Matbuot bayonoti
Kapitalizmda sog‘liqni saqlash asosiy huquq emas, balki imtiyozdir
Keniya hukumati mamlakatda (ijtimoiy) tibbiy sug‘urtani boshqarish uchun (ijtimoiy) sog‘liqni saqlash organi (SHA)ni tuzdi. Bu organ uchta fondni boshqarmoqda: asosiy sog‘liqni saqlash xizmatlari fondi, ijtimoiy tibbiy sug‘urta fondi hamda favqulodda, surunkali va og‘ir kasalliklar fondi. Keniyadagi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi servis provayderlar fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun ushbu yangi organ bilan shartnoma tuzishlari mumkin.
Bu xususda biz Hizb ut-Tahrir – Keniya viloyati a’zolari quyidagilarni ta’kidlamoqchimiz:
SHA tizimi mamlakatda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish siyosatida burilish nuqtasi sifatida qaralib, korrupsiya janjallari bilan bog‘liq bo‘lgan eski Sog‘liqni saqlash milliy fondi (NHIF)ga yaxshiroq alternativ sifatida taqdim etilmoqda. Afsuski, «Safaricom», «Apeiro» va «Konvergenz Network Solutions Ltd» kompaniyalari tomonidan tuzilgan konsorsium sug‘urta talablarini ko‘rib chiqishning funksional tizimini yarata olmadi. Shosha-pisha tuzilgan bu tizimning xarajatlari, har doimgidek, soliq to‘lovchilarning zimmasiga tushmoqda. Vaholanki, shundoq ham ular shafqatsiz soliq tizimi og‘irligidan tinkalari qurigan edilar.
Foyda kapitalizmda har qanday moliyaviy siyosat uchun asosiy turtki bo‘lganligi sababli, milliy tibbiy sug‘urtadan universal tibbiy sug‘urtaga o‘tish, shubhasiz, oddiy odamlarning sog‘ligini yaxshilay olmaydi. Buning asosiy sababi foyda. Chunki kapitalistik tuzum foydani jamiyatdagi vazifalarning barchasidan ustun qo‘ygan. Bu halokatli vaziyat global hodisaga aylandi. Birinchi davlat deya da’vo qilinayotgan Qo‘shma Shtatlar bunga yorqin misol bo‘la oladi. Chunki bu davlat davolanish xarajatlari yuqori bo‘lgan bemorlarni sug‘urta kompaniyasi istagiga tashlab qo‘ygan. O‘z navbatida, bu sistematik zo‘ravonlik-zulmga olib kelmoqda. AQSHning «UnitedHealth» sug‘urta kompaniyasi ijroiy direktori Brayan Tompsonning otib o‘ldirilishi ushbu haqiqatga eng yaqin misol bo‘ladi.
Biz shuni ta’kidlamoqchimizki, jamoat manfaatlari va qulayliklari albatta davlat tomonidan to‘liq ta’minlanishi kerak. Chunki bu Rosululloh ﷺning
«الإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»
«Imom-xalifa g‘amxo‘rdir va o‘z fuqarosidan javobgardir», degan hadislariga muvofiq, javobgarligi davlat zimmasiga tushgan masalalardir.
Shu nuqtayi nazardan, Islom sog‘liqni saqlashni fuqarolar uchun imtiyoz emas, davlatning asosiy vazifasi qilib qo‘ygan. Binobarin, tibbiyot tizimini g‘amxo‘rlik bilan boshqarishni davlatga farz qilgan. Sog‘liqni saqlash xizmati Xalifalikning musulmonlar va g‘ayrimusulmonlardan iborat barcha fuqarolari uchun bepul taqdim etiladi. Bu xizmat hamma uchun ochiq bo‘lib, yuqori standartlarda taqdim etiladi.
Sha’bon Muallim
Hizb ut-Tahrirning
Keniyadagi matbuot bo‘limi vakili