Turkiston:
Qirg’iziston bosh va’ziri J Sotiboldiev, AQSh bilan qirg’iziston o’rtasida Manasdagi tranzit o’tkazish markazi bo’yicha 2009 yil 22 iyun kuni imzolangan shartnomani bekor qilish xaqidagi qarorni imzoladi. Shu kuni qaror jogorgi keneshga ko’rib chiqish uchun taqdim qilindi.
Bu xodisa albatta AQShni befarq qoldirmadi. Ertasi kuniyoq AQSh Gosdeportamenti tomonidan bu qarorga bosim yasash oxangidagi komentariya o’qib berildi. Unda aytilishicha “menimcha ish faqat qonuniylashtirishdagi muammolar ustida bormoqda, men keyingi keskin qadamlarga o’tilmaydi deb umid qilardim” dedi deportamentning pashqi siyosatlar bo’lim raisi. U ayol, yana bir qancha taxdid soluvchi manodagi kesatib aytilgan keskin oxangidagi so’zlarni aytib o’tdi.
AQSh, Qirg’izistonning bu xarakatlarni qilishga Rossiya majburlay olishi mumkinligini ilgariroq sezgan. Shundan kelib chiqib, Qirg’iziston ichkarisida teroristlar xavfi borligi xaqidagi vaximalar tarqatib, ichkari ishlarga aralashishi uchun sharoitlarini mustaxkamlab olgan edi. Uxatto Takaboev singari ba’zi bir siyosatchilarni o’zi tomoniga og’dirib olgan bo’lish ehtimoli ham yo’q emas. Qirg’iz siyosiy elitasining xozirgi xolati shunaqangi zaifki, AQSh arzimagan moddiy manfa’t bilan ularni o’ziga og’dira oladi.
Rossiya ham shu masalaga jiddiy e’tibor qaratishi tabiiy. U AQShni shu bazasidan xaydab chiqarishga Qirg’iz hokimiyatini qattiq zo’rlaydi. Buning uchun u ham, ichki muxolifotni o’z nazorati ostida ushlab keladi. Bundan tashqari, ShOS ODKB singari har xil tashkilotlar bilan bosim bera oladigan rezolyutsiyalar qabul qildi.
Xulosa qilib aytganda, Qirg’iz hukumati uchun shu oxirgi yillar o’ta qiyin keladi. Nafaqat hukumat balki xalqi va millati uchun ham. Yuqoridagi bosimlarning barchasi, uni har tomonlama dovdiratib, ko’p xatolar qilishga undaydi. Xatto vaziyatdan chiqish uchun 2010 yilgi millatlar aro uyushtirishgan O’sh voqeasini qaytadan avj oldirishdan ham toyishmaydi.
Xolat Qirg’izistonga bog’liq emas, unga qolsa qirg’iz hukumati ikki tomonni xam rozi qilish siyosatidan borgan va tinchkina yashagan bo’lar edi. Vaziyat Rossiya bilan AQSh o’rtasidagi keskinliklar oqibatidan kelib chiqib shakllanadi. Lekin ularning ikkisi ham, bir birlariga yuzma yuz kelishdan o’zlarini tortib, Qirg’iz hukumati ortida unga bosim berish bilan ish olib borishadi.
Qirg’iziston emagan somsasiga pul to’laydi desa ham bo’ladi. Bu vaziyat esa, xozirgi xalqaro siyosat bilan o’nglab bo’lmaydigan va uzoq yillar mobaynida to’planib kelgan xatolar yig’indisi bo’lib, Qirg’izistonning o’zi echa olmaydi. Bu ishlarning echimi, xalqaro siyosatning almashishiga bog’liq.