـٰعࣱ قَلِیلࣱ وَلَهُمۡ عَذَابٌ أَلِیمࣱ

Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar najot topmaslar. (Kimki o‘zi haqsiz bo‘lgan narsaga aralashib, «Bu halol, bu harom», desa, Alloh taologa nisbatan yolg‘on to‘qigan bo‘ladi) (bu xiyonatinglar uchun bu dunyoda) Ozgina matoh va alamli azob bor. [16:116-117].

Abu Hurayra r.a. Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan rivoyat qiladi:

 من أُفتيَ بغير علم كان إثمه على من أفتاه

Kimki ilmsiz fatvo chiqarsa, gunohi fatvo berganga bo‘ladi. Abu Dovud, Hokim rivoyatlari.

Sahobai-kiromlar ham, mashhur olimlarimiz ham, xato fatvo berib qo‘yishdan qo‘rqishib, savolga javob berishdan mumkin qadar qochishgan.

Imom Molik ibn Anas r. Kimki bir masala haqida so‘ralsa, javob berishdan avval o‘zini jannatga va jahannamga ro‘paro‘ qilsin, hulosa nima bo‘ladi deb, keyin javob bersin – deganlar.

Abu hanifa r: Agar ilmni zoya qilishdan Alloh taolodan qo‘rqmaganimda, men fatvo bermagan bo‘lardim! Ular farovon(ya’ni muammolarini hal qilishib olishadiyu) va yuki menga bo‘ladi – deganlar.

Olimlarimiz: shar’iy yechim to‘g‘risidagi savolga javob berishdan avval boshini kundaga qo‘ysin-da, to‘g‘ri javob bersam tirik qolaman degan his bilan javob bersin, chunki kufrga hizmat qilish uchun ular bilan ahdlashish shart emas, da’vatchini axmoq bo‘lishi kifoya – deb ta’lim berganlar.

Xiyonatdan Ummat tarixda juda ko‘p jabrlangan, xozir ham saroy ulamolarining adashtiruvchi fatvolaridan Ummat jabru-zulmlardan qutilisha olmayapti. Shuning uchun da’vatchilar ham shar’iy deb aytayotgan har bir gap-so‘zlariga qattiq ahamiyat berishlari, kimning ijtihodi ekanini ishonchli manbalardan tekshirib olib keyin aytishlari zarur, aks holda fazrni bajaraman deb xiyonat qilib qo‘yadi. Alloh saqlasin.

Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. shunday dedilar:

مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَلْيَقُلْ خَيْرًا أَوْ لِيَصْمُتْ

«Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gap gapirsin yoki jim tursin» (muttafiqun alayh).

Xiyonat – o‘zaro bitimga asosan o‘z zimmasidagi vazifasi bo‘yicha o‘zgalarga ziyon yetkazish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni buzish, boshqalar haqqini ado qilmaslik bo‘lib, amonatning ziddidir.

Omonat shar’iy takliflar, yana bir qavlda shariatga itoat qilishdir, deyilgan. U hamma sohadagi buyruq va taqiqlarni o‘z ichiga oladi. Rahbar, elchi, da’vat qiluvchi, maktabdagi bolalar o‘qituvchisi, tabib, axborotchi va boshqalarning, hamma-hammasining gardaniga omonat yuklangandir. Amonatga rioya qilmangan kim bo‘lishidan qat’iy nazar xoin hisoblanadi. Demak, xiyonatdan saqlanish uchun hushyor bo‘lish kerak, chunki xiyonatning xatari o‘ta xovfli, maydoni kengdir. Oz yo ko‘p bo‘lsin, katta yo kichik bo‘lsin, mukallafning zimmasi undan xoli bo‘lmaydi. Masalan: bolalarimizga noto‘g‘ri tarbiya berayotga o‘qituachi, kasallikni aniqlamasdan turib yoki dori-darmonlarni, ukollarni kasalga foydali bo‘lishiga ishonmasdan muolaja qilayotgan shifokor, gumonli shaxsni jinoyatchi ekani aniq bo‘lmasdan avval yoki jinoyat qilmaganligi aniq bo‘lgandan keyin ham jinoyatchidek muomila qilayotgan organ hodimi, beayb insonni qamoq jazosiga hukm qilayotgan sudya-prokurorlar, o‘z xalqidan yashirib, boyliklarimizga, konlarimizga ega bo‘lishni maqsad qilgan kufr derjavalar bilan til biriktirayotgan rahbar, elimizni mankurt qilish, haqiqatlarni ta’lim berishni to‘htatish uchun qo‘shni davlat xovfsizlik xizmatlari bilan mahfiy kelishimlar tuzayotgan, shu bo‘yicha turli hil rejalar ishlab chiqayorgan MHH hodimlari, Dinni faqat ibodat, odob-axloq, shaxsiy masalaga aloqador qilib, jamiyatga, iqtisod, ichki-tashqi siyosat, Xalqaro siyosatga oid islomiy yechimlarni yashirish, bu dunyodagi jazo-choralarini aytmasdan shariatga rioya qilmaslikning jazosini Oxirat azobi bilangina chalg‘ituvchi imom-domlalar, shariatga asoslanmasdan ta’lim beruvchi da’vatchilar va hokazo, shariatga rioya qilmasdan elni, o‘ziga ishongan insonlarni aldayotganlarning hammasi xoinlardir.

To‘g‘ri, xozir ularnining hammasini ham xoinga chiqarib bo‘lmaydi, chunki ko‘pchilik Islomni, har bir ishdagi shar’iy hukmlarni bilmaydilar. Shuning uchun avvalo hammaga Islomni ta’lim berish kerak, aslida da’vatning haqiqati ham Din ishlarini tuyg‘ularga bog‘lab, Oxirat azobidan ogohlantirgan holda ta’lim berishdir. Shunday keyin ham bilib turib boshqalar haqqida shariatga itoat qilmasalar xoinlar bo‘ladi.

Da’vatchining zimmasida kufr diyorida bo‘lganda ham, Islom diyorida bo‘lganda ham o‘ziga xos vazifalar turadi. Kufr diyorida bo‘lganida uni o‘zgartirib, Islom diyoriga aylantirish uchun Islomni tushuntirish, unga amal qilishni qaytadan boshlashlari uchun o‘zlari o‘rnak bo‘lgan holda Islomdan ta’lim berishlari kerak.

Usoma ibn Zayd rivoyatida Paygambar s.a.v. shunday deganlar:

يجاءُ بالرجُلِ يَوْمَ القيامَةِ فيُلْقَى في النارِ ، فتَنْذَلِقُ أقتابُهُ ، فيدورُ بها في النارِ ، كما يدورُ الحمارُ برحاهُ ، فيُطِيفُ بِهِ أهلُ النارِ ، فيقولونَ : يا فلانُ ! ما أصابَكَ ؟ ألم تكنْ تأمرُنا بالمعروفِ وتنهانا عنِ المنكَرِ ؟ فيقولُ : بلَى ، قَدْ كنتُ آمرُكُم بالمعروفِ ولَا آتِيهِ ، وأنهاكُم عَنِ المنكَرِ وآتِيهِ

 «Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib, do‘zaxga tashlanadi. «Qornining bukurlari chiqib qolib, o‘shalarning atrofida eshak tegirmon atrofida aylangandek aylanib yuradi. Uning yoniga do‘zaxiylar to‘planib kelishib: «Ey falonchi, senga nima bo‘ldi, sen yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarar eding ku!», deyishadi. Shunda u: «Ha, shunday qilar edim, ammo men yaxshilikka buyurardim-u, o‘zim qilmasdim, yomonlikdan qaytarardim-u, o‘zim qilardim», deb javob beradi» (muttafaqun alayh).

Makkadagi kofirlar musulmonlardan kofir bo‘lishni, Islomdan qaytishni, da’vat qilmaslikni, Islomni odamlarga bildirmasligini talab qilardilar. Hozirgi zolim hokimlar ham xuddi shunday qilmoqdalar, undan ham o‘tkazib yubormoqdalar. Ular da’vatchilardan, ayniqsa, ulamolaridan, imom-domlalardan pastkashlar hukmronligiga xizmat qilib, musulmonlar diyorlarida kofirlar nufuzining qolish muddatini uzaytirib beruvchi fikrlarni rivojlantiradigan fikriy jihatdan malay va josuslarga aylanib, hamkorlikda ish olib borishni talab qilmoqdalar. Josuslar, fikriy adashtiruvchilar, kufrni rozi qiladigan fatvo chiqaruvchi malaylardan tuzilgan bunday to‘da istagancha topiladi. Bu qadar jirkanch talabni hatto Quraysh ham qo‘ymagan, deb o‘ylayman. Mazkur talablarni ro‘yobga chiqarish uchun Makka kofirlari o‘ldirish, azoblash, ozor berish, o‘z yurtidan quvg‘in qilish, qamash, bog‘lab qo‘yish, hijratdan to‘sish, mol-dunyosini tortib olish, masxaralash, aloqani uzish, yolg‘on, uydirma xabarlarni tarqatish kabi turli xil usullarni qo‘lladilar. Hozirgi zolim hokimlar ham xuddi o‘sha uslublarni qo‘llamoqdalar, ulardan ham o‘tkazib yubordilar. Elektr kabi zamonaviy kashfiyotlarni og‘ir sanoatni, harbiy sanoatni rivojlantirishda emas, musulmonlarni azoblashda qo‘llamoqdalar.

Da’vatchi bo‘lsin, imom-domlalar bo‘lsin, xoh mahalla faoli, oksoqoli yoki “domkom”i bo‘lsin, xoh boshqa kasb-hunar egasi bo‘lsin, hech farqsiz taxdidlardan qo‘rqib, xiyonat qilishlari joiz emas. Bunday o‘ta og‘ir haromdan saqlanish uchun kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar hech kimni aldamasligimiz, birovga ziyon yetkazmasligimiz, qilayotgan ishimizda xiyonat qilmasligimiz kerak, ayniqsa Dinga, Ummatga yoki boshqa bir mo‘minning haqqida xiyonat qilishdan saqlanishimiz kerak, chunki xiyonat qilish o‘lim bilan tahdid qilinganda ham joiz bo‘lmaydi. Ikki zararni yengilrog‘i qoidasi o‘limga ro‘paro‘ qilinganda harom taom yeyishga ruxsat bersa ham yoki kufr so‘zini aytish joiz bo‘lsa ham birovga, ayniqsa Dinga, Ummatga zarar keltiradigan ishga aslo ruxsat bermaydi. Hatto kufr malaylari 100/100 biladigan ma’lumotni ham aytish yoki tasdiqlash joiz emas, chunki ularni bilishi musulmonlar ziyoniga hujjat bo‘lmaydi, ammo sizni aytishligingiz yoki tasdiqlashingiz sudda musulmonlarning ziyoniga hujjat bo‘ladi. Shuning uchun shariat kufr va uning malaylariga bilmagan ma’lumotni aytish harom deb shart qo‘ymadi, balki bilsa-bilmasa kufrga yoki ularga hizmat qilayotgan malaylariga har qanday ma’lumotni aytish shar’an joiz emas, harom.

Ma’qal ibn Yasor rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

ما مِنْ عبدٍ يسترْعيه اللهُ رعيَّةً ، يموتُ يومَ يموتُ ، وهوَ غاشٌّ لرعِيَّتِهِ ، إلَّا حرّمَ اللهُ عليْهِ الجنَّةَ

«Bir bandaga Alloh bir qavmni boshqarish (mas’uliyati)ni bersa, u o‘z qavmini aldagan holda o‘lib ketsa, shak-shubhasiz, Alloh unga jannatni harom qilur». (muttafaqun alayh).

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

لِكُلِّ غادِرٍ لِواءٌ يَومَ القِيامَةِ، يُرْفَعُ له بقَدْرِ غَدْرِهِ، ألا ولا غادِرَ أعْظَمُ غَدْرًا مِن أمِيرِ عامَّةٍ.

«Qiyomat kunida har bir xoinning dumbasida bir bayrog‘i bo‘lib, xiyonatiga qarab yuqoriroq ko‘tarilib boraveradi. Ogoh bo‘linglarki, omma amirining xiyonatidan ko‘ra buyukroq xiyonat yo‘qdir». Muslim.

Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«مَنْ غَشْنَا فَلَيْسَ مِنَّا»

«Kim bizni aldasa, u bizdan emas», deganlar. (muttafaqun alayh).

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qilgan, Payg‘ambar s.a.v:

«مَنْ غَشَنَا فَلَيْسَ مِنَّا وَالْمَكْرُ وَالْخِدَاعُ فِي النَّارِ»

«Kim bizni aldasa, u bizdan emas, ayyorlik va aldamchilik do‘zaxdadir», deganlar. Ibn Hibbon o‘zining «Sahih»ida keltirgan.

Alloh Taolo aytadi:

یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ لَا تَخُونُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ وَتَخُونُوۤا۟ أَمَـٰنَـٰتِكُمۡ وَأَنتُمۡ تَعۡلَمُونَ

Ey iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Payg‘ambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang. [8:27].

Mufakkir Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.