Matbuot bayonoti
Ey Shomdagi ahror qo‘zg‘olonchilar!
Ummatning umidi sizda, uning umidini puchga chiqarmang!
Ey Shom ahli!
Siz Amerika va uning qo‘g‘irchoqlari bilan aloqa qilayotgan kimsalardan uzoqda turib, saflaringiz va sa’y-harakatlaringizni birlashtirsangizgina najot topasiz. Bu kimsalarni tanib olish unchalik qiyin emas. Chunki ularni hammasi sizni rejim bilan murosa qilishga, uning strukturasi va muassasalarini saqlab qolishga hamda da’vo qilishayotgan demokratiyasi ostida yashashga chaqirishmoqda. Shuni unutmangki, ular qo‘y po‘stinidagi tulkilar bo‘lib, sizdan emaslar. Umuman, qonxo‘rga qo‘l bergan yoki uning zulm va zo‘ravonligiga sherik bo‘lgan odamlaring hech biri sizdan emas. Chunki ularning barchasi boshdan-oyoq xiyonat va yovuzlikka botgan jinoyatchilar bo‘lib, ularga umuman ishonch yo‘qdir. Misr Kinonasida tulkilarga ishongan, ularga o‘z bo‘yinlarini ishonib topshirgan va taqdirlari bo‘g‘izlanish bilan tutganlardan ibrat oling. Robia qirg‘inini unutmagan bo‘lsangiz kerak. Hozir ham Misr turmalari Amerikaning malay xoin hukmdorlariga qarshi g‘azab bilan qo‘zg‘alishdan boshqa «gunoh»lari bo‘lmagan minglab mahbuslar bilan to‘la. Bugungi kunda Misr hamon Amerikaning malaylari nazorati ostida. Amerika rejimni avvalgisidan ham yomon suratda qayta tiklash orqali, mamlakat ustidagi nazoratini mustahkamlab olib, Misr va uning xalqini katta azob-uqubatlarga giriftor qilishda davom etmoqda. Sizning boshingizga ham xuddi shunday kunlarni solmoqchi. Juda-juda ehtiyot va hushyor bo‘ling. Haq va buyuk g‘oya ustida sobit turing. Siz uchun bundan o‘zga g‘oyada najot yo‘qdir. Chiroyli va’dalarga aldanib, inqilobingizni Amerikaga topshirib qo‘ymang. Aks holda, u tepangizga yangi malayni olib keladi, oqibatda siz unga va uning malaylariga yana bo‘ysungan holatda qolasiz. U holda siz haqingizda na ahdga va na burchga boqadigan Amerika sizga hargiz rahm qilmaydi. Natijada shunday holatga tushib qolasizki, zulm va yovuzlik kuchayib ketgani sababli bugun ayrim misrliklar Husni Muborak zamonini qumsayotgani kabi, sizning orangizdan ham Bashar Asad zamonini qumsaydiganlar chiqadi.
Ey Shom ahli!
Siz hozirda yashayotgan bu kunlarni biz ham Misrda barcha tafsilotlari bilan yashadik, bugun sizga qanday tuzoq qo‘yilgan bo‘lsa, bizga ham o‘shanday tuzoq qo‘yilgan edi. Biz Misr ahlini ogohlantirganimizga qarmay, ular aldangandilar. Bas, siz ham aldanib qolmang. Aksincha, Hizb ut-Tahrirdagi birodarlaringiz gapiga quloq soling. Chunki ular o‘z ahlini aldamagan va hargiz aldamaydilar. Ular qo‘zg‘oloningizda birinchi kundan boshlab yoningizda bo‘lib, maydonlarda oldingi safda turdilar, har doim sa’y-harakatingizni eng yaxshi maqsad va eng yaxshi g‘oya sari birlashtirishga intildilar, Islom davlatida Islomni tatbiq etishga chaqirdilar. Zero, yolg‘iz ushbu davlat bilan Robbingiz sizdan rozi bo‘ladi va bergan qurbonlaringizning pishib yetilgan yangi mevasini terib olasiz, shahidlar qonining muborak samarasiga noil bo‘lasiz. Shunday ekan, kimning g‘oyasi, talab va maqsadi Islom davlati emas ekan, u sizdan emasdir, aksincha u dushmaningizdir, undan ehtiyot bo‘ling. Undaylar bilan o‘rtangizdagi aloqa iplarini uzing, undaylarni danak kabi tuflab tashlang. Orangizdan kechagi kunning Sa’d, As’ad va Usaydlari chiqsin, ular Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bersinlar, Ummatning tortib olingan hokimiyatini qaytarsinlar, Amerika va uning gumashtalarini mag‘lub etib, ularni mag‘lub ahvolda o‘z inlariga quvib solsinlar. Bas, g‘oyangiz shu bo‘lsin, shuncha bergan qurbonliklaringiz besamar, shahidlaringiz qoni esa zoye ketmasin.
﴿وَلَا تَرۡكَنُوٓاْ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنۡ أَوۡلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴾
«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi