Qirg‘iziston hukumati mamlakatda Islomga qarshi bosimni kuchaytirmoqchi

13
0

Qirg‘iziston hukumati mamlakatda Islomga qarshi bosimni kuchaytirmoqchi

Qirg‘iziston hukumati mamlakatdagi diniy vaziyat ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Jogorku Keneshga taklif qildi. Jogorku Kenesh 26 dekabr kuni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Prezident imzolagandan keyin 40 moddadan iborat qonun loyihasi hayotga tatbiq etiladi.

Mazkur qonun loyihasi kuchga kirsa, muslima opa-singillarimizning jamoat joylarida niqob kiyishi man etiladi. Agar qonun buzilish holatlari qayd etilsa, 20 ming so‘m miqdorida jarima solinadi. Tasavvur qiling, ayolingiz shar’iy rayga ergashib, vojib hukmini bajarganligi uchun uni jamoat joyida to‘xtatib, niqobini majburan yechdiradi. Ammo ayni paytda, boshqa odamlar ko‘chada tibbiy niqobni kiyishi mumkin! Binobarin, bu qonun Islomiy ko‘rinishlarga qarshi kurashish maqsadida qabul qilinayotgani ko‘rinib turibdi. Chunki, qonun loyihasiga ko‘ra, masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalar albatta davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasining direktori Azamat Yusupov Jogorku Kenesh yig‘ilishida so‘nggi uch yilda mamlakatda mingdan ortiq masjid tekshiruvdan o‘tkazilganini, 120 tasi yopilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra bu ishlar qonun loyihasi qabul qilinishidan avval boshlangan.

Qonun loyihasi kuchga kirsa, uyma-uy yurib da’vat qilish taqiqlanadi, ommaviy axborot vositalari, internet manbalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar orqali da’vat olib borayotgan din namoyandalari diniy tashkilot va Din ishlari bo‘yicha komissiyada ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Aslida, da’vat qilish, shuningdek yaxshilikka buyurib, yomon ishlardan qaytarish har bir musulmonning zimmasida farzdir. Uni tark qilgan kishi xuddi namozni tark qilgan kishi kabi gunohkor bo‘ladi.

Bu qonun loyihasi orqali xususiy tarzda va diniy maktablardan tashqarida diniy ta’lim berish taqiqlanadi. Bu esa, Musulmon kishining asosiy mas’uliyati bo‘lgan da’vat ishlarini cheklash va sovet davridan buyon Islom dinining saqlanib qolinishiga hissa qo‘shgan “hujra” shaklidagi madrasalarning taqiqlanishini anglatadi.

Davlat rasmiylari bu bilan cheklanib qolmadi, balki “ekstremistik” deb atalgan diniy materiallarni saqlaganlarni javobgarlikka tortishni ham taklif qildi. Unga ko‘ra, bunday materiallarni saqlaganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Shuningdek ekstremizmda ayblangan musulmonlarning jazo muddati ikki yilga uzaytiriladi. Masalan, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi kerak bo‘lganlarni 5 yilga, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi kerak bo‘lganlarni esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qilish tavsiya etilgan.

Afsuski, qirg‘iz ulamolari hukumatning bunday xatti-harakatlariga nisbatan shar’iy hukmni ochiq aytish o‘rniga qonun loyihasini himoya qilib chiqishdi. Rasmiy hukumat o‘sha ulamolar yordamida o‘z jinoyatlarini Islomga qarshi emas, deb ko‘rsatishga harakat qildi. Shundan kelib chiqib, Qirg‘izistondagi hizb yigitlari qonun loyihasining asl maqsadini fosh qilib, ulamolar mas’uliyatini eslatish maqsadida amaldorlarga, imomlarga, ulamolarga va mamlakat bo‘ylab har yerga varaqalar tarqatishdi. Natijada mazkur qonun loyihasiga nisbatan jamoatchilik noroziligi kuchaydi. So‘ng 10-14 dekabr kunlari Jalolobod viloyatida Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi 22 nafar hizb yigitlarini noqonuniy ravishda hibsga oldi. Hibsga olish uchun hech qanday dalil yoki ekspirtiza xulosasi taqdim etilmadi.

Aslida, bu yigitlar ulamolar bajarmagan mas’uliyatni o‘z zimmalariga olib, haqiqatni jamiyatga yetkazdilar va hokimiyatni jinoiy ishlardan tiyilishga chaqirdilar. Chunki hukumat ham, bizga qarshi qo‘ygan muftiyot ham musulmon xalqqa haqiqiy Islomni o‘rgatmaydi. Hukumat nazarida din demokratiyaga moslashgan bo‘lishi kerak, ya’ni Islomning faqat kapitalistik tuzum ruxsat bergan tarafiga amal qilish kerak. Muftiyot esa, bu ishlarda hukumatga shariatdan yo‘l topib beradi. Ahvol shunday bo‘lgach, aholisi musulmon bo‘lgan bu Islomiy yurtda dinni kim o‘rgatadi? Hukumat va muftiyot hanafiy mazhabiga amal qilish haqida tinimsiz gapiradi. Biroq, ayni paytda hanafiy mazhabining boshqaruv yoki iqtisodga oid kitoblari o‘qitilmaydi. Zero, davlat ta’lim dasturida demokratik boshqaruv va kapitalistik iqtisodiyot o‘qitiladi. Madrasalar esa faqat ibodat va odob-axloqni o‘rgatishga cheklangan. Aslida, bu sohada hanafiy mazhabidagi kitoblar o‘qitilgan taqdirda ham, hozirgi yangi muammolarni hal qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Misol uchun, BMTga a’zolik, Jahon bankidan kredit olish, aksiyadorlik jamiyati, sug‘urta kompaniyasi, bitkoin kabi narsalarga yechim kerak. Binobarin, bunday yangi hodisalarga oid shar’iy hukmlarni ishlab chiqish uchun mujtahidlarning ijtihodi zarur. Shunday ekan, musulmon xalqimizga, Islomga chanqoq kelajak avlodimizga Islomiy boshqaruv tuzumini, iqtisodiy tuzumini, ijtimoiy tuzumini, ta’lim va tarbiya tuzumini, jazo tuzumini, hatto Islom tarixini ham o‘rgatish zarur. Albatta, bularni Islomga qarshi dunyoviy tuzumni tiqishtirayotgan demokratik buyuk davlatlar va ularga malaylik qilayotgan rejimlar hamda demokratiyani targ‘ib qilayotgan nodavlat tashkilotlar o‘rgatmaydi. Hatto muftiyot ham dinimizda talab qilinadigan hukmlarni xalqqa yetkaza olmaydi.

Ammo bu hukmlarni va Islom mabdasini xalqqa yetkazish uchun harakat olib borayotgan yigitlar qachongacha ekstremist sanaladi? Ularga yopishtirilayotgan “ekstremizm” ayblovlari yolg‘on ayblovlardan boshqa narsa emas. Chunki Qirg‘izistonda hukumat, o‘zlari ta’rif berganlaridek, ekstremistik yo‘l bilan 3 marta almashgan bo‘lsa-da, Hizb bularning hech biriga aralashmadi. Chunki u faqat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘rgatgan tariqatga amal qiladi.

Shunday ekan, qirg‘iz xalqi hukumatning Islom va musulmonlarga qarshi diktatorlik tuzumi o‘rnatishga qaratilgan harakatlariga qarshi turishi kerak. Zero, Islomda hukmdorlarni muhosaba qilish musulmonlarning burchidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qildilar:

“مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ”

“Sizlardan biringiz yomon ish ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar bunga kuchi yetmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Agar bunga qodir bo‘lmasa, yuragini o‘zgartirsin. Bu juda zaif iymon”, dedi u. (Musulmon rivoyati).

Shu bilan birga, G‘arbning munofiqona, ikkiyuzlamachi siyosatiga aldanib qolmay, unga qarshi Islomiy saqofatni o‘rganish, uni yanada yuksaklarga ko‘tarish uchun o‘z imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak! Alloh taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ

“Ey mo‘minlar, Islomni to‘liq qabul qilinglar! (Ya’ni, Islomning ba’zi hukmlariga itoat etuvchi va ba’zilariga itoatsizlik qiluvchilardan bo‘lma)! Va shaytonga ergashmang! Albatta, u sizning ochiq dushmaningizdir” [2:208]

Mumtoz Movaroannahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.